O`rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi


Download 272.35 Kb.
bet1/8
Sana06.04.2023
Hajmi272.35 Kb.
#1330997
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Maruza


O`rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Rossiya imperiyasining Turkistondagi ma`muriy boshqaruv tizimi va mustamlakachilik siyosati



O'rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi


Rus qo'shinlarining Samarqandga kirishi



Sanalar

1718-1895-yillar

Urush yeri

O'rta Osiyo

Natija

Rossiyaning g'alabasi

  • Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi

  • Buxoro amirligiXiva xonligi va Qo'qon xonligining Rossiya protektoratiga aylantirilishi



Raqiblar

Buxoro amirligi
Xiva xonligi
Qo'qon xonligi
Qozoq xonligi
Turkman qabilalari
Qirg'iz qabilalari
Afg'oniston amirligi
Britaniya imperiyasi

Rossiya imperiyasi

  • Rossiyaparast qabilalar

Qoʻmondonlar

Buxoro amirligi:
Amir Nasrulloh
Amir Muzaffar
Xiva xonligi:
Ollohquli Bahodir
Abulg'ozixon
Qurlug'murod Bahodir
Sayyid Muhammad
Muhammad Rahimxon II
Qo'qon xonligiMallaxon
Muhammadsultanxon
Alimqul 
Xudoyorxon
Qozoq xoligiAbulxayrxon
Nuralixon
Ablayxon
Nasrullah Botir
Aziziddin Botir 
Yormuhammadxon
Qosim Sulton
Vali Sulton
Odil Sulton
Gʻubaydullohxon 
Kenesarixon 
Shergʻozixon 
Turkman qabilalari
Berdimuradxon 
Qora Batir 
Afgʻoniston amirligi
Abdurrahmon
Qirgʻiz qabilalari
Qurbonjon dodxoh

Nikolay I
Aleksandr II
Aleksandr III
Nikolay II
Perovskiy
Konstantin Kaufman
Mixail Chernyaev
Ivan Lazarev
Nikolay Lomakin
Mixail Skobelev
Dmitry Romanovsky
Ormonxon

Kuchlar

1853-yilda:
~12,000 askar
1865-yilda:
~36,000 askar

1839-yilda:
5,000 askar
10,000 tuya
1853-yilda:
2,000+ askar
1864-yilda:
2,500 askar
1873-yilda:
13,000 askar
1879-yilda:
3,500 askar
1881-yilda:
7,100 askar
1883-1885-yillarda:
1,500 askar

Yoʻqotishlar

1853-yilda:
230+ halok boʻlgan
1875-yilda:
1000 ga yaqin halok boʻlgan
1866-yilda:
12 000 halok boʻlgan
1868-yilda:
3 500 dan ortiq halok boʻlgan
Turkman qabilalari
1879-yilda:
2,000 dan ortiq halok boʻlgan
2,000 dan ortiq jarohat olgan
1881-yilda:
~8,000 ta halok boʻlgan(asosan, tinch aholi)
1885-yilda:
~900 ga yaqin halok boʻlgan va jarohat olgan

1839-yilda:
1,054 ta halok boʻlgan yoki kasallikdan oʻlgan
1866-yilda:
500 ta halok boʻlgan va jarohat olgan
1879-yilda:
200 dan ortiq halok boʻlgan
~250 taga yaqin jarohat olgan
1881-yilda:
59-268 ta halok boʻlgan
254-669 jarohat olgan
645 ta kasallikdan halok boʻlgan
1885-yilda:
11 ta oʻlgan va jarohat olgan


Oʻrta Osiyo xaritasi (rus tilida)
XIX asrning 20-yillariga kelib Britaniya imperiyasida ishlab chiqarilgan mollar Rossiyadan keltiriladigan mahsulotlarga raqobat tugʻdira boshladi. Buyuk Britaniya AfgʻonistonEron va Oʻrta Osiyo hududlariga boʻlgan daʼvolarini ochiqchasiga bayon eta boshlagan edi. Rossiya Osiyo bozorlarida oʻz mavqeini mustahkamlash maqsadida rus mahsulotlarini mintaqaga keltirilishida imtiyozli bojxona sharoitlarini yaratib berdi. Nikolay I davriga kelib chor Rossiyasining mintaqadagi diplomatik va harbiy taʼsiri kuchayib bordi. Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi XIX asrning ikkinchi yarmida sodir boʻla boshladi. Ammo ungacha bir qancha harakat amalga oshirilgan edi. XVIII asrda Rossiya imperiyasi Qozoq juzlari ustidan nazoratni kuchaytirgandi. Rossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishi bir necha oʻn yillar davomida amalga oshirildi. 1834-yil oʻzbek xonliklariga olib boruvchi yoʻl chorrahalarida Novo-Aleksandrovsk qoʻrgʻoni (Mangʻishloq shahri) barpo etildi. 1839-yilda Rossiya Orol dengizi janubidagi Xiva xonligini zabt eta olmadi. 1839-yil oxiri va 1840-yil boshlarida Orenburg general-gubernatori graf Perovskiy Xiva xonligiga qarshi qishki harbiy yurish uyushtirdi va u muvaffaqqiyatsiz boʻldi. 1847-yilda general Oruchev Orol dengizining shimoli-sharqiy qirgʻogʻini zabt etdi va Raim (Kazalinsk shahri) qoʻrgʻoniga asos soldi. 1847-1853-yillarda ruslar Orol dengizining shimoliy tomonidan sharqiy Sirdaryo boʻylab bir qator qalʼalar qurishdi. 1847-1864-yillarda ular sharqiy Qozoq choʻllarini kesib oʻtib, Qoʻqon xonligining shimoliy chegarasi boʻylab qalʼalar qurdilar. Nikolay va Konstantin paraxodlardan iborat Orol flotiliyasi tashkil etdi. 1850-1855-yillarga kelib Qoʻqon xonligiga qarashli Kumushqoʻrgʻon, Chimqoʻrgʻon, Qoʻshqoʻrgʻon, Oqmachit (Qizil Oʻrda) qalʼasi, keyinchalik hududida Verniy qoʻrgʻoni barpo etilgan Ili daryosi vodiysi rus qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. Aleksandr II hukmronligi davrida Oʻrta Osiyoni bosib olish imperiya tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. 1864-1868-yillarda Qoʻqon xonligidan janubga harakat qilib, Toshkent va Samarqand egallandi, Buxoro amirligi protektoratga aylantirildi. Shu tariqa janubiy nuqtasi Sibirdan 1600 km janubga va Volga daryosidan 1920 km janubi-sharqda boʻlgan hududlarni oʻz nazoratiga olishdi. 1865-yilda general-mayor M. G. Chernyaev Toshkentni bosib oladi va shahar oqsoqollarini sulh tuzish xususidagi shartnomani imzolashga majbur etadi. Imperator Aleksandr II Orenburg general-gubernatoriga farmon berib, agarda Toshkent ahli Rossiya fuqaroligini qabul qilishni xohish etsa, ularning bu istagini qondirish lozimligini qayd etdi. 1866-yilda rus qoʻshinlari Xoʻjand va Jizzax qalʼasini zabt etdilar. Chinoz qoʻrgʻoni barpo etildi. Xoʻjand va Chirchiqorti oʻlkalari Rossiya tasarrufiga oʻtdi. 1867-yilning iyul oyida imperator farmoniga binoan, general-gubernator boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. 1868-yilda general-adʼyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlari Buxoro xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshladilar. May oyida rus qoʻshinlari Samarqandga yaqinlashdilar va shaharni jangsiz ishgʻol etdilar. Iyun oyida Buxoro amiri sulh xususidagi shartnomaga imzo chekdi. Zarafshon okrugi tashkil etildi. General Abramov boʻlinmasi Qarshini bosib oladi va uni Buxoro amiriga qaytaradi. General-mayor Abramovning 1870-yilda amalga oshirgan harbiy harakatlari natijasida Shahrisabz va Kitob ishgʻol etiladi. Shahrisabz va Kitob bekliklari Buxoro amiriga topshiriladi. 1873-yilda keng qamrovli harbiy harakatlar natijasida Turkiston, Mangʻishlok va Orenburg tarafidan Xiva xonligiga yurish uyushtiriladi. Harbiy harakatlarga 49 ta rota, 32 ta yuzlik, 34 ta zambarak va 2 ta paroxod jalb etildi. May oyiga kelib, Hazorasp qalʼasi zabt etildi, koʻp oʻtmay Xiva, Qoʻngʻirot, Xoʻjayli, Mangʻit qalʼalari va Gurlan bekligi taslim boʻldi. Avgust oyida Xiva xonligi bilan sulh shartnomasi tuzildi. Xiva xonligi Rossiya vassalligini qabul qilib, Muhammad Rahim Bahodirxon (Feruz) hukmronligi saqlab qolindi. 1873-yilning kuzida Buxoro xonligi bilan yangi siyosiy shartnoma imzolandi. 1875-1876-yilgi harbiy harakatlar natijasida Fargʻona vodiysida Xudoyorxon va rus hukumatiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon bostirildi. Soʻngra Qoʻqon xonligi tugatilib, Rossiya tarkibidagi Fargʻona viloyati tashkil etildi. 1881-yilda Axal-Tekin vohasi rus qoʻshinlarining ayovsiz hujumlari ostida taslim boʻldi, Ashxobod zabt etildi. Rossiya va Eron oʻrtasida chegara belgilashga qaratilgan konvensiya imzolandi. 1884-yilda Marv taslim boʻldi. 1885-yilda Pendin va Murgʻob vohasida yashovchi turkman qabilalari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. Kushka Rossiyaning eng janubiy chegara maskaniga aylandi. Shunday qilib, XIX asrning 80-yillariga kelib Rossiyaning Markaziy Osiyodagi chegaralarining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi. 1893-95-yillarda ruslar janubi-sharqdagi baland Pomir togʻlarini egallab oldilar[1].1895-yilda Rossiya va Britaniya hukumatlari oʻrtasida Pomir togʻlarida boʻlinish chizigʻi oʻtkazilishi bilan taʼsir doiralarini tasdiqlash xususidagi shartnoma imzolandi[2].
Geografik joylashishi
Bu hudud gʻarbda Kaspiy dengizi, shimolda Sibir oʻrmonlari va sharqda Xitoy chegarasidagi togʻlar bilan chegaralangan edi. Janubda chegaralar tabiiy emas, balki siyosiy edi. U shimoldan janubga taxminan 2100 km (1300 mil), sharqdan gʻarbga 2400 km (1500 mil) edi. Janubi-sharqiy tomoni (Qirgʻiziston va Tojikiston) togʻli hududlar edi. Oʻrta Osiyoning maydoni 4 003 400 km 2 (1 545 730 kv mil)ni tashkil etardi, bu deyarli Qoʻshma Shtatlarning yarmiga teng edi.
Yomgʻirlar shimoldan janubga qarab kamaya boradi. Sharqiy togʻlardan tushadigan soylarlarning koʻpligi tufayli Fargʻona vodiysida aholi ancha zich joylashgan edi. Fors chegarasida qator vohalar bor edi. Mintaqada uchta katta daryo mavjud edi. Amudaryo Afgʻoniston chegarasidan oʻtib, shimoli-gʻarbiy tomonda Orol dengiziga quyiladi va u yerda Xorazm nomi bilan uzoq tarixga ega boʻlgan katta deltani hosil qiladi. Sirdaryo Fargʻona vodiysidan boshlanib, shimoli-gʻarbga qarab oqadi va Orol dengizining shimoli-sharqiy burchagiga quyiladi. Mintaqada yana nisbatan kichikroq Zarafshon daryosi bor, u Amudaryoga yetmasdan quriydi. U Buxoro shaharlari va Samarqandni suv bilan taʼminlaydi[3].
Janubdagi choʻllarda koʻchmanchi aholini turmush kechirishi uchun yetarli darajada oʻtloqlar bor edi. Qizilqum choʻli Amudaryo va Sirdaryo oʻrtasida joylashgan. Qoraqum choʻli esa Turkmanistondagi Amudaryoning janubi-gʻarbida joylashgan. Orol va Kaspiy dengizlari oraligʻida aholi kam yashaydigan Ustyurt platosi joylashgan.
Ruslar bostirib kelganda, Orol dengizining janubidagi Xorazm deltasida Xiva xonligi, Amudaryo va Zarafshon boʻyida Buxoro xonligi va Fargʻona vodiysida Qoʻqon xonligi joylashgan edi[4].
Qozoq choʻllari ustidan nazoratni qoʻlga kiritish

Download 272.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling