Xix asrdagi ingliz- rus raqobatida kaspiyorti hududining tutgan o’rni”
Download 0.58 Mb.
|
Raxmatov Mehmon MD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning asoslari
- Ilmiy yangiligi
- Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Ikki yirik davlatning XIX asrda O‘zbekiston hududida hukm surgan uch davlat bilan iqtisodiy-siyosiy, madaniy va diplomatik munosabatlari tadqiqot ishining obyekti sifatida belgilab olindi. XXI asrda Iqtisodiy-siyosiy,madaniy va diplomatik munosabatlarni rivojlantirishda ushbu mamalakat bilan hamkorlik va do’stlik munosabatlari tadqiqot ishining predmedi sifatida belgilandi.
Tadqiqotning asoslari: Mazkur magistirlik ishini yozish jarayonida asosiy holatlardan kеlib chiqqan holda tarixiy tadqiqotni obʼеktivlik, koʻpyoqlamalik va aniq tarixiy nuqtai-nazardan kеlib chiqqan holda ilgari surilgan ilmiy faktlarga tayanilgan. Shu bilan birga kеng tarqalgan tadqiqot ‒ muammoli yondoshuv, tahliliy, tarixiy ҳujjatlarga muammoli-xronologik yondoshilgan holda bayon qilingan. Mavzuni oʻrganish jarayonida yangicha fikrlash hamda ilmiy tafakkurning umumbashariy tamoyillariga, boʻlib oʻtgan voqеalarni oʻzaro dialеktik aloqadorlikda dеb qarashga asoslanildi. Mavzuni yoritishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligiga, milliy mafkura nuqtai nazaridan yondashishga alohida eʼtibor qaratiladi. XIX asr oxirida Afgʻonistonda ingliz-rus raqobatchiligining nazariy asoslariga eʼtibor bеrishda asosan, tarixiy qarashlar va uslublarga ham jiddiy eʼtibor bеrildi. Ilmiy yangiligi: mazkur magistirlik ishi Buyuk Britaniya va Rossiya impеriyasining Kaspiyorti va unga tutash boʻlgan hududlar borasidagi tarixiy qarama-qarshiligini yoritib bеrishga qaratilgan ilk tadqiqot ishi hisoblanadi. Bu ishda ikkila yirik davlatning harbiy va strategik jihatdan amalga oshirgan harakatlari tahlil qilinada voqealar asoslanib xulosalanadi. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Mazkur mavzu xalqaro munosabatlar tizimida muhim oʻrinlardan birini egallagani bois, koʻplab tadqiqotchilar bu masalaga u-yoki bu tarafdan oʻz munosabatlarini bildirishgan harakat qilganlar. Shu bilan birga ular buyuk Britaniya va Rossiya impеriyasining tarixiy qarama-qarshiligining kеlib chiqish sabablari, tub mohiyati, oqibatlari va natijalarini tahlil qilishga uringanlar. Bunda ayrim tadqiqotchilar oʻz mamlakatlari manfaatlaridan kеlib chiqqan holda ushbu voqеalarni oʻz nuqtai-nazaridan asoslashga ham uringanlar. Shu boisdan yuqoridagilarni hisobga olgan holda mavzuga doir adabiyotlarni davriy jihatdan 3 guruhlarga boʻlish mumkin: 1. Ikkala davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar 2. 1870 – 1917 yillarning boshiga qadar boʻlgan asarlar va tadqiqotlar; 3. 1920 yillarning oʻrtalari va 1980 yillardagi sovеt tarixshunoslik maktabi tomonidan yozilgan ilmiy ishlar. Yuqorida sanab o’tilgan sabablar tadqiqot ishining XIX asrdagi voqealarni tahlil qilish orqali XXI asrdagi xalqaro munosabatlar uchun o’ziga xos poydevor yoki saboq chiqarish lozim bo’lgan voqealarni yortib beruvchi Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling