Xush kelibsizlar
Download 7.97 Kb.
|
7-b2
1-boshlovchi: Salom sizga yurak to'ridan Davramizga yig'ilgan do'stlar Ko'ksimizga qulimiz quyib Deymiz sizga “Xush kelibsizlar” 2-boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar qadrli maktabdosh dustlar. Biz bugun “Ko'rkam navbahor” nomli tadbirimizni sizlarga namoyish etamiz.Tadbirimizni ochib berish uchun so'z navbatini maktabimiz direktori Usmonova Zubayda ustozga beramiz TABRIK SO'Z 2-BOSHLOVCHI: Mana endi tadbirimizni ochiq deb e'lon qilsak ham bo'laveradi. 1-BOSHLOVCHI: Bugun shodiyona navro'zi olam Orziqib kutilgan Navbahor to'yi Assalom Yangi yil assalom bayram Senga atalgusi yuraklar kuyi Navro'z qachon qanday vujudga kelganidan qat'iy nazar , u har tamonlama ilmiy asoslanib, koinot va tabiat qonuniyatlari hisobga olingan holda joriy etilgan 2-boshlovchi: Shu ma'noda navro'zning tarixini 25-30 asrga ega deb taxmin qilish mumkin. 1-boshlovchi: Hozir esa davramizda jajji o'quvchilarimiz tayyorlagan “Bahor valsi” yangraydi. BAHOR VALSI 1-BOSHLOVCHI: Maysa boshin ko'tardi yerdan Gulbahordan bermoqda darak Momalaru onajonlar jam Doshqozonda qaynar sumalak 2-boshlovchi: Hozir bayramimizga Bahoroy ham tashrif buyurganlar qani uni hammamiz birgalikda kutib olamiz marhamat. BOYCHECHAK 1- BOSHLOVCHI: Yurtim! Ilhomimga sarchashma o'zing Birdek aziz menga yozing ham kuzing. Bu kun bahoringga she'r aytmoqchiman Vatanim muborak bo'lsin Navro'zing 2- boshlovchi: endigi navbatimizni o'quvchilarimiz tayyorlagan she'rlarga beramiz. She'rlar 2- boshlovchi: qayd etilishicha 1991-yilda O'zbekiston mustaqillikga erishgach,hukumat vakillar Navro'zni asosiy umumxalq bayrami sifatida targ'ib etib, tantanalarning mazmuni va shaklini qattiq nazorat ostiga olgan. 1-boshlovchi: Endigi navbatimizni yana bir raqsimizga bersak marhamat. 1-boshlovchi: Bahor kelishi bilan keksayu yosh qalbiga birdek quvonch unadi. 2-boshlovchi: Borliq uyg'onib tevarag atrofning ko'm-ko'k libosga burkanishi dillarga o'zgacha shukx ko'ngillarga bir olam sevinch baxsh etadi.Endigi navbatimizni jajji qizaloqlarimiz ijrosidagi go'zal bir raqsga beramiz Qizg'aldog'im 1-boshlovchi: Сегодня Навруз Это радость для нас Поздравить берусь Вас в Красивейший час 2-boshlovchi: Navro'z ,navro'z ,navro'zim Sen mening ko'rar ko'zim Sen mening aytar so'zim Sen mening huddi uzim Sen mening yorug' yuzim. Hozirgi navbatimizni o'quvchilarimiz tayyorlab kelgan she'rlarga beramiz. she'rlar 1-boshlovchi: Navro'z o'zining kurash o'yinlari qadimiyligi, madaniy merosining xil,a-xil hususiyatlarini o'z ichiga oladi.Shuning uchun endigi navbatimizni milliy o'yinlarga beramiz. 2-boshlovchi: Baxor gullaridan guldasta sizga Chin qalbim tabrigi payvasta sizga Bir asr yashangu yana nim chorak NAVRO'ZI OLAM bo'lsin muborak. 1- boshlovchi: Hademay lolalar bo'sadek titrab Tog'lar viqoriga munis boqarlar Yana necha-necha oshiqlar yig'lab Bir-birin bag'riga gulhan yoqarlar. 2-boshlovchi: Hozirgi navbatimizni yana bir raqsimizga bersak va tadbirimizni yakunlasak. Raqs (5-sinf). TADBIR TAMOM. Download 7.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling