Xix asr boshlarida Buxoroda ma’rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga va islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bo’ladi
- masala. A. Fitratning ilmiy- pedagogik fikrlari
Download 133 Kb.
|
Jadidchilar harakatida ta\'lim tarbiya
3- masala. A. Fitratning ilmiy- pedagogik fikrlari.
«O, er yuzida yurgan ne-ne kimsalarni biz tirik sanaymiz, aslida ular o’lik. Er ostida yotgan ne-ne zotlarni o’lik sanaymiz, aslida ular tirik!» Abdulxasan Haraqoniy. Ma’naviyatimizning ilk namoyondalaridan biri Abdurauf Fitrat garchand qatag’on qurboni bo’lub, jismonan oramizda bo’lmasa ham, u hamisha tirik. Qismati og’ir bo’lgan ulug’ siymolar qatori A. Fitrat butun kuch-qudratini xalqqa bag’ishladi. Davlatboshimiz I.A. Karimovning ta’kidlashicha: «Jahonga mashhur bo’lgan Beruniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoroiy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Ulug’bek, Navoiy va boshqa ko’pgina allomalar ma’naviyati keng va ayni vaqtda qismati og’ir bo’lgan siymolar» dan biri- A. Fitratdir(I.A.Karimov.«O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li».T.,O’zbekiston.1992,72-b) Abdurauf Abdurahim o’g’li Fitrat 1886 yili Buxoro shahrida tug’iladi. «Fitrat» Abduraufning adabiy taxallusi bo’lib, bu so’z tug’ma tabiat, tug’ma iste’dod degan ma’noni anglatadi. Uning otasi o’zbek, onasi tojik bo’lgan. A. Fitratning otasi savdogarchilik bilan shug’ullangan, dindor, o’qimishli shaxs bo’lib, olam kezishni, tijoratni yaxshi ko’rgan. A. Fitrat onasi Mustafbibi nozikta’b, savodli ayol bo’lib, farzandlari ta’lim-tarbiyasi bilan asosan u shug’ullangan. Oilada Abduraufdan tashqari yana ikki farzand ukasi Abdurahmon va singlisi Madbuba bo’lgan. Mustafbibi bolalarining savodli, bilimdon kishilar bo’lib etishishlari uchun harakat qilgan. Abdurauf dastlab eski maktabda so’ngra Buxorodagi Mirarab madrasasida tahsil ko’radi. U arab, fors-tojik, turk adabiyotlarini, falsafani, Sharq xalqlari tarixi va madaniyatini chuqur o’rganadi. XX asr boshlarida butun Sharqda bo’lgani kabi Buxoroda ham ijtimoiy fikr taraqqiyotida jiddiy uyg’onish boshlanib, jadidchilik harakati keng yoyiladi. Buxorodagi jadidchilikning o’ziga xos tomonlari bor edi. F. Xo’jaev Turkiston jadidlari bilan Buxoro jadidlarini farqlamoq kerakligini o’qtirib o’tgan edi. «Bu farq rus Turkistoni bilan yarim mustaqil Buxoroda vujudga kelgan xo’jalik va siyosiy munosabatlar o’rtasidagi farqdan kelib chiqadi». Turkiston jadidlari oshkora ish olib bordilar. Amir istibdodining og’irligi Buxoro jadidlarini maxfiy jamiyat tuzishga majbur qildi. Maxfiy to’garaklar ochib, to’garaklarga nisbatan faolroq ish olib bordi. Dastlab jadidizm faqat ma’rifat tashqatish bilan shug’ullanadi. Ammo Buxoro ijtimoiy hayotining toqat qilib bo’lmas og’ir vaziyati, chor podshosi va amirning ikkiyoqlama zulmi jadidizmni madaniyat tarqatish bilan shug’ullanish yo’lidan siyosiy yo’lga burib yubordi. Buxoroda jadidlar «Yosh buxoroliklar» nomi bilan ish olib bordi.A. Fitrat mana shu harakatning rahbarlaridan biri edi. Yosh buxoroliklar o’z faoliyatlarining boshlarida birinchi yashirin jamiyat Buxoroda 1908 yilda tuzilgan yangi usuldagi maktablar ochib ularda boy hamda kambag’allarning bolalarini o’qitdilar. Jadidlar Orenburg, Qozon, Ufa, Istambul kabi musulmon madaniyati markazlarining bilim yurtlari orqali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor beradilar. Shu maqsadda 1909 yili 18 iyunda Buxoro yoshlari «Tarbiyayu atrof» nomli xayriya jamiyati tuzadilar. S. Ayniyning yozishicha: «Jamiyatning birinchi maqsadi Istambulga o’quvchilar yubormoq chorasiga kirishmoq edi. Iqboli tahsil uchun Usmonxo’ja Po’latxo’ja o’g’li (1878-1968), uning birodari Atom Xo’ja (1894-1938), Mazkur Mahzum Burxon Mahzum o’g’li, A. Fitrat, Muqumbek Istambulga safar qildilar. A. Fitrat mazkur talabalarning eng iste’dodlisi va eng faoli edi». Shunday qilib, A. Fitrat 1909 yili 25 yoshida «Jamiyati xayriya» ning ko’magida Turkiyaga o’qishga ketadi. Istambuldagi barcha Buxorolik va Turkistonlik o’quvchilar bu jamiyatga a’zo bo’lib, Buxoro ma’rifatparvarlarining bir qismi ham unga sirtdan a’zo bo’lgan edilar. Jadidlar o’z g’oyalarini matbuot orqali targ’ib qilishga intildilar. Ular «Ma’rifat» shirkatlarini tashkil etib, bunda o’zbek va tojik tillarida darsliklar nashr ettirdilar. Tojik tilida «Buxoroyi Sharif» o’zbek tilida «Turon» gazetalarini chiqaradilar, kutubxonalar ochadilar12. A. Fitrat ham barcha jadidlar qatori xalqni ilmli qilib, hayotni, jamiyatni yangilashga intiladi. U ham ilmiy va badiiy ijod sohasidagi dastlabki qadamlarini ma’rifat izlash va hammani ma’rifatga da’vat etishdan boshlaydi. A. Fitrat ma’rifatparvar adib sifatida «Munozara» da Buxoro amirligi idorasida muayyan islohat o’zgarish kiritish g’oyani muayyan darajada Buxoro amirligiga nisbatan o’z e’tiroznomasini bayon etadi. U islohat g’oyalardan voz kechmaydi, biroq Buxoro davlatining madaniyati, tabobati, sanoat va hatto er osti boyliklaridan xalq manfaati yo’lida foydalanish, o’lkaning ma’naviy va moddiy boyliklari haqida qayg’uradi. 1913 yil to’rt yillik o’qishdan so’ng A. Fitrat Turkiyadan Buxoroga qaytib keladi. U turkiyadan ilg’or qarashlar bilan qaytgan edi. U endi faqat ma’rifat va madaniyat tarqatish g’oyasi bilangina yashay olmasdi. Endi uning jadidlar harakatidagi siyosiy jihatdan aralashuvi faollashadi. Bu masalada jadidlar orasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi. F. Xo’jaev bu to’g’rida shunday yozgan edi: «Istambul va Orenburgdan qaytib kelgan ko’pgina shogirdlar maqsad va ish usullari masalasida o’zlarining ilgarigi ustozlari, jadidizmning eski arboblari bilan kelisha olmadilar. Jadidlarning madaniyat tarqatishdan iborat tor doiralaridan chiqmay qolgan hayolparastligi ularni endi qanoatlantirmay qo’ygan edi. Ular siyosiy jihatni oldinga surishni siyosiy vazifalarni aniq ta’riflab berishni talab qildilar. Ular soliqlarni kamaytirishni, dehqonlarning og’ir hayotini yaxshilash uchun kurashishni taklif qildilar». A. Fitrat 1916 yili «Oila» nomli falsafiy asarini yozadi. Bu asar fors tilida yozilib S. Ayniyning aytishicha, Mirzo Abdulvohidning harajatlari hisobidan nashr etiladi. Asarda oilaviy hayotning islohatidan bahs yuritilib, adib najot yo’llarini axtaradi va xalqlarning umuminsoniy qardoshlik g’oyasini targ’ib etadi. A. Fitrat Istambuldan qaytganidan keyin ham turk, tatar, ozarbayjon adabiyoti, matbuoti, ijtimoiy tafakkurini chuqur o’rganishda davom etadi, u erdagi ilg’or ziyolilar bilan aloqani yanada mustahkamlaydi. 1916 yili A. Fitrat Orenburgdagi tatarcha «Sho’ro» oynomasi sahifalarida «Johilona taassufga qarshi» maqolasini e’lon qiladi13. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling