Xix-asr oxirida Turkiya davlatining siyosiy ijtimoiy iqtisodiy ahvoli


Download 68.14 Kb.
bet7/7
Sana16.06.2023
Hajmi68.14 Kb.
#1500366
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUNDARIJA (KURSAVOY)

Zanguldak – sanoat aglomeratsiyasining markazi; ko‘mir shaxtalari va metallurgiya kombinati bor.
Agrar sanoatlashgan markaz yoki O‘rta Turkiya. Markaziy Anatoliyaning 14 viloyatini o‘z ichiga oladi va 4 tadan viloyatlari Qora dengiz va O‘rta dengiz sohillarida joylashgan. Rayonning umumiy may­doni 300 ming km2, ya`ni mamlakat hududining 2/5 qismi. Iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘I qishloq xo‘jaligidir. Bu rayonga Turkiya ekin maydon­larining yarmidan ko‘prog‘I (52%), mayda va yirik shoxli mollarning 40%ini tashkil etadi. Ichki viloyatlarda dehqonchilikning asosini don xo‘jaligi, chekkalarda esa texnika va bog‘-poliz ekinlari tashkil qiladi. Rayon o‘zining ichki ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, balki donning katta qismi g‘arbiy iqtisodiy rayonga chiqariladi. Texnika ekinlari, mevalar va uzumning katta qismi eksport qilinadi. Shuningdek, qo‘y junlari, angor echki junlari, tirik molar eksport qilinadi.
O‘rta Turkiyada qisman qo‘ng‘ir ko‘mir, temir rudalari, oltingugurt, xromitlar, ruh rudalari, boksitlar, simob, osh tuzi konlari topilgan va ishga tushirilgan.
O‘rta Turkiyaning sanoati ishlab chiqarish hajmi jihatidan 2-o‘rinni egallaydi. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar hamma joyda uchraydi: un tegirmonlari, sabzavot-go‘sht konservalovchi, pishloq, yog‘, shakar, pivo, vino, tamaki korxonalari. Rayonning janubiy shaharida to‘qimachilik sanoati tashkil qilingan. Isken­derondagi yirik metallurgiya zavodidan tashqari Anqara, Kayseri, Konya, Kirikkala, Sivas shaharlarida ham kichik metallurgiya korxonalari bo‘lib, qora metallurgiyaga bo‘lgan mahalliy ehtiyojni qondiradi.
Umuman agrar-sanoat Markaz korxonalarida ishchilarning ¼ qismi to‘plangan va sanoat mahsulotlarining 24%ini beradi.
Bu iqtisodiy rayon mamlakatning o‘rta qismini egallab, transport aloqalarida katta rol o‘ynaydi. Kenglik va uzunlik yo‘nalishida rayon hududida temir yo‘llar va yuqori sifatli shosse yo‘llar kesishib, o‘rta Turkiyaning dengiz darvozalariga chiqish yo‘liga ega: O‘rta dengizdagi Mersin va Iskenderon, Qora dengizdagi Samsun va Inebol.
Agar O‘rta Turkiyaning ichki tekislik qismi mamlakatning boquvchisi bo‘lsa, janubiy sohilbo‘yi esa uning asosiy eksportyori etal el valyutasi keltiradigan qismidir. Bu yer ahamiyati jihatidan (G‘arbiy Anatoliyadan keyin) Turkiya turizmining 2-markazi hisoblanadi.
O‘rta Turkiyada 9 ta etal bor. Bu Anqara, Adana, Gaziantep, Konya, Kayseri, Samsun, Sivas, Mersin, Marash.
Konya – yirik transport bo‘g‘ini va rayonning don va chorvachilik savdo markazi. Shaharda mahalliy xom ashyoni qayta ishlovchi bir qator mayda va yirik korxonalar bor: go‘sht kombinati, shakar, sut, sement, g‘isht, keramika, chilangarlik zavodlari.
Konya dunyoning qadimiy shaharlaridan biri hisoblanadi. Rayon markazi – Anqara shahri. Anatoliyaning deyarli markazida joylashgan. 1923-yilning oktabrida Turkiya respublikasining poytaxti deb e’lon qilindi. Shahar mamlakatning sanoat, savdo, madaniy markazidir. Anqaradan 70 km sharqda Kizikkala shahri joylashgan. Bu ikkala etal birgalikda sanoat bo‘g‘inini tashkil etadi.
Kayseri shahri rayonning savdo va sanoat markazidir. Bu etal qo‘lda to‘qilgan Turkiya gilamlari ishlab chiqaruvchi markazlardan biridir.
Sivas shahrida mebel va gilamchilik ustaxonalari bor.
Adana mamlakatning sanoat markazi, ya’ni ip-gazlama sanoat markazi hisoblanadi.
Mersin O‘rta dengzining port shahridir. Shaharda neftni qayta ishlovchi, avtoyig‘uv, mineral o‘g‘itlar zavodlari bor. Shuningek, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan.
Agrar Sharq iqtisodiy rayoni. Bu rayon 22 ta viloyatni o‘z ichiga oladi. Rayonning eng chekka shimolida choy, sitrus, janubda esa zaytun va uzum yetishtiriladi. Vodiylarda paxta, sholi yetishtiriladi. Yassi tog‘lik­larda don ekinlari va sabzavotlar yetishtiriladi. Rayon iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi va chorvachilik asosiy o‘rinni egallaydi.
Rayon o‘zining funduk yong‘og‘I, choy va pista (xandon)si bilan mashhurdir.
Diyorbakir – rayonning ma’muriy, iqtisodiy markazi. Bu yerda oziq-ovqat korxonalari, gilamchilik fabrikalari bor.
Erzurum – rayon shimoliy qismining markazidir. Bu yerda etal va yog‘ochni qayta ishlovchi zavodlari mavjud. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan.
Elyazig sanoatlashgan shahardir. Unda to‘qimachilik, oziq-ovqat, kimyo, sement sanoat korxonalari bor.

Xulosa:
Download 68.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling