Xix asr boshlarida Buxoroda ma’rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga va islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bo’ladi
BOB. Sharq xalqlari maktab va maorifida «usuli jadid» nomi bilan tarixga kirgan «Usuli savjiya» haqida
Download 133 Kb.
|
Jadidchilar harakatida ta\'lim tarbiya
1. BOB. Sharq xalqlari maktab va maorifida «usuli jadid» nomi bilan tarixga kirgan «Usuli savjiya» haqida
1.1. Jadidchilar harakatining namoyondalari maktab, maorif sohasida targ’ibot-tashviqot ishlarini Sharq xalqlari madaniy hayotida, maktab va maorifida haqiqiy inqilob yasab «usuli jadid» nomi bilan tarixga kirgan «Usuli savjiya» ni u boshlab berdi. I. G’aspirali 1851 yil 21 martda tavallud topdi. 8 yoshida o’qishga beriladi va gimnaziyada o’qiydi, so’ng Varonej ofitserlar harbiy o’quv yurtiga undan Moskvadagi Milyutin gimnaziyasiga o’tadi va 1868 yilda uni tugallab Boqchasaroyga qaytadi. «Zanjirli» madrasada rus tilidan dars beradi. Oradan ko’p o’tmay o’qish uchun Turkiya-Istambulga undan Frantsiyaga, Vena, Myunxen, Shtutgarda bo’ladi va 1876 yil Boqcharoyga qaytib kelib o’qituvchilikni davom ettiradi. 1883 yil 10 aprelida «Tarjimon» gazetasini chiqaradi va «Bolalar muallimi» darsligini tuzadi. 1884 yilda u 12 bolani yangicha usuli jadid bilan o’qitishga kirishadi va 40 kun ichida burro savodini chiqaradi. Yangi usul maktabda quyidagilarga amal qilinishi kerak: 1. Sinfda bolalar soni 30 tadan oshmasligi. 2. Bolalar yoz va qish boshlaridagina maktabga qabul qilinishi. 3. Har qabul nechta bo’lishidan qat’i nazar bir sinfdan oshmasligi. 4. Har bir muallimda 3-4 sinf bo’lishi1. 5. 7-9 yoshli bolalar uchun 5 soatdan oshmasligi, har darsdan so’ng 10 daqiqa tanaffus bo’lishi. 6. Juma va bayram kunlari dam olish. 7. O’n oy o’qishdan so’ng ta’til bo’lishi. 8. Dars zeriktirmasligi. 9. Bolalarni urish va so’kish befoydaligi ko’rsatilgan. U «Usuli jadid» bilan o’qitishning qoidalarini quyidagicha tushuntiradi. 1. Butun alifboni birdan o’rgatish og’ir, boshda uch, besh harf o’rgatib borish engil. 2. Birinchi darsdan shogirdlarni yozishni boshlamasliklari kerak. 3. Darslar soatlarga, qismlarga ajratib o’rgatilishi. 4. O’quvchi bir darsni o’zlashtirmaguncha ikkinchisiga o’tilmasligi kerak. 5. Harflar bilan tanishtirganda ular haqida kengroq ma’lumot berilishi kerak. O’quvchilarni har 6 oyda imtihon qilish, yil oxirida sinfdan sinfga o’tkazish, o’zlashtirmaganlarni sinfda qoldirish zarurligi ko’rsatiladi. Millatning o’zligini ko’rsatadigan xususiyatlardan biri til va maorifdir. Bu ikkisi bo’lmasa millat mustaqil bo’lmaydi. I. G’aspirali 1905 yilda yozgan maqolasida millatning asosi til birligi va din birligi degan. I. G’aspiralining barcha g’oyalari Markaziy Osiyoga keng tarqaldi. Buxoro, Samarqand, Farg’ona, Namangan, Qo’qon, Toshkent kabi shaharlardagi ziyolilar jadidchilik harakatiga qo’shildilar. Jadidchilar harakatining namoyondalari maktab, maorif sohasida juda katta targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar. Saod chiqarish uslubining yangicha shakllarini kashf qildilar. Ular tomonidan barcha fanlar uchun dasturlar ishlab chiqildi. Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan biri jahonga mashhur bo’lgan o’zbekning yagona jug’rofiyashunosi, atoqli jamoat arbobi, buyuk islomshunos, ulug’ pedagog va axloqshunos, yuksak didli jurnalist Mahmudxo’ja Behbudiy 1874 yil 10 martda Samarqandning Baxshitepa qishlog’ida ruhoniy oilasida tavallud topdi. Mahmudxo’ja Behbudiy 6-7 yoshlarida xat-savod chiqargach, otasi uni qori qilish maqsadida Qur’onni yodlata boshlaydi. Mahmudxo’ja Behbudiy Qur’onni yod olgach, qorilik bilan qanoatlanmay 15 yoshlarida tog’asi mufti mulla Odil huzurida dars olishga kirishishdi. Bu erda u «Kofiya», «Shahri mullo», mantiqdan «Shamsiya», «Muhtasar al-vakoya», «Hoshiya» va hisob ilmini ham o’rganadi. Mahmudxo’ja Behbudiy o’quvchilar orasida ibratli hisoblangan, o’tkir zehni va o’qishga havasi balandlardan edi. Mahmudxo’ja Behbudiy otasi vafot etganidan so’ng, o’qishni tark etib, kasbkorlik qilishga majbur bo’ladi. Samarqand muzofati «CHashmi ob» da endigina qozi bo’lgan tog’asi Muhammad Siddiq huzurida mirzolik xizmatida ishladi. Bu erda 2 yil xizmat chog’ida, qozixona ishlari bilan keng tanishdi. Ish yuritish, huquqqa xos hamda muftilikka tegishli barcha yumushlardan xabardor bo’ldi. U 2 yildan so’ng «Kobud» bo’limiga o’tib mirzolik qiladi va tez orada mutfilikka ko’tariladi. 1916 yilgacha shu erda ishlaydi. Sharq xalqlarining ma’naviy hayotida, maktab maorifida chinakam to’ntarish yasagan, turkiy qavmlarning chinakam iftixori bo’lgan Ismoilbek G’aspirali tomonidan ishlab chiqarilgan «Usuli jadid»ida nomi tarixda katta o’rin tutgan singari, Mahmudxo’ja Behbudiyning nomi ham Turkiston maktab-maorifida keng o’rin egallaydi. U birinchi bo’lib o’lkada yangicha usuldagi maktablarni tashkil etish targ’ibotchilaridan hamda amaliyotchilaridan hisoblanadi. Bu sohada Mahmudxo’ja Behbudiy Ismoilbek G’aspiraldan ko’p yangi tomonlarni o’rgandi. «Tarjimon» gazetasi Mahmudxo’ja Behbudiy uchun vaziyatni anglashda zaruriy vosita bo’ldi. Gazetaning dastlabki sonlarida: «Bir bechora faqirni ko’rsak, yuragimiz iztirobdan og’riydi. Hatto biror hayvonning qiynalishi rahmimizni keltiradi. Lekin bir emas, minglab kishilarning butun bir xalqning jaholatdan mislsiz qiynalayotganini ko’rmaymiz ...», deb yozilgan satrlar bor. Keyin «Tarjima» sahifalarida yangi maktablar tashkil etish, ilg’or va yangi fikrlarni berish keng o’rin egalladi. Bu esa Ismoilbek G’aspiralining birinchi tomondan millatlar qardoshligini himoya etsa, ikkinchi tomondan umumdemokratik xarakterga ega ekanligini ko’rsatadi. Shuning uchun ham Mahmudxo’ja Behbudiy o’ziga G’aspiralining tutgan yo’lini tanlaydi va undan maslahatlar oladi, hamda maslakdosh bo’ldilar. Mahmudxo’ja Behbudiy «Usuli jadid» maktabining zarurligi, uning qonun-qoidalari, maktabda o’tiladigan darslar, qanday imtihonlar olinishi, maktabning qay tarzda tuzilish, unga qanday asbob-uskunalar kerakligi, muallimning vazifalari, ularning ta’minot masalalari va boshqa ko’p jihatlarini G’aspiralidan va uning asarlari hamda maqolalaridan o’rgandi. Shular asosida Turkistonda «Usuli jadid» maktablarini tashkil etish uchun bor kuchini sarfladi. Nafaqat tashkil etish, u shu maktablarni kitoblar bilan ta’minlashda ham jonbozlik ko’rsatdi. U Samarqandning eski shahar qismida bepul kutubxona, qiroatxona, o’z hovlisida maktablar ochdi. Mashhur pedagog Abdul Qodir Shakuriyning yangi usuldagi maktabini o’z hovlisiga ko’chirib keldi. Mahmudxo’ja Behbudiy2 «Usuli jadid» maktablari uchun bir qancha darsliklar yozadi. «Muntahbai jo’g’rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy jug’rofiya»), «Kitobatul-atfol» («Bolalar maktubi»), «Muhtarasi tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»), «Matxali jo’g’rofi umroniy» («Aholi jug’rofiyasiga kirish»), «Muhtarasi jo’g’rofiyai rusiy» («Rossiyaning qisqacha jug’rofiyasi»), «Amaliyoti islom» va hokazo kitoblari darslik sifatida o’qitilgandi. «Usuli jadid» maktablarida hamma o’qish huquqiga ega bo’lgan. Chor amaldorlari bu paytda Turkistondagi yangi usuldagi maktablarni biron joyda ochilganini sezib qolsa, uni darhol taftish qilardi, biron ayb topib berkittirib qo’yar edi. Chunki, podsho hukumati «begona xalq» ning qisman bo’lsa ham ilm-ma’rifatli bo’lishini, dunyoviy bilimlarni o’rganishini istamasdi. Yangi usul maktablarini faqat podsho hukumati emas, balki mahalliy ruhoniylar, eski maktabning domlalari ham yoqtirmas edilar. Ular yangi usul maktablari «Islom diniga rahna soladi», «Bu maktablarning muallimlari «kofir»», deb tashviqot yuritar edilar. Bunday qarash va to’siqlarga qaramasdan Mahmudxo’ja Behbudiy va uning maslakdoshlari «Usuli jadid» maktablari Turkiston farzandlarini o’qitish ishlarini quyidagi tartibda olib borilar edi: «Maktab ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqich-ibtidoiy qism, deb nomlangan. Buning tahsil muddati to’rt yil». Birinchi yilida: forcha va arabcha yozuv hamda o’qish o’rganilgan. Suralar yod olingan. Hisob darsi o’rgatilgan. Umuman bir yil davomida yozmoq va o’qimoqni to’liq o’rganganlar. Ikkinchi yilida: xaftiyak, imon va e’tiqoddan dars, fors, turkiy va arab tilida she’rlar, qasidalar o’qitilgan. Uchinchi yilida: Qur’oni Karim, islom ibodati, tajvid, Sa’diydan nasihatlar, fors va turkiy til puxta o’rgatilib, undan insholar yozdirilar edi. Hisobdan turli taqsimot va ish yuritish kabi zaruriy jihatlar o’qitilgan. To’rtinchi yilida: esa Kalomu sharif, mufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm va nasr, axloq darsi, turkiy va forsiy til, hisob, tarix, jo’g’rofiya o’qitilgan. Bu to’rt sinfni tamomlagan bolalarni muallimning o’zi taqsimlagan. Xohlasa ikkinchi bosqichda qoldirar ularning o’zlashtirishlariga qarab madrasaga yuborar yoki tirikchilik uchun ishlashga yo’llanma berardi. Maktabning ikkinchi bosqichi-rushadiya bo’lib, bunga to’rt sinf-ibtidoiy qismni tamomlaganlar o’tkazilar edi. Bu bosqichda o’qitiladigan dars va ilmlarning mundarijasi quyidagicha: birinchi yili arab tili, jo’g’rofiya, shafaqiya, fors tili, tarjima jumla muxtasar, tarixi anbiyo va islom tarixi. Sa’diyning «Guliston», turkiy tili o’qitilgan; ikkinchi yil-arab tili, shifoxiya, tarix, axloq, turk tili, hisob, fors yozuvi va hokazolar; uchinchi yil-arab tili, hisob xat yozuvi, tarix tili, rus tili ham o’qitilgan; to’rtinchi yil-arab tili, rus qozihona xatlari, bo’listnoyxona xatlari, turk tili va adabiyoti, salomatlik, maktab va hayot, ishq va muhabbatsiz axloq va boshqa ko’pgina hayotiy darslar o’qitilgan. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling