Bitim yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar to‘G‘risida
Download 25.86 Kb.
|
huquq lhi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-modda Qo‘llash sohasi
- 2-modda Ta’riflar
EKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN GRETSIYA RESPUBLIKASI HUKUMATI O‘RTASIDA BITIM YO‘LOVCHILAR VA YUKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA XALQARO TASHISHLAR TO‘G‘RISIDA 1999-yil 2-mart, Toshkent Mazkur Bitim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-martdagi 115-sonli “Hukumatlararo bitimni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan. (2000-yil 27-martdan kuchga kirgan) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Gretsiya Respublikasi Hukumati, bundan keyin Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar, iqtisodiy va savdo aloqalari rivojlanishiga ko‘maklashishni, ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchilar va yuklarni tashishni hamda ularning hududlaridan tranzit o‘tkazishni yengillatishni istab, quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar: 1-modda Qo‘llash sohasi Ushbu Bitim quyidagilarga taalluqli bo‘ladi: 1. Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari o‘rtasida yo‘lovchilar va yuklarni avtomobilda tashishlarga va ularning hududidan tranzit o‘tishlarga. 2. Mazkur tashishlarga bog‘liq bo‘lgan bo‘sh transport vositalarining o‘tishiga. 2-modda Ta’riflar Ushbu Bitimni amalga oshirish maqsadida: 1. “Tashuvchi” atamasi Ahdlashuvchi Tomonlardan biri davlatining hududida tegishli Ahdlashuvchi Tomon milliy qonunlariga muvofiq ta’sis etilgan, yo‘lovchilar va yuklarni yo‘llarda tashish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsni anglatadi. 2. “Transport vositasi” atamasi: a) yuklarni tashishda: avtotransport vositasi yoki transport vositalarining yig‘masini anglatadi, ulardan kamida avtotransport vositasi istalgan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida ro‘yxatga olingan va faqat yuk tashish uchun ishlatilishi, yuk tashishga mos jihozlangan bo‘lishi kerak; b) yo‘lovchilarni tashishda: Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining biri hududida ro‘yxatga olingan, o‘z konstruksiyasiga ko‘ra, haydovchi o‘rnini ham qo‘shib hisoblaganda to‘qqizdan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan har qanday mexanik transport vositalari (avtobuslar)ni anglatadi. 3. “Tranzit” atamasi Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tashuvchisi boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududi oralab yo‘lovchilar va yuklarni tashishini anglatadi. 4. “Ruxsatnoma/ijozat” atamasi Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli ma’murlari tarafidan ularning milliy qonunlariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon tashuvchilariga birinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida yoki uning hududi orqali yo‘lovchilar va yuklarni tashish huquqini beradigan hujjatni anglatadi. Download 25.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling