Bitim yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar to‘G‘risida


Download 25.86 Kb.
bet3/8
Sana02.05.2023
Hajmi25.86 Kb.
#1421963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
huquq lhi

V. Bozorga kirib borish
5-modda

1. 4-moddaning 5“a” bandida sanab o‘tilgan tasodifiy tashishlar transport vositasi ro‘yxatga olinmagan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida tashishlarni amalga oshirish uchun har qanday ruxsatnoma olish zaruratidan ozod qilinishi kerak.
2. Tasodifiy tashishlar nazorat hujjati doirasida amalga oshirilishi kerak.
3. Yo‘l varaqasi nazorat hujjati hisoblanadi, unda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
a) tashishlar turi;
b) asosiy qatnov;
s) jalb etilgan tashuvchi(lar);
d) yo‘lovchilarning to‘liq ro‘yxati.
4. Yo‘l varaqalari daftari transport vositasi ro‘yxatga olingan Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli ma’murlari yoki bu ma’murlar tayinlagan organlar tarafidan ta’minlanadi.
5. 4-moddaning 5-bandida ko‘rsatilgan tasodifiy tashishlar transport vositasi ro‘yxatga olinmagan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida tashishlarni amalga oshirish uchun har qanday ruxsatnoma olish zaruratidan ozod qilinadi.
4-modda 5 “s” (1) bandida ko‘rsatilgan hollarda tashishlar uchun kontraktning nusxasi bo‘lishi kerak.
4-modda 5 “s” (2) bandida ko‘rsatilgan hollarda yetib borish joyiga yukli borishda va qaytish yo‘nalishida bo‘sh kelishda tegishli hujjat bo‘lishi talab qilinadi.
6. Tranzit tashishlar bo‘yicha muntazam qatnovlar bir Ahdlashuvchi Tomon vakolatli ma’murlarining barcha zarur hujjatlar ilova etilgani holda yozma ravishda qilgan murojaati asosida hududidan tranzit o‘tadigan Ahdlashuvchi Tomon vakolatli ma’murlari beradigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. Ruxsatnomaning amal qilish muddati bir yildan kam bo‘lmasligi va bepul berilishi kerak.
7. Boshqa Ahdlashuvchi Tomonda ro‘yxatga olingan transport vositasida amalga oshirilayotgan tasodifiy tashishlarda tranzit hech qanday ruxsatnomasiz amalga oshiriladi.
8. Tranzit tashishlarda qatnov davomida hech bir yo‘lovchi chiqarib olinmasligi yoki tushirilmasligi kerak, bundan Ahdlashuvchi Tomonlarning 13-moddada ko‘rsatib o‘tiladigan Qo‘shma Komissiyasida boshqacha tarzda qaror chiqarilganligi holatlari bundan mustasno.
9. Ishdan chiqqan avtobusni almashtirish uchun, shuningdek bo‘sh transport vositalarini tashishda, agar ular 3-moddada ko‘rsatib o‘tilgan tashuvlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa, ruxsatnoma talab qilinmaydi.
10. Yo‘lovchilarni o‘z hisobidan tashish amalga oshirilayotgan bo‘lsa, Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli ma’murlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma kerak bo‘ladi.
6-modda
1. Muntazam va mokisimon qatnovlar ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Ruxsatnomalar transport korxonasi nomiga beriladi. Mazkur transport korxonasi ularni boshqa uchinchi tomonga berishi mumkin emas. Biroq ruxsat olgan tashuvchi subpudratchi orqali tashishlarni amalga oshirishi mumkin, agar bu hududida subpudratchi ta’sis etilgan Ahdlashuvchi Tomon davlatining qonunlari bilan ko‘zda tutilgan bo‘lsa.
3. Muntazam va mokisimon qatnovlar uchun beriladigan ruxsatnomalarning amal qilish muddati bir yildan kam bo‘lmasligi kerak.
4. Ruxsatnomalarda quyidagilar aniq belgilangan bo‘lishi lozim:
a) tashishlar turi;
b) ruxsatnomaning amal qilish muddati;
s) jo‘nash va yetib borish punktlari, shuningdek kesib o‘tiladigan chegara punktlari aniq ko‘rsatilgan tashishlar qatnovi.
Ruxsatnomaga Qo‘shma Komissiya tomonidan belgilanadigan zarur qo‘shimcha hujjatlar ilova qilinadi.
Mazkur hujjatlar tasdiqlanadi va ularning amal qilishi ularni bergan vakolatli organ tomonidan tasdiqlab beriladi.
5. Ruxsatnoma olish uchun ariza hududida transport vositasi ro‘yxatga olingan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli ma’murlariga beriladi. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli ma’murlari o‘zaro kelishgan holda, qatnovning o‘z davlatlari hududidan o‘tadigan qismiga ruxsatnoma beradilar.
6. Ariza ikki nusxada yozilib, unda milliy qonunlarga ko‘ra talab etiladigan ma’lumotlar bilan birga avtobus bekatlari va oraliq masofa aniq ko‘rsatilgan yo‘l tarhi bo‘lishi kerak. Vakolatli organlar tashuvchilardan ishga daxldor va zarur bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni talab qilishga haqli.
7. Qatnov davomida ruxsatnomaning uni bergan tashkilot tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki asliyati transport vositasida mavjud bo‘lishi kerak.
8. Ushbu Bitimning 13-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan Qo‘shma Komissiya ruxsatnomalar nusxasini tasdiqlaydi va ularni o‘zgartirishga haqli bo‘ladi.
7-modda
Ikkala Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli ma’murlari barcha zarur ilovalari bilan alohida ruxsatnomalarni almashganlaridan keyin muntazam tashishlarga ijozat beriladi va shundan so‘ng tashishlarni boshlash mumkin.
8-modda
Har bir taqvimiy yilning dastlabki uch oyi ichida tashuvchilar o‘z mamlakatlarining vakolatli ma’murlariga o‘tgan yil yuzasidan quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak:
a) qatnovlar miqdori va kilometraj;
b) yo‘lovchilar miqdori.
Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli ma’murlari mazkur ma’lumotlarni almashishlari kerak.

Download 25.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling