XIX asrda qiyosiy tarixiy tilshunoslikning yuzaga kelishi
Vilyam Jons(1746-1794)- Bengaliyada xizmat qilgan ingliz sharqshunosi va huquqshunosi , Sanskrit tili bilan yunon va lotin tillari o’rtasida bog’liqlik borligini isbotladi.
Fridrex Shlegel(1772-1829)- “Hindlarning tili va donoligi”.Ushbu asarda Sanskrit tilining nafaqat lug’at tarkibi jihatdan balki lotin,grek, german va fors tillariga qarindosh ekanligi hamda ular bir umumiy asosdan tashkil topganligi keltirilgan.
Nemis tilshunosi F.Boppning "Sanskrit tilining tuslanish tizimi haqida va uni yunon, lotin, fors va german tillaridagi tuslanish tizimiga qiyoslash" (1816) va 3 jildli "Sanskrit, zand (avesto), arman, yunonlotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi" (1833—52) asarlari hamda daniyalik olim R.K.Raskning "Qad. shimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island tilining kelib chiqishi" (1818) asari qiyosiy tilshunoslik sohasidagi dastlabki jiddiy tadqiqotlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |