Xix asr oxiri -XX asr boshlarida usmonli turk imperiyasida yosh turklar harakati


Download 1.53 Mb.
bet12/16
Sana03.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1744637
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Isomov Hasan ishi Yosh turklar

III bob bo‘yicha xulosa
Yosh turklar hokimiyat tepasiga kelgach, mamlakatning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirib yubordi. Mamlakat g‘arb modeli asosida qayta tashkil etildi. Asrlar davomida islom shariatiga asoslanib boshqarilgan va bu narsa xalqning shuuriga singib ketgan mamlakatda birdaniga g‘arb namunasiga asoslangan boshqaruvning o‘rnatilishi, albatta, to‘liq natija bermadi. Islohotlar doim bo‘lishi kerak. Chunki bu davr talabi. Faqat u bosqichma bosqich amalga oshirilgandagina maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yosh turklar shuni e’tiborga olishmadi. Barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar qilindi. Buni xalq qabul qiladimi yoki yo‘qmi ahamiyatli emasdi.
Yuqorida Yosh turklarning g‘oyasini shakllanishida Ziyo Go‘kalpning o‘rni haqida bayon etdik. Uning g‘oyalari asosan g‘arb falsafasi asosida shakllanganligini ko‘rishimiz mumkin.
XIX asr oxiri –XX asrning birinchi choragida Turkiyadagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahvol ancha qoloq bo‘lgan. Bu davrda, ayniqsa, XX asr boshlarida bo‘lib o‘tgan I jahon urushida mag‘lublar qatoridan o‘rin egallashi Turkiyaning iqtisodiysiyosiy ahvolini juda og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatdagi Sulton tuzumi asoratlaridanda og‘ir vaziyatni yuzaga keltirdi. Ziyo Go‘kalp mana shunday og‘ir va tahlikali jamiyatda ulg‘aydi, uning dunyoqarashiga bu voqea-hodisalar ta’sir etmasdan qolmasdi, albatta. U jamiyatdagi o‘rta va quyi tabaqa vakillarining ahvoliga achinadi va jamiyat hayotini o‘zgartirishga harakat qiladi. Ziyo Go‘kalp bunday o‘zgarishlarni hokimiyat orqali sodir etmoqchi bo‘ladi va davlat hokimiyatining yuqori lavozimlarida ishlaydi. Shuning bilan birga, jamiyatni g‘oyaviy yangilashga intiladi, Sulton hokimiyatini qoralaydi. G‘arb jamiyati rivoji bilan qiziqadi, fransuz yozuvchilari va faylasuflarining asarlarini o‘rganadi va ushbu g‘oyalarni o‘z jamiyatiga tadbiq etmoqchi bo‘ladi. Mustafo Kamol Otaturk amalga oshirgan inqilobda ham u nazariy va amaliy ko‘mak berib turadi.
Go‘kalp asarlarida, ma’naviy merosida g‘arb ijtimoiy fikr rivoji va taraqqiyotining o‘rni bor. Uning dunyoqarashiga fransuz jamiyatshunoslarining falsafiy qarashlari katta ta’sir o‘tkazgan. Biz buni uning Bergson, Emile Durkseyn, Alfred Fouille, Paul Verlaine, Charles P.B. kabi fransuz sotsiolog faylasuflari falsafasini chuqur o‘rganib, jamiyat haqidagi qarashlarida o‘z aksini topganligi bilan ham izohlashimiz mumkin.

XULOSA
XIX asr oxiri –XX asr boshlarida Usmoniylar imperiyasi bir necha rivojlangan mamlakatlar qatoridan ortda qoldi. Sultonlik chuqur iqtisodiy tanglik davriga kirgan bo‘lib, hatto 1876-yili imperiya o‘zini rasman bankrot deb e’lon qilgan edi. Moliyaviy muommolarga milliy etnik nizolar ham qo‘shiladi. Asrlar davomida imperiya tarkibida yashagan xalqlar mamlakatda islohotlar o‘tkazilishini talab qila boshladi. Ularning ham huquqlari tiklanishini talab qila boshladi. Sultonlikdagi og‘ir vaziyat zamonaviy islohotlar o‘tkazilishini talab qilardi. Tez orada saltanatning siyosiy sahnasiga g‘arb demokratiyasi va madaniyatini o‘zlashtirgan “Yosh turklar” kirib keladi. “Yosh turklar” aholiga demokratik erkinliklar berish, dehqonlarga o‘z yerlariga ega bo‘lish, milliy ozchiliklarga avtanomiya berish va sulton hokimiyatini konstitutsiya bilan cheklash va’dalarini beradi. Natijada u omma tomonidan katta quvvatlashga erishiladi.
Armiyani modernizatsiya qilmoqchi bo‘lgan Yosh turklar nemis muhandislarini chaqirdi. Usmonlilar va Germaniya munosabatlari ancha yaxshi rivojlanib nemislar Usmonlilarning yaqin ittifoqchisiga aylanadi. Urush holati yaqinlashar ekan Germaniya Turkiyani o‘zi tarafida turish uchun harakat qila boshladi. Ammo ichki muommolar girdobida qolgan Usmonlilar uchun urushga kirish halokatga olib kelishi mumkin edi. Ko‘plab amaldorlar ham bunga qarshi chiqadi. Ammo Yosh turklarning hukumatni boshqaruvchi kuchlari a’zosi Anvar Posho urushga kirishga qat’iy qaror qiladi. Shunday qilib Usmonlilar 1914-yil 30-oktabrdan Germaniya tarafidan urushga kiradi. Birinchi jahon urushida “Uchlar ittifoqi” mag’lubiyatga uchraydi. Va tabiiyki Usmonlilar imperiyasi ham mag’lublar qatorida edi. Bu mag‘lubiyat Usmonlilar kelajagini uzil kesil belgilab berdi.
Mavzunining birinchi bobida mamlakatdagi siyosiy jarayonlar va ijtimoiy ahvol haqida fikr yuritiladi. XIX asr oxiriga kelganda Usmonli turk imperiyasi tasarrufidagi mustamlaklardan ayrila boshlaydi. Uning yerlariga Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Avtriya-Vengriya, Italiya kabi malakatlar ko‘z olaytira boshladi va tortib oldi ham. Sulton hokimiyatining ketma-ket bunday mag‘lubiyati mamlakat ilg‘or kuchlarini harakatga kelishga majbur etdi. Shu harakatlardan eng faoli Yosh turklar harakati edi. Birinchi bobda Yosh turklarning harakatga kelish uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganiladi.
Mavzuning ikkinchi bobida Yosh turklar harakatining kuchayishiga sabab bo‘lgan omillar o‘rganilgan. Misol uchun 1877-1878-yillardagi Rossiya-Turkiya urishidagi mag‘lubiyat, Kavkazdagi Batumi, Kars, Ardagan hududlarining qo‘ldan ketishi, Bolqondagi davlatlarning ta’sir doirasidan chiqishi, bundan tashqari Erondagi 1905-1911-yilgi inqilob, Rossiyadagi 1905-yilgi inqilob Yosh turklarning ham faollashuviga ruhiy ta’sir o‘tkazgan. Yosh turklar o‘zining birinchi qurultoyini Parijda o‘tkazganlar. 1908-yil 8-iyulda Monastr shahrida Konstitutsiya tiklanganiligini e’lon qilishadi va Abdulhamidxondan uni qabul qilishini talab etishadi. Konstitutsiya qabul qilinadi. Yosh turklar birlashgan Birlik va taraqqiyot jamiyati o‘z hukumatini tuzadi.
Uchinchi bobda Yosh turklarning mamlakatni modernizatsiya qilish yo‘lida qilgan ishlari yoritilgan. Yosh turklarning g‘oyalarining asosi haqida fikr yuritilgan.
Turk davlatlari ichida qudratli davlatlardan biri boʻlgan Usmonli turk imperiyasi tashkil topganidan to qulashigacha jahon siyosatida katta taʼsir koʻrsatgan. Bu xususiyatlari bilan turk siyosiy tafakkurida juda katta va muhim o‘rin egallaydi.
Usmonli modernizatsiyasidan Yosh turklar harakatigacha bo‘lgan rivojlanish va voqealar batafsil ko‘rib chiqilsa, bir qancha natijalarga erishilgani ko‘rinadi. Usmonlilar bu o‘zgarishni kech angladilar. Usmonli imperiyasi urushlarda birin-ketin mag‘lub bo‘lish orqaligina davrdan ortda qolganini anglab yetdi. Usmonlilar ortda qolganliklarini anglab yetgunlaricha, Yevropa o‘z yutuqlarini qo‘lga kiritdi va modernizatsiya jarayonining qiyin bosqichlarini ortda qoldirdi. Usmonlilarning yillar davomida o‘zgarishni seza olmagani, albatta, ularning ko‘p sohalarda malakalarining yo‘qligi tufayli edi. Ta’lim tizimlari, siyosiy tizimlar, ijtimoiy va huquqiy tartiblar Usmonli turk imperiyasini tarqaqqiyotda orqaga tashladi. Usmonlilar jang maydonlarida magʻlubiyatga uchragach, ortda qolganini anglab, harbiy sohada gʻarb ilm-fan va texnikasini egallash uchun yoʻnalishini gʻarbga burdi. Usmonlilar faqat modernizatsiya hodisasining mahsulini olishga harakat qildilar va tabiiyki muvaffaqiyatga erisha olmadilar. Modernizatsiya Usmonli imperiyasi va dunyo uchun yangi va juda boshqacha hodisa bo'lganligi sababli, Usmonlilar modernizatsiya dinamikasini tushuna olmagani uchun yangilanish qadamlarini tashlashda kechikdi. Modernizatsiyaga to‘g‘ri yondashuv ishlab chiqilgach, Usmonlilar qo‘llagan rejalashtirish va uslublari to‘g‘ri bo‘lsa-da, amalga oshirish xatolarga to‘la bo‘ldi. Usmonli harbiy sohada bilim va texnikani egallagani bilan, garbga yetib bora olmasligini anglaganidan keyin, u to'liq innovatsiyalar davrini boshladi. Ayniqsa, ta’lim muassasalariga ustuvor ahamiyat berildi. Biroq, bu usul ham muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Chunki Usmonlilar bu yangilik qadamlarini amalga oshirishda himoyasiz qoldilar va to‘g‘ri harakatlar qila olmadilar. U asos solgan zamonaviy maktablarning deyarli barchasi o‘z madaniyatini targ‘ib qilgan, Usmonli bolalarida vatanparvarlik va millatparvarlikni singdirgan, yoshlarni o‘zgartirib, g‘arbliklarga taqlid qilishga harakat qilgan.
Usmonlilar o‘z xalqini va davlatini himoya qilish va rivojlantirish uchun qo‘ygan yangilik qadamlarini to‘g‘ri tatbiq eta olmagani uchun foyda o‘rniga doimiy zarar ko‘rdilar. Garchi vatanparvarlik Usmonli jamiyati uchun xavf tug‘dirmasa-da, maktablarda millatchilik o‘qidagi ko‘p millatli imperiyada yoshlarga singdirilgan “millatingni sev” g‘oyasi Usmonli imperiyasining poydevorini o‘yib tashladi. Ko‘p millatli imperiyaga eng ko‘p qarshi turadigan siyosiy fikr millatchilikdir.
Yosh turklar dastlab davlatni saqlab qolishni maqsad qilganlar, ammo Mustafo Kamol kelguniga qadar qutqaradigan davlat qolmagan. G‘aznasi bo‘m-bo‘sh, qarzlari ko‘p, mustaqilligiga putur yetgan, mustamlaka bo‘lgan. Bunday sifatlarga ega bo‘lgan davlat bilan industrial jamiyat qurib bo‘lmas edi. Yosh turklar Yangi usmonlilardan boshlab, Sened-i Ittifoq, Tanzimat Farmoni, Islohot Farmoni, Qonuni Esasi birinchi va ikkinchi konstitutsiyaviy monarxiya bilan bosqichma-bosqich zamonaviy turk xalqini shakllantirdilar. “Yosh turklar” harakatining maqsadi mavjud tartibni o‘zgartirish emas, balki yangilikka moslashgan jamiyat yaratish bo‘lgan.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling