Xix-asr oxirida Turkiya davlatining siyosiy ijtimoiy iqtisodiy ahvoli


Download 68.14 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi68.14 Kb.
#1500366
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUNDARIJA (KURSAVOY)

Sanoatlashgan–agrar g‘arb va uning shaharlari. Sanoatlashgan–agrar g‘arb – g‘arbiy Anatoliya viloyatlarini va Turkiya Frakiyasini o‘z ichiga olib, mamlakat hududining ¼ qismidan ko‘prog‘ini egallaydi va aholining deyarli 2/5 qismi yashaydi. Yumshoq dengiz havosi, kuchli qishki yomg‘irlar, daryo vodiylaridagi hosildor yerlar va tekisliklar, foydali qazilmalarning mavjudligi insonlarning turli hil faoliyatiga qulay sharoit yaratgan. Katta Menderes va Kichik Menderes daryo vodiysi o‘zining anjirlari bilan, eksport qilinadigan quritilgan mevalari bilan, Izmir atrofidagi bog‘lari va uzumzorlari bilan, Bakir daryo vodiysi zaytun va tamakisi bilan, Idiz daryo vodiysi danaksiz uzumlari bilan mashhur. Rayonning boshqa daryo vodiylari texnika ekinlari (paxta, tamaki, qand lavlagi) va bog‘lari bilan ajralib turadi.
G‘arbiy Turkiya mineral va energiya resurslariga boy. Sharqda, Qora dengiz sohilbo‘yida mamlakatda yagona toshko‘mir xavzasi joylashgan. Undan tashqari qo‘ng‘ir ko‘mir, temir rudalari, xromitlar, polimetallar, volf­ram rudasi, borat, asbest, marmar va boshqa foydali qazilmalar topilgan.
G‘arbiy rayon Turkiyaning rivojlangan qismidir, uning sanoatlashgan yadrosidir. Bu yerda ⅔ qism fabrika-zavod ishchilari to‘plangan 69% sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Qora metallurgiya, transport mashi­nasozligi (Stambul, Bursa, Izmir, Izmitda avtomobil yig‘uv zavodlari, Eskishehirdagi samolyotsozlik, Satmbuldagi kemasozlik zavodi) yuqori darajada rivojlangan. Sanoatining an’anaviy tarmoqlari: to‘qimachilik va oziq-ovqat rivojlangan. Yangi tarmoqlar – kimyo, energetika va qurilish ma­teriallari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Rayonning yirik sanoat bo‘g‘inlari: Istambul, Izmir, Zanguldak va Izmit.
Rayon qishloq xo‘jaligida ekin maydonlarining 29%i joylashgan. Kungaboqar urug‘ining 90%i, tamaki hosilining 75%, anjir, atirgul, paxta tolasining 50%i, qand lavlagi, kunjut, yillik don hosilining 25%idan kamrog‘I (arpa, sholi, g‘alla) rayonda to‘plangan. Bu yerda zaytun yog‘I va mak yetishtirihning deyarli hammasi joylashgan.
Chorvachilik – dehqonchilikdan keyin qishloq xo‘jaligining 2-tarmog‘I hisoblanadi. Bu yerda mamlakatning 28%igacha yirik shoxli qoramollari to‘plangan. Yirik iste’molchi markazlar atrofida parrandachilik fermalari tashkil qilingan.
Sanoatlashgan-agrar g‘arb yuqori darajada urbanizatsiyalashgan. Rayonda shaharlar ko‘p, shu jumladan 7 ta etal (Istambul, Izmir, Bursa, Eskishehir, Izmit, Adapazari, Denizli) aholisi 100 ming kishidan ortiq.
Istambul – dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, Usmoniylar impe­riyasining dastlabki poytaxti. Istambul o‘zining o‘rta asrlardagi qiyofasini bir muncha saqlab qolgan.
Istambul Turkiyaning asosiy sanoat va savdo-moliya markazidir. Unda mamlakat sanoat mahsulotlarining ¼ qismi ishlab chiqariladi. Bu yerda yengil (to‘qimachilik, teri-poyafzal, shisha) va oziq-ovqat (un tegirmonlari, qandolat, go‘sht-sut, tamaki), shuningdek, og‘ir sanoat (mashinasozlik, kemasozlik) tarmoqlari joylashgan.
Istambul Turkiyaning muhim madaniy markazidir. Unda univer­sitetlar, konservatoriya, ilmiy-tekshirish korxonalari, opera va drama teatri, kinostudiyalar, arxeologik muzey joylashgan.
Istambul Turkiya flotining harbiy dengiz bazasidir. Uning savdo porti orqali import va ekasport yuklari o‘tadi.
Izmir – Egey dengizi sohilboyida joylashgan qadimiy shaharlardan biridir. Izmir iqtisodiy rayonining sanoat va savdo markazidir. Sanoatda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar: un tegirmonlari, yog‘ qadoqlash, paxta tozalovchi, ip-gazlama, tamaki, shuningdek, mashi­nasozlik va kemasozlik sanoatlari bor. Izmir porti yuk aylanmasi hajmi jihatidan Istambuldan keyin 2-o‘rinni egallaydi. Lekin Istambul import yuklari uchun asosiy darvoza bo‘lsa, Izmir orqali eksport yuklarining yar­midan ko‘pi o‘tadi. Bu shaharda universitet, iqtisod va savdo Akademiyasi, konservatorita, arxeologik muzey bor.
G‘arbiy rayonda iqtisodiy va madaniy markaz – Bursa joylashgan. Shaharda to‘qimachilik, (jun, ipak, trikotaj), oziq-ovqat (go‘sht-sut, sabza­vot, konserva), mashinasozlik (avtomobil ishlab chiqarish va elektr motor­lar) sanoati tarmoqlari joylashgan.
Bursadan sharqda sanoat markazi – Eskishehir joylashgan. Unda ko‘plab korxonalar, harbiy (minomyot, samolyot yig‘uv, artilleruya jihoz­lari zavodi) va fuqaro (lokomotiv quruvchi, sement, qand zavodi, ip-gazlama fabrikasi) zavodlari bor. Shahar temir va shosse yo‘llari, shu­ningdek savdo markazining muhim bo‘g‘inidir.
Izmit – bu yerda qog‘oz- sellyuloza fabrikasi, avtoshina zavodi, neftni qayta ishlovchi, neft-kimyo, mineral o‘g‘itlar, avtoyig‘uv, kabel ishlab chiqaruvchi, payvandlovchi trubalar korxonalari bor.
G‘arbiy rayonning sanoat shahri Adapazarida qishloq xo‘jaligi mashinalarini yug‘uvchi, lokomotiv etal yig‘uvchi, shisha-keramika va yog‘och mahsulotlari yig‘uvchi korxonalarga ega.

Download 68.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling