Xix asrdagi ingliz- rus raqobatida kaspiyorti hududining tutgan o’rni”


II.2 Ingliz-rus raqobatida boshqa davlatlarning tasiri va o’rni


Download 0.58 Mb.
bet9/17
Sana20.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1634600
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Raxmatov Mehmon MD

II.2 Ingliz-rus raqobatida boshqa davlatlarning tasiri va o’rni
Buyuk Britaniya va Rossiya imperiyasi munosabatlari davlatlararo darajada Buyuk britaniya va Rossiya imperyalari oʻrtasida XVII asrning oʻrtalarida oʻrnatilgan. XIX asrda Rossiya va Buyuk Britaniya imperiyalari ulkan davlatlar sifatida Yevropaning siyosiy hayotini belgilab berganlar. XIX asrning birinchi yarmida Oʻrta Osiyo, Uzoq va Oʻrta Sharqda keskin holat yuz berdi rus-ingliz raqobati xalqaro darajaga ko’tarildi.
Qrim urushida Buyuk Britaniya Rossiyaga imperiyasiga qarshi Usmoniylar imperiyasi, Fransiya va Ispaniya qirolligi bilan ittifoq tuzdilar. Keyingi yillarda Bolqonda Rossiya impeyiyasi taʼsirini kuchaydi. XX asrning boshlarida Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya Antantani - uchlar ittifoqiga qarshi boʻlgan harbiy ittifoqni tashkil qilindi. Birinchi jahon urushining boshlanishiga Antanta va Uchlar ittifoqi davlatlari deyarli tayyor holatda edilar.
1555-yilda qirol Edvard V ning vakili kapitan Richard Chankellor ingliz ekspansiyasining omon qolgan yagona vakilini Xitoy va Hindistonga shimoli-sharqiy oʻtish yoʻlini topishni buyurgan edi. Natijada Rossiya imperiyasi va Buyuk Britaniya oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. Bonaventura Oq dengizning yozgi qirgʻogʻi hududida Shimoliy Divna daryosining boʻyida Yangri orolida joylashgan hozirgi Yangri shahrining turar-joy maydoni Yangri orolida joylashgan; Severodvinsk, Arxangelsk viloyati.
Mahalliy aholi bilan birinchi aloqani oʻrnatgandan soʻng Chankellar Xolmogoriyga oʻsha paytdagi Rossiyaning shimoliy poytaxti va u yerdan markaz Moskvaga joʻnatadi. Moskvada Chankellorni podsho Ivan Grozniy bilan tanishtirishdi Grozniy keyinchalik Buyuk Britaniyaga shunday ishonchni his qildiki, zamondoshlarining fikriga koʻra, podsho oʻziga boʻysunadigan davlatda chidab boʻlmas notinchlik yuzaga kelgan taqdirda Buyuk Britaniya qirgʻoqlariga vaqtincha koʻchib oʻtish rejasini istisno qilmadi.10
Zamonaviy dunyoda Rossiya Federatsiyasi va Buyuk Britaniya o’rtasida aloqalarning yangi bosqichi XXI arsda ham davom etmoqda.
1696-1699-yillarda Pyotr I elchilari bilan Buyuk Britaniyada to’rt oy boʻladi. Pyotr I davrida ingliz savdogarlari Rossiyada bojsiz savdo imtiyozlari va bir qator yengilliklariga ega boʻldilar. Bu yengilliklar ikki tomonlama munosabatlarning yanada rivojlanishini taʼminladi berdi. Buyuk Britaniya hukumtining bir qismi Shimoliy urushda Shvetsiyani qoʻllab-quvvatlab Buyuk Britaniya flotini Boltiq dengiziga olib kirgan boʻlsada, ammo Rossiya imperiyasi koʻmagida Rossiya imperiyasi bilan aloqalardan manfaatdor doiralar yakunda gʻalaba qozonganlar.11
Moskva savdo kompaniyasi 1699-yilgacha Rossiya va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi savdoda aloqalarida monopoliyaga ega bo’ldi.
Oktyabr inqilobidan keyin Buyuk Britaniya va ittifoqchilar Rossiyadagi hukumatning ichki ishlriga aralashuvi bevosita kuchaydi , inglizlar Oq podsho hukumati darafdori bo’lgan harakatni quvvatlantirdilar, ammo harakatning magʻlub boʻlishi. 1735-yilda Doʻstlik va savdo shartnomasi, 1742-yilda Peterburg ittifoq shartnomasi, 1743-yilda Moskva ittifoq shartnomasi kuchining yo’qolishiga olib keldi12.
Mamlakatlar 1740-1748-yillarda Avstriya imperiyasining taxt vorisi masalasida kurashdilar yevropaning yirik davlatlari Avstriya taxtida o’zlarining vakili bo’lishini va shu tariqa yevropadagi vakillari sonini yana bittaga ko’payishidan manfaatdor edilar. Rossiya va Buyuk britaniya o’tasidagi 20 yilga mo’ljallangan savdo shartnomasi shu tariqa xaf ostida qolayotgan edi ammo Buyuk Britaniya Rossiya bilan munosabatlarining yonomlashuvini xohlmasdi shu sababdan Bolgariya taxtiga Rus vakilining chiqishiga qarshilik qilmadi.
Rossiya flotining ikkincchi arxipelag ekspeditsiyasi paytida Buyuk Britaniya rus kemalarini taʼmirlash uchun oʻz bazalari xizmatini taqdim etdilar va oʻz kemalarini rus Bamdargohlarini oziq-ovqat bilan taʼminlash uchun ajratdi.
Munosabatlarning yomonlashuvi Buyuk Britaniyaning shimoliy Amerkadagi mustamlakalarida boshlangan milliy ozodlik kurashini bostirishda rus imperatorlarining etiborsiz bo’lishi. Ayni vaqtda 1773-1775 yillarda Rossiyada bo’lib o’tgan Y . Pugacov qo’zg’alonini bostirishda Buyuk Britaniyaning siyosiy betaraflik elon qilishi ikki ulkan imperiyaning munosabatlariga putur yetkazdi davlatlarning munosabatlari yomonlashuvi shu tariqa davom e’taverdi. Betaraflik Buyuk Britaniyaga zarar keltirdi13.
Endi munosabatlar shu qadar yomonlashdiki: Ikkila davlatning ham manfaatlariga jiddiy zarar keltirgan shvet-rus urushida Buyuk Britaniya shvetlar tomonida turib urushda qatnashish va harbiy kemalarini Fin dengiziga kirirtish masalasini muhokama qildi o’z navbatida 1994 yilda harbiy to’qnashuv deyarli aniq bo’lib ulgurgan bo’lsada tromonlar ochiq jangga kirishdan ko’ra ikkala tomon uchun manfaatli bo’lgan tinchlik va do’stlik shartnomasini imzolashni maqul deb topdilar. Tomonlarning munosabati yaxshilanishiga yana bir muhim sabab Fransiyada yuz bergan inqilobning yevropa bo’ylab tarqalishi xafini oldini olish zaruriyati edi. 1795-yilda tomonlar 8 yil muddatga ittifoq shartnomasini imzoladilar14.
Ammo Pavel I ning hokimiyatni egallashi va 1799-yilda Gollandiyaga muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgan harbiy yurish munosabatlardagi yangi davrni boshlanishiga olib keldi.
XXX1800-yil 5-sentabrda Buyuk Britaniya Maltani bosib oldi. Rossiya imperatori Pavel I Malta ordenining Buyuk himoyachisi, yaʼni Malta davlati boshligʻi edi. Bunga javoban 1800-yil 22-noyabrda Pavel I barcha rus portlarida ingliz kemalarini sekvestr qilish toʻgʻrisida farmon chiqardi ularning soni 300 tagacha edi, shuningdek, barcha ingliz savdogarlarini Rossiyadagi qarz majburiyatlarini toʻlagunga qadar to’xtashni toʻxtatib qoʻydi. Imperiyada ingliz tovarlarini sotishni taqiqlash bilan diplomatik aloqalar uzildi. Rus-Britaniya munosabatlarining yomonlashishi Rossiyaning Napoleon Fransiyasi bilan munosabatlarining yaxshilanishi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Xususan, 1801-yilda Hindiston bilan Buyuk Britaniyaning hind mulklariga rus- fransuz qoʻshma ekspeditsiyasining yashirin rejalariga kelishishgan edi. Bu rejalar Rossiya imperatori — Pavel I ning oʻldirilishi tufayli amalga oshirilmadi.
Rossiya va Britaniya manbalariga koʻra, Angliya elchisi Witvort Rossiyada saroy toʻntarishini tayyorlashda faol ishtirok etgan, Witvortning xotinisi Olga Zherebsova Pavel I ning oʻldirilishida bevosita ishtirok etgan aka-uka Zubovlarning singlisi boʻlgan.15 1801-yil 2- mart — saroy toʻntarishi va Pavel I oʻldirilishining ertasiga yangi imperator Aleksandr I Angliyaga qarshi koʻrilgan choralarni va inglizlarning Rossiyadagi mulkiga nisbatan mulkiy daʼvolarni bekor qiladi. Diplomatik aloqalar tiklanadi. Uchinchi va toʻrtinchi koalitsiya urushida ikkala kuch ham ittifoqchi sifatida harakat qildi, ammo Tilzit shartnomasi Rossiyaning kontinental blokadaga qoʻshilishi bilan ularni dushmanga aylantirdi.16 Ikkala davlat ham 1807-yildan 1812-yilgacha rus-ingliz urushi paytida bir-biriga qarshi kurashgan, ammo Napoleonning Rossiyaga bostirib kirishi bu janjalni tugatgan. 1812-yilda Rossiya va Buyuk Britaniya Napoleon urushlarida Napoleonga qarshi ittifoq tuzdilar. 1812-yil noyabrdan 1814-yil aprelgacha rus admirallari eskadronlari R.V.Kroun va D.Teta ingliz floti bilan birgalikda Shimoliy dengizning tubida fransuz va golland flotlarini toʻsib, dengizga chiqishiga toʻsqinlik qildi
Yunonistonning mustaqillik urushi (1821—1829) davrida mamlakatlar bir tomonda kurashgan. Ikkala davlat ham 1827-yilda Fransiya tomonidan imzolangan London konvensiyasini qabul qilganlar. Konvensiya Usmonli imperiyasi va Gretsiyani bir-biriga qarshi urushlarni toʻxtatishni soʻradi va Gretsiya mustaqilligini tan oldi. 1853—1856-yillardagi Qrim urushi paytida Angliya va Rossiya bir-biriga qarshi kurashgan. XIX asr oxirida Oʻrta Osiyoda Katta Oʻyin paytida Rossiya va Angliya raqib boʻlgan. Anglofobiya XIX asrda Rossiyada keng tarqalgan edi. 1899-1901-yillarda Ixeetuan qoʻzgʻoloni paytida mamlakatlar bir tomonda kurashgan.
Gull voqeasiga qaramay, 1907-yilda Angliya-Rossiya shartnomasi tuzilgan, bu esa Antanta deb nomlanuvchi harbiy-siyosiy blokka asos soldi. Ushbu shartnomaga koʻra, ikkala davlat ham Birinchi jahon urushida markaziy kuchlarga qarshi ittifoqchi sifatida kurashgan. 1913-yilda Britaniya imperiyasi Rossiyaning ikkinchi Germaniyadan keyin savdo sherigi edi: Britaniya Rossiya eksportining 17,6 foizini va importining 12,6 foizini tashkil qilgan. Buyuk Britaniya Rossiyaning asosiy sarmoyadori edi, lekin u sarmoya hajmi boʻyicha ham Germaniyadan sezilarli darajada past edi. Sovet diplomati G.V. Chicherin 1922-yil 2-martdagi notasida Britaniyaning Rossiyadagi inqilobdan oldingi ustav kapitali hajmini 226 million rublga baholagan nemis investitsiyalari, oʻz hisob-kitoblariga koʻra, 378 million rublni tashkil etgan.17 XIX asrda yirik mustamlakachi davlatlar tomonidan Afrika, Osiyo, Amerika va Okeaniya mamlakatlarini bo’lib olish uchun kurash yanada kuchayadi.
XIX asr o’rtalarida ikki yirik mustamlakachi imperiya - Buyuk Britaniya va Rossiya davlatlari manfaatlari Turkistonda to’qnashdi. Ikkala davlat bir-biridan yashirin ravishda O’rta Osiyoga kirish, xonliklardagi hukmron sulolalar bilan tilga topish yo’llarini qidirardi, shu maqsadda harbiy missiyalar yuborar edi. Angliya Hindiston tomondan, Rossiya qozoq cho’llari va Sibir tomondan harakat qilardi, o’zbek xonliklarini o’z ta’sir doirasiga olish, o’z manfaatlari yo’lida xonliklarning boyliklari, tabiiy resurslaridan foydalanish, o’z mustamlakasiga aylantirishga intilardi. Shu boisdan ingliz-rus raqobati kundan-kunga kuchayib bordi. Hindiston va Afg’oniston orqali o’zbek xonliklari bilan savdo-sotiq, diplomatik aloqalar olib borayotgan Buyuk Britaniya Rossiyaning Turkistonga kirib kelayotganidan xavfsiramoqda edi. Rossiyaning Turkistonni bosib olish rejalaridan xabardor bo’lgan Angliya hukumati Rossiya rejalarini barbod qilish choralarini ko’rdi. Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan josuslik ma’lumotlari to’plash maqsadida yuborilgan E.K.Meyendorf 1824 yildayoq Buxoroda bo’lgan, ammo maqsadiga erishaolmay shu erda halok bo’lgan edi.18 1831 -1833 yillarda mazkur kompaniya leytenanti Aleksandr Berns Hindistondan Afg’onistonga, undan Buxoroga go’yo sayyoh sifatida keladi. U yig’ilgan dalillar va shaxsiy kuzatuvlar asosida uch jildlik «Buxoroga sayohat» nomli kitob yozib, unda, jumladan: «O’zbeklar... mening kim ekanimni bilmaganlaridan barcha narsalar xususida, hukmdorlari siyosatidan tortib bozordagi ahvol haqida ham tortinmay so’zlashdilar», -deb yozadi.19
Angliya hukumati Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. 1841-1842 yillarda Angliya hukumati mayor Konollini Xivaga, polkovnik Stoddartni Buxoroga maxsus missiya bilan yubordi. Ular Xiva xoni va Buxoro amiri huzurida bo’lib, Rossiya tajovuzidan saqlanish uchun uchchala Xonlik bir- birlariga yordamlashishini, kuchlarni birlashtirishni, ittifoq tuzishni taklif qilib, rus qo’shinlariga qarshi kurashish uchun qo’shin bilan yordam berishga va’da qiladilar. Biroq ularning rasmiy hujjatlari bo’lmagani sababli amir Nasrullo ularni zindonga tashlatadi. Bularni qutqarish uchun Angliya tomonidan Turkiya homiyligida mayor Volf Buxoroga yuboriladi, ammo uning 1843-1845 yillarda Buxorodagi urinishidan ham natija chiqmadi, zindondagilar qatl etiladi, Volfning o’zi zo’rg’a qochib qutiladi.20
Shuningdek, 1843 yilda Xivaga kelgan kapitan Ebbot ham Angliya manfaatlari yo’lida ishlagani ma’lum. Ingilizlarning O’rta Osiyoda jiddiyroq siyosat yuritishiga Afg’oniston xalaqit berardi. Shu boisdan inglizlar maxsus «afg’on siyosati»ni ishlab chiqib, Afg’oniston amirini bo’ysundirish, Hirot va Qandahorni inglizlar mulkiga aylantirish, ularda harbiy kuchlarni joylashtirishni rejalashtiradi. Shu maqsadda Angliya 1838-1842 va 1878-1880 yillarda Afg’onistonga ikki marta bosqinchilik urushlari uyushtirdi. Biroq Afg’onistonni bo’ysundira olmadi. Ost-Hindiston kompaniyasi O’rta Osiyo bozorlariga kirish va egallab olish, bozorlarda ingliz tovarlarining Rossiya tovarlarini siqib chiqarishini ta’minlashga zo’r berdi. Bu borada ular hind va fors savdogarlaridan keng foydalandi. Buyuk Britaniyaning O’rta Osiyoga kirish va uni egallashga intilishi chor Rossiyasini tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo’lganidan foydalanib, harbiy harakatlarni boshlab yubordi/.
Xonliklarning shimoliy-g’arbiy hududida Orenburg general-gubernatori V.A.Perovskiy katta qo’shin bilan hujumga shaylanib turardi. U 1834 yilda Kaspiy dengizi qirg’og’idagi Mang’ishloqda harbiy istehkom qurib, unga Novo- Aleksandrovskaya deb nom berdi. 1845 yilda Orenburg va Yoyiq, 1847 yilda Sirdaryoning Orol dengiziga qo’yilish joyida Raim (Oral) harbiy istehkomlari qurildi. Perovskiy qo’shinlari 1853 yilda Qo’qon xonligining strategik ahamiyatga molik bo’lgan Oqmasjid qal’asini bosib oladi va u erda mustahkam o’rnashadi.
Xonliklarning shimoliy-sharqiy tomonida esa G’arbiy Sibir general-gubernatori G.Gosford hujumga tayyorlanish uchun 1847 yilda Ettisuvdagi Ulutov yaqinida ikkita harbiy istehkom, 1848 yilda Qorabuloq qal’asini, 1854 yilda Olmati ovuli yonida Verniy istehkomini qurib, harbiy kuchlarni joylashtiradi. 1860 yilda Qo’qon xonligi hududiga qarashli harbiy istehkomlarga hujum qilib, To’qmoq, Pishpak va boshqa qal’alarni birin- ketin bosib ola boshladi.Perovskiy va Gosfordlarning harbiy harakatlari amalda Rossiyaning O’rta Osiyoga e’lon qilinmagan bosqinchilik yurishining boshlanishi edi. Turkistonni bosib olish masalasi podshoh Aleksand II tomonidan 1859 va 1861 yillarda o’tkazilgan saroy kengashida muhokama qilinadi va birinchi navbatda Qo’qon xonligini bir yoqlik qilish, unga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga qaror qilinadi. O’rta Osiyo xususidagi raqobatda Rossiya ustunlik qildi. Angliya Rossiyaning harbiy kuch bilan O’rta Osiyoni egallashga qaratilgan harakatlarini to’xtatib qololmadi21.

Inglizlar 1857-yilda amir Do’st Muhammad bilan jiddiy tarzda ikkinchi Jamarud shartnomasini imzolagan vaqtda va shunga asosan Eron askarlarini Hirotdan chiqargandilar, shunga binoan ruslar qiyinchilikni qizg’inlik bilan aniqlashtirib bu ishga bel bog’lagan edilar. Ayni vaqtda amirning kuyovi bo’lmish Sulton Ahmadxon Sarkor Hirot hokimi etib tayinlandi. Ruslar 1858-yilda Xanikof boshchiligida bir delegatsiyani Hirotga jo’natdilar. Bu delegatsiyaning asosiy vazifasi vaziyatni aniqlashdan iborat edi. Xonikuf boshchiligidagi ruslar xorijiy ishlar vazirligiga barcha ma’lumotlarni jo’natishi buning ikkinchi tomoni edi. 1859-yilda amir Do’st Muhammadxon Qunduzni oldi va Badaxshonni ham o’z ta’sir doirasiga kiritgan edi. Ruslar g’alayonlarda qattiq qo’llik bilan to’rgandilar, zero ular amir Do’st Muhammadxonni har qadamida ularning manfaatlarini nazarga olgan ingilizlarga vafodor shaxs va vakil sifatida hisoblardilar. Ruslar ular Markaziy Osiyoda Hindukush etaklaridan zarbaga duch kelishlari mumkin deb o’yladi, shuning uchun bunga qarshi harbiy rejalar tuzib chiqardilar.


Muqobil ravishda inglizlar ham Amudaryo tarafdan ruslarni oldinga yurishini oldini olish rejasini tuzdilar. Londondagi kengaytirish tarafdorlari jiddiy ravishda Britaniya Hindistoni Markaziy Osiyo uchun Hindukushni bir to’siq sifatida bildi. Bu siyosatning izdoshlaridan biri Rovelsin bo’lib Maknotan shoh Shujoni Kobulda almashtirdi. Barcha janubiy-g’arbiy boshqaruvni Rovelsinga topshirdi va uning markazi Qandahor edi. Buning asl asosi inglizlar o’zining siyosatini zo’rlik va kuchlar bilan amalga oshirish kerak. Bu shaxs Angliya bosh vaziri Dizroelining maslahatchisi bo’lgan mashhur vakili edi. “ Hundukushning barcha etaklari inglizlar tomonidan ishg’ol qilinishi Hindiston himoyasida undan foydalanishi Markaziy Osiyoga ko’prik sifatida foydalanishni nazarda tutgan edilar”. Ushbu nazariyalar Londondagi kengaytirish siyosatining bongi urilgan vaqtda, bir guruh siyosatchilar Hindistonning xavfsizligini ko’zlab ilmiy chegara nazariyasini qo’llash fikrida edilar. Bu siyosat inglizlar Sulaymon tog’larining etaklari ( Haybar, Payvor, Porachor, Tovchi ,Karm Gumil va Kujek)ni agar Hindistonga tajavvuz yuzaga kelishi mumkin bo’lgan hamma joylardan hujumni qaytarish uchun to’siqlar tashkil qilish fikrida edilar. 1841-yilda inglizlar Afg’onistonda hech narsaga erisha olmay aylanib yurgan bir vaqtda Blujistonda Qalot xoni amir Nosirxon bilan kelishuvni imzoladilar. Ular uning vositasida Kvettani ham o’ziga buysindirib, 1876-yilda bir ulkan harbiy markaz va Katta Kujak o’tish yo’liga tusiqlar qo’ygandilar. Bu rejalarning hammasi egallash maqsadlari edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Gurchakuv Brins mislsiz ravishda London hukumatiga nomalar jo’natdi va inglizlar Afg’oniston shimoli ruslarning muzokaralarini qabul qilishini va Hindukush to’g’risida ularning fikrlari o’rganishlarini qattiq turib oldi. Ruslar Markaziy Osiyoning uzoq va yaqin barcha shaharlari va sahrolarini tasaruffiga oldi.
Lekin ularning Hindiston tarafga Afg’onton yo’lidan bu zaminga kirish uchun u mamlakatga ko’z tikardilar. Inglizlar Afg’oniston amiri va uning odamlari inglizlardan qattiq nafratlanishini, agar fursat tug’ilsa , inglizlarga zarba berishdan darig’ tutmasdi. Inglizlar Hirot va Hindukush to’g’risida juda ixtiyotkor edilar va u yerda bir kichik qushning uchishini ham jiddiy e’tibor berardilar Forward Polisy tarafdorlari yengni shimarib aql bovar qilmaydigan har bir ishni inglizlarning Hindistondagi ishlariga beparvo edilar. Milodiy 1879-yil Lord Leytin Afg’onistonga hujum qildi uning maqsadi Hindukush xavf-xatarlarini boshidan uzoqlashtirish va Suloymon daralarini ixtiyoriga olish edi22.
Bu baxslarning natijasida XIX-asr boshlaridan 70-yillari boshlaridagi inglizlar va ruslar o’rtasidagi to’qnashuv yuzaga kelishidan xavotirlanganliklari to’g’risidagi bu fikr mantiqiy asos topadi. Bu to’qnashuvning ixtimoliy hududlari Hindukush, Suloymon va Hirot sahrolari edi. Afg’onistonning “bufer” mamlakat sifatida loyihalashtirish bilan bu xavf olib tashlandi. Lord Molington rejasi ya’ni Afg’oniston to’g’risidagi siyosati 19-asr boshidan foydalanilgan tahminan 60 yil inglizlar qismiga tegishlisini boshqalar bilan o’rnatmagungacha Afg’oniston masalasini juda ixtiyotkorlik bilan taqib qildilar. Barcha Sadozoy shahzodalari qatl qilinishi va ko’r qilinishlari o’z-o’zidan ajratish siyosatini yuzaga keltirgan edi. Jumladan Barakzay hukmdori amir Do’st Muhammadxon ruslarga qilgan past nazari aybli xato bo’ldi va noo’rin hattiharakati tufayli uch yil umrini Ludiona zindonida o’tkazdi.
Ajratish siyosati amir Do’st Muhammadxonning o’limigacha (1863-yil) haqiqiy ravishda amaliy ta’siri bo’ldi va Jamurud shartnomasida (1857-yil) “molxonada ishlatiladigan qoziq bilan qoqib qo’yildi” . Amir Do’st Muhammadxonning o’limidan so’ng ruslar “Salobatli yurishlar”i bilan Markaziy Osiyoga kirdilar, bu ham inglizlarga balki ruslar Buxorodagi nufuzidan so’ng Hindukushgacha yurishlari vohimasida edilar. Londondagi Forward Polisy Afg’onistonni egallab va ruslarning yurish jilovini olishini xohlardilar. Bu siyosatning yirik tarafdori baqirardi va bosh vazir va Gladiston bilan raqobatda bo’lgan Dizraeli bu qarashlarga chuqur quloq tutardi. Ammo Osiyo va Yevropadagi vaziyatdan ogoh va hushyor inglizlar ruslar bilan kelishish fikrida edilar. Ruslar Markaziy Osiyodagi mulklarini kengaytirardilar. Ammo inglizlarning fitnasida sabab bo’lishni xohlamasdilar23, shu sababli maktublardan doimiy Afg’onistonni inglizlar ta’sirida deb hisoblardilar. Shimoliy Hindistondagi o’z manfaatlarini tinchliksevar siyosatda tasvvur qilgan ko’zga ko’ringan ko’pchilik ingliz siyosatchilari inglizlar va ruslar o’rtasidagi ishlariga na Rossiya va na Angliya aralashmaydigan va uning shimoliy-janubidagi kuchlar xalq va mintaqa ishonchiga xizmat qilib ularning ajratish xavfi bartaraf qilingan. Bu “bufer” hududni tashkil etish uchun kerakli loyihani ishlab chiqdilar


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling