Xix asr oxiri-xx asr boshlarida podsho Rossiyasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli


Download 1.77 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1505034
Bog'liq
19-20 asrlar Rossiya iq. Siyosiy holat

XIX asr oxiri-XX asr boshlarida podsho Rossiyasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli

Rossiya bu davrda cheklanmagan monarxiya bo‘lib, butun hokimiyat podsho qo‘lida to‘plangan edi.

Podsho hokimiyatining asosiy tayanchi pomeshiklar hamda pravoslav cherkovi edi.


Podsho xonadonining o‘zi eng katta pomeshik bo‘lib, 7 mln. desyatina (1 desyatina = 1,1 gektar) yerga egalik qilardi.

Iqtisodiy ahvol


Rossiya agrar-industrial davlat edi. Mamlakat aholisining 85%i qishloqlarda yashardi.

Podsho Rossiyasida kapitalizm shiddat bilan rivojlanib bordi. Chet el kapitalining kirib kelishi tufayli og‘ir sanoat tezlik bilan ilgariladi.

Rossiya qora metallurgiyasida „Prodmet“, ko‘mir sanoatida „Produgol“ nomli yirik monopoliyalar vujudga keladi.

Rossiya qishloq xo‘jaligi ham sekinlik bilan bo‘lsa-da, taraqqiy etdi.


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishi ham o‘sdi.
Asosiy eksport
mahsuloti - g‘alla edi.

Rossiyada kapitalizm taraqqiy etishi bilan moliya kapitali ham vujudga keldi.


„Peterburg xalqaro banki“, „Azov-Don“ va „Rus-Osiyo“ banklari mamlakat hayotida yetakchi rol o‘ynay boshladi.
„Azov-Don“ banki

Ichki siyosat


Rossiya imperiyasi tarkibida 100 dan ortiq millat va xalq yashar edi.
Ularning hududlari
turli asrlarda, turli tarixiy sharoitlarda Rossiya tomonidan
istilo etilgan.

1904-yildagi Rossiya-Yaponiya urushi xalq ommasining turmush darajasini yanada og‘irlashtirib yubordi.


Oxir-oqibat, bu - 1905-yilda inqilob yuz berishiga olib keldi.

Podsho 1906-yilda agrar islohot o‘tkazish va dehqonlarni ko‘chirish to‘g‘risida farmon chiqardi.

Bu islohot bosh vazir P.A. Stolipin tashabbusi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun u tarixga „Stolipin agrar islohoti“ nomi bilan kirgan.


P.A. Stolipin

Unga ko‘ra, dehqonlarning o‘z xususiy yeriga ega bo‘lishi masalasining quyidagi 3 usul orqali amalga oshirilishi mo‘ljallandi:

— yer tanqisligi kuchli bo‘lgan markaziy mintaqalardagi dehqonlarning bir qismini Sibir, Turkiston, Uzoq Sharq va imperiyaning milliy chekka o‘lkalariga ko‘chirish.


— jamoa yer egaligini bekor qilish va dehqonlarga sotib olgan jamoa yerini xususiy mulkka aylantirish hamda dehqonga o‘z yerini sotish huquqini ham berish;
— dehqonlarning davlat va pomeshiklarga qarashli yerlarni sotib olishlari uchun ularga „Dehqonlar banki“ orqali yordam berish;

Stolpin agrar siyosati qishloqda kapitalizmning taraqqiy etishiga yo‘l ochdi.

Savol va topshiriqlar

1. Rossiya siyosiy tuzumini Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya siyosiy tuzumi bilan taqqoslang.

2. Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xos xususiyatlarni qayd eting.

3. Stolipin agrar islohoti mazmuni va oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?


Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling