Xix asrning ikkinchi yarimi XX asr boshlarida turkistonda yog’ moy sanoati tarixi


Download 0.54 Mb.
bet1/30
Sana16.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1505689
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Maxmudov Dilshod


XIX ASRNING IKKINCHI YARIMI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA YOG’ MOY SANOATI TARIXI
KIRISH
I BOB. XIX ASRNING IKKINCHI YARIMI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA YOG’ MOY SANOATI
1.1. XIX asrning II yarimi va XX asr boshlarida Turkison hududida sanoatning paydo bo’lishi va rivojlanishi.
1.2. Toshkent shahrining yangi qismi Turkiston o’lkasining iqtisodiy markaziga aylanishi va dastlabki Yevropa tipidagi sanoat korxonalari aynan shu yerda tashkil etilishi
1.3. Qayta ishlashning mahalliy usuli o’lkada yog’ moy sanoati
II BOB. XX ASRNING DASTLABKI YILLARIDA YOG’ MOY.
2.1. O’rta Osiyoda paxta chigitining ishlatilishi
2.2. XX asrning ikkinchi yarmilarida O’rta Osiyoda moy zavodlari qurish zaruriyati
III BOB. O’ZBEKISTONDA YOG’ MOY SANOATINING O’SISHI
3.1. Qо‘qon yog‘-moy kombinati
3.2. Kattaqо‘rg‘on moy-ekstraksiya korxonasi ishga tushurilishi
IV.BOB. Moyli xom ashyo turlari va ularni saqlash va ishlab chiqarishga tayyorlash
4.1. Moyli o’simliklarni yetishtirish va ulardan moy olish
4.2. O’rta Osiyoda moy zavodlari qurish zaruriyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi.
XIX asrning II yarimi va XX asr boshlarida Turkison hududida sanoatning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Qadim zamonlardan buyon o'simlik moyi uchun xomashyo – zig'ir, nasha o'simligi va paxta chigiti moyi ishlab chiqarish bo'yicha birinchi o'rinni egallib kelgan. Kungaboqar Evropaga Janubiy Amerika va Meksikadan keltirilgan. XVI-asr boshlarida Ispaniya o'zlashtirgan, keyinchalik Sharkda tarqala boshlagan. Moy olish uchun kungaboqarni Rossiyada etishtirish 1829 yilga to'g'ri keladi. Turkiston o'lkasi paxtachilik sohasida qadim zamonlardan buyon dunyoga mashhur. Iqlim, er va suv sharoitlarning qulayligi sababli paxtadan mo'l hosil olib kelingan. Dehqonlar paxtaning bir qismini shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ip, bo'z, gazlama tayyorlashga olib qolib, ko'p qismini savdogarlarga sotganlar.O'lkada paxta tozalash korxonalari bo'lmaganligi sababli paxta chigiti bilan birga chet elga chiqarilib yuborilgan. Faqat qismangina chigit qovun, tarvuz urug'lari, kunjut, zig'ir va meva danaklari bilan aralashtirilib, yog' olish uchun moy-juvozlarda ishlatilgan xalos. Bunday yog'ni (moyni) zig'ir yog'i deb ataganlar. Chigit to tola ajratish mashinasi – Djin ixtiro qilinmaguncha yog' olish uchun asosiy xom ashyo sifatida ishlatilmagan. Djin mashinasi yordamida paxta tolasini chigitidan ajratib olish qo'llanila boshlangandan so'ng, chigit ko'payib ketgach, uni sanoat miqyosida qayta ishlash zaruriyati tug'ildi. Zavodlarda bir necha yuz ming tonna paxta chigitdan ajratila boshlangach, chigitlar «chiqindi» tariqasida paxta zavodi joylashgan shahar xududlari va temir yo'l yoqalarini ifloslantirib yubordi. Bunga qarshi mahalliy xukumat tomonidan, sog'liqni saqlash meъyorlarini buzmaslik uchun, chigitlarni yo'qotish to'g'risida bir necha farmonlar chqarildi. «Chigit balosi» dan qutilish eng zarur ishlardan biri hisoblanganligi uchun, uning mumkin qadar foydali tomonlarini qidira boshladilar. Hozirgi kunda zamonaviy texnologiya asosida o'simlik moyi olishning ikkita usuli mavjud: moyni mexanik siqib olish, ya’ni presslash usuli va engil uchuvchan organik erituvchida eritib olish, yaъni ekstraktsiyalash usuli. Bu ikki usul qayta ishlanadigan xomashyo turiga va sifatiga qarab alohida yoki birgalikda ishlatilishi mumkin. Moy olish alohida texnologik sxema bo'yicha o'ziga xos bir texnologik rejimda olib boriladi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, mamlakatning madaniy-ma’naviy turmushidagi vaziyat keskin o’zgardi. “Mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo’shnichilik aloqalari bog’lab turadi. Amaliy hamkorlikka tayyor va unga astoydil intilish, shuningdek barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajak uchun mas’uliyatni his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va faravonligining mustahkam poydevori va kafolatidir1”.
Mamlakatning ilm-fan soxasidagi rivojlanishi haqida to’xtalganda shuni aytish kerakki, mustaqillikning ilk kunlaridan ilmiy fikr va ijodiy intelligensiya haqidagi eskirgan aqidalarni yo’q qilish bosh vazifalardan biri sifatida ilgari surildi. Boshqa kechiktirib bo’lmas vazifa - ilmiy fikrning erkin faoliyati uchun sharoitlar yaratish xorijiy davlatlar olimlari bilan keng almashinuvni yo’lga qo’yish va jahon ilmiy hayotiga kirib borishdan iborat edi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezident Islom Karimov davlatning ilm-fan soxasidagi faoliyatining asosiy vazifalarini belgilar ekan, shunday deydi: “Biz dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar safiga kirishni maqsad qilar ekanmiz, avvalambor, olimlarimiz, ularning ilmi, obro’si olamda mashxur bo’lishi, jahon ilm-fanining yuksak mezonlariga mos bo’lishi darkor. Bugun biz olib borayotgan barcha ilmiy izlanishlar dunyodagi eng nufuzli ilm dargoxlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi, ularning ko’magi, tajribalari bilan boyitilishi kerak 2”.
Jamiyat va davlatlar tarixi shuni ko’rsatadiki, biron – bir mamlakat boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilmasdan taraqqiyotga erishgan emas. Sharq va G’arb mamlakatlarini bir – biriga bog’lagan Buyuk Ipak yo’lining markazida joylashgan O’zbekiston bir necha asrlardan buyon dinlar, millatlar va madaniyatlarning tutashuv nuqtasi bo’lib kelmoqda.
Davlatimizning tashqi siyosat sohasidagi yondashuvi va pozitsiyasi bizga yaxshi ma’lum, ana shu fikrlarga qo’shimcha qilib, biz jahondagi ilg’or tajribalarni chuqur o’rganish va amaliyotga joriy etishni oldimizda turgan keng ko’lamli vazifalarni muvafaqqiyatli amalga oshirish muhim shartlardan biri deb hisoblayman. Biz o’zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish asosida xorijiy davlatlar eng avvalo qo’shni davlatlar, shu bilan birga xalqaro institutlar bilan yaqindan hamkorlik qilishni bugungi kun talabi darajasida tashkil etamiz. O’zbekistonda o’zini ishonchli sherik sifatida ko’rsatgan ishbilarmonlar bilan hamkorlik munosabatlari albatta davom ettirildi3.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab xalqaro aloqalar subyekti sifatida tan olindi hamda faol tashqi siyosatni amalga oshirishni boshladi. Tarixdan ma’lumki, davlatlar dastlab o’zaro iqtisodiy aloqalarni o’rnatishga etibor qaratishadi. Keyinchalik bu aloqalarning mustahkamlanishi esa madaniy aloqalar rivoji uchun xizmat qiladi. Dunyo tarixida biron bir davlat yo’qki iqtisodiy aloqalarga kirishmasdan turib madaniy aloqa o’rnatsa. O’zbekistonning ham tashqi siyosatida birinchi galda iqtisodiy aloqalarga e’tibor qaratildi.
O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalshuvida Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlarni muhim rol egallaydi. Binobarin, O’zbekiston jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilishda Yevropaning hozirgi mavjud imkoniyatlari milliy manfaatlarimiz nuqtai nazardan muhimdir. Yevropa va butun G’arb yuksak texnologiyalar va investitsiyalar manbai, hozirgi zamon demokratiya va inson huquqlarining ramzidir.
Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi munosabatlar 1991-yilda O’zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon izchil rivojlanmoqda. Yevropa Ittifoqining O’zbekiston bilan munosabatlari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan yangi hamkorligining muntazam qayta ko’rib chiqilayotgan strategiyasiga kiritilgan bo’lib, unda hamkorlikning umumiy maqsadlari, siyosat sohasidagi javob choralari, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi faoliyatining ustuvor yo’nalishlari bayon etilgan. 1999 yildan buyon faoliyat yuritayotgan Yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida hamkorlik va hamkorlik to’g’risidagi bitim ikki tomonlama keng ko’lamli munosabatlar uchun asos yaratdi. Siyosiy muloqot; tovar savdosi; tadbirkorlik va investitsiya faoliyati; intellektual, sanoat va tijorat mulkini himoya qilish; Qonunchilik sohasidagi hamkorlik; iqtisodiy hamkorlik; demokratiya va inson huquqlari bilan bog’liq masalalar bo’yicha o’zaro hamkorlik; noqonuniy faoliyatni oldini olish bo’yicha hamkorlik; madaniyat sohasidagi hamkorlik va texnik yordam sohasidagi moliyaviy hamkorlik – bularning barchasi doirasida qamrab olinadi.
O’zbekiston — Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi munosabatlar mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan beri jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. 1996 yilda sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitimning imzolanishi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga asos bo’lib xizmat qildi. Mazkur bitim siyosiy muloqot, savdo, biznes, investitsiya, intellektual mulkni himoya qilish, qonunchilik va iqtisodiyot, demokratiya hamda inson huquqlari, noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashish, gumanitar sohalardagi hamkorlikni qamrab olgan.
Yevropa Ittifoqining O’zbekiston bilan hamkorligi turli darajadagi, jumladan, Yevropa parlamenti vakillari, YeIning Markaziy Osiyo bo’yicha maxsus vakili, Yevropa moliya institutlari, Yevropa tashqi aloqalar xizmati hamda Yevropa Komissiyasi rasmiy xodimlarining ko’p sonli tashriflari bilan yanada rivojlanib bormoqda. Jumladan, aprel oyida mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha maxsus vakili Peter Burian YeI 2017 — 2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi amalga oshirilishini qo’llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, O’zbekistondagi islohotlar nafaqat Yevropa Ittifoqi, ayni paytda qo’shni davlatlar bilan ham hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. YeI O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegara va boshqa masalalardagi hamkorligini yuqori baholaydi. Bu mintaqaviy hamkorlik bo’yicha loyihalarga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mazkur loyihalar ta’lim sifatini yuksaltirish, qonun ustuvorligi va xavfsizlikni ta’minlash, barqaror rivojlanishga ko’maklashish hamda tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling