Xiva shahar 3-son K. T. D. M. T. T "Atirgul" guruhi tarbiyachisi Matrasulova Nilufarning


Download 18.68 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi18.68 Kb.
#1260722
Bog'liq
Go\'zal bahor mashgulot


Xiva shahar 3-son K.T.D.M.T.T “Atirgul” guruhi tarbiyachisi Matrasulova Nilufarning
“Go‘zal bahor” mavzusida o’tkazgan ochiq faoliyat ishlanmasi

Oy mavzusi: “Go ‘zal bahor”


Hafta mavzusi : “Onamning kuni”
Ta’limiy faoliyat turi: Nutq o’stirish.
Rasm.
Jismoniy tarbiya.
Mavzu: “Go ‘zal bahor”
“Gullagan daraxt”
Ta’limiy maqsad: Bahor faslining manzaralari, tabiati, o’ziga hos xususiyatlari haqida suhbatlashish. Bahorning ilk bayrami haqida tasavvurlar uyg’otish.
Tarbiyaviy maqsad: Ta’biatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalar nutqini va lug’at boyligini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: AKT, mavzuga oid rasmlar, oq qog’oz, rangli qalamlar, namuna rasm, salfetka.
Faoliyatni borishi: Assalomu aleykum aziz bolajonlar, sizlar bilan sevimli bog’chamizda ko’rishib turganimdan judayam xursandman.
Qani menga aytinglarchi hozir o’lkamizda qaysi fasl?

Bolalar: Qish fasli


Tarbiyachi: Yo’q bolajonlarim bugun birinchi mart bahor faslining ilk kuni.
Bahor faslida kunlar uzoq bo’ladi, ob havo ham o’zgaruvchan bo’ladi, goh quyosh chiqadi goho yomg’ir quyadi.
Daraxtlar kurtak ocha boshlaydi, qushlar uchib keladi. Hayvonlar , qushlar, hashoratlar, gullar, daraxtlar bahor faslida uyg’onodilar.
Bahor faslining ilk bayrami 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami”.
Barcha ayol qizlarimizni bayrami bo’lib, bu bayramda uyimizdagi atrofimizdagi barcha ayolllarni bayrami bilan tabriklaymiz.
21-mart “Navro’z” bayrami bu bayramda milliy taomlarimizdan sumalak, halim, ko’k chuchvara , ko’k so’msa va boshqa taomlar tayyorlanib, katta tantanalar bayramni nishonlaymiz.
Mana bugun 1-mart shoira Zulfiyaxonim tavallud
kuni- deb Zulfiyaxonim haqida ma’lumot beradi.

Jarchi: Xa-xa-xa-xay yurtimga go’zal bahor keldi.


Xa-xa-xa-xay bahor keldi.
Karnay doiralar chalinib , raqqosa qizimiz hirom etib, bahor tarovati aks etadi.
Bolajonlar xursand bo’lishadi.
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar qani endi childirma haqidagi qo’shig’imizni ham kuylaylik.
“Childirma” qo’shig’i
O’zi oyday
Bezaklari shildir-shildir,
Chalganingda ohanglari
Hilma-hildir.
Topsang darrov bildirma
Bildirma-bildirma .
Uning nomi childirma
Childirma-childirma.
Bum baka bum, bum baka bum
Uning nomi childirma

Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, qani endi bahor fasli haqida kim she’r aytib beradi ?


Birinchi bola:
Keldi bahor, gul bahor,
Erib bitdi oppoq qor
Uchib keldi qushlarjon
Daraxtlar taqdi marjon.
Suvlar oqar shildirab,
Yulduz boqar miltirab,
Chumolilar yayrashar,
Sho’x bulbullar sayrashar.
Ikkinchi bola:
Bugun kurtak
Yozib ertak,
Bahor keldi,
Bahor keldi.
Sho’x qaldirg’och
Sayrar g’och-g’och,
Bahor keldi, bahor keldi

Tarbiyachi: Barakalla bolajonlarim, endi sizlar bilan rivojlantiruvchi faoliyat markazlarimizda faoliyatimizni davom ettiramiz.


Markazdagi faoliyatlar:
1.Til va nutq markazi: “Go’zal bahor ”fasli haqida, Zulfiyaxonim tavalludi haqida suhbatlashish.
2.Ilm-fan va tabiat markazi: O’rik , shaftoli daraxtlarini gullarini kuzatish.
3.San’at markaz: “ Gullagan daraxt” rasmini tasvirlash.
4.Syujetli rolli o’yinlar va drammalashtirish markazi: Karnay doiralar yordamida bahor faslini kutib olishdi.
Bolajonlar bilan AKT orqali Zulfiyaxonim haqida videorilik tamosha qilishdi.
Bolajonlar bilan savol javob tarzida suhbatlashib, rag’batlantirib borildi.
Download 18.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling