Bitim yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar to‘G‘risida


Download 25.86 Kb.
bet5/8
Sana02.05.2023
Hajmi25.86 Kb.
#1421963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
huquq lhi

12-modda
1. Quyidagi hollarda ruxsatnoma talab qilinmaydi:
a) samolyot halokatga yoki har qanday tarzdagi avariyaga uchragan, yo yo‘lini o‘zgartirganligi sababli qo‘nishi shart bo‘lgan, yoki favqulodda hodisa, yoxud uchish bekor qilingan hollarda narsalarni davlat aeroportidan yoinki davlat aeroportiga tashishda;
b) ishdan chiqqan transport vositasi va uning tirkamasini tashishda;
s) o‘lik ko‘mishga borayotganlarni tashishda;
d) maxsus transport vositalarida ko‘chayotib, shaxsiy buyumlarni tashishda;
e) pochtani tashishda;
f ) yarmarka va ko‘rgazmalar uchun yuk tashishda;
g) teatrlar, musiqaviy va boshqa madaniy tadbirlar, sirk tomoshalari va kinoko‘rsatuvlar, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar uchun dekoratsiyalar va boshqa yuklarni tashishda;
h) tabiat hodisalaridan kelib chiqqan ofatlardan jabr chekkanlarga yordam uchun dori-darmonlarni va boshqa narsalarni tashishda;
i) avariyaga uchragan avtomobillar tashiy olmaydigan yuklarni olish uchun bo‘sh transport vositalari kiritilganda;
j) avariyaga uchragan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yoki ularni ta’mirlash uchun transport vositalari kiritilganda (avtomobillarga xizmat va ularni ta’mirlash);
k) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida ishdan chiqqan transport vositasini almashtirish maqsadida boshqa transport vositasi kiritilganda;
l) o‘lgan jonivorlarni tashishda, ulardan xomashyo sifatida foydalanish hollari bundan mustasno;
m) asalari ini va baliq chavoqlarini tashishda;
n) gullar va boshqa manzarali o‘simliklarni tashishda;
o) maorif va reklama maqsadlarida ishlatiladigan yuklarni tashishda.
2. Ushbu moddada ko‘rsatilgan tashishlarni amalga oshirish uchun haydovchi eslatib o‘tilgan hollardan bittasini aniq ko‘rsatadigan hamma hujjatlarga ega bo‘lishi kerak.
3. 13-moddada eslatib o‘tilgan Qo‘shma Komissiya ushbu moddada ko‘rsatilgan ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritishga vakolatdir.
III. UMUMIY QOIDALAR
13-modda

1. Ushbu Bitimni amalga oshirish va qo‘llash natijasida yuzaga keladigan barcha masalalarni hal qilish maqsadida Qo‘shma Komissiya tuziladi.
2. Bu Komissiya ikki Ahdlashuvchi Tomon vakillaridan iborat bo‘lib, ular o‘z yig‘ilishlariga avtomobil transporti sanoati vakillarini taklif etishlari ham mumkin.
3. Qo‘shma Komissiya yiliga bir marta, yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan birining iltimosiga ko‘ra, lozim topilgan vaqtda, navbati bilan Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining mamlakatida o‘tkaziladi. Kun tartibi qabul qiluvchi, yoki so‘rovnomaga ko‘ra so‘rovchi Ahdlashuvchi Tomon tarafidan yig‘ilishdan kamida ikki hafta ilgari taqdim etiladi.
4. Har bir yig‘ilish yakunida Protokol qabul qilinadi va uni ikkala Ahdlashuvchi Tomon delegatsiyalarining rahbarlari imzolaydilar.
5. Qo‘shma Komissiya o‘z ish tartibini, ma’lumotlar va boshqa zarur hujjatlarni almashish yo‘llarini belgilaydi.

Download 25.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling