Bitim yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar to‘G‘risida


-modda Bojxona va sanitariya nazorati


Download 25.86 Kb.
bet7/8
Sana02.05.2023
Hajmi25.86 Kb.
#1421963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
huquq lhi

19-modda
Bojxona va sanitariya nazorati

Ahdlashuvchi Tomonlar qatnashgan xalqaro konvensiyalarning qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining chegaralaridagi bojxona punktlarida amalga oshiriladigan bojxona va sanitariya nazoratiga ham qo‘llanadi.
Mazkur nazorat, imkoniyatga qarab, birinchi galda bemorlar, jonivorlar va tez buziladigan tovarlar tashilayotganda amalga oshiriladi.
20-modda
Transport vositalarini texnikaviy nazoratdan o‘tkazish

1. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida ikki tomonlama va tranzit tashishlarni amalga oshiradigan Ahdlashuvchi Tomonning har qanday transport vositasiga davlat organi transport vositasining texnikaviy holati haqida amalda bo‘lgan hujjat berishi kerak.
2. O‘z davlat hududida tashishlar amalga oshirilayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli ma’murlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon transport vositalarining texnikaviy ko‘rikdan o‘tishini so‘rashlari mumkin.
3. Transport vositalarining og‘irligi va o‘lchamlari borasida Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning transport vositalariga o‘z davlatlari hududida ro‘yxatga olingan transport vositalariga tatbiq etiladiganidan kamroq bo‘lgan qulay rejimni tatbiq etmaslik majburiyatini oladilar.
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan biriga qarashli yukli yoki bo‘sh transport vositasining og‘irligi yoki o‘lchamlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati milliy qonunlariga muvofiq uning hududida belgilab qo‘yilgan mavjud cheklardan ortiq bo‘lsa, tashuvchi bu Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli ma’murlaridan maxsus ruxsatnoma olishi kerak.
5. Bir Ahdlashuvchi Tomonning boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida ikki tomonlama va tranzit tashishlarni amalga oshirib, xavfli yuklarni tashiyotgan har qanday transport vositasi o‘sha Ahdlashuvchi Tomonning milliy qonunlarida ko‘zda tutilgan barcha hujjatlarga ega bo‘lishi kerak.
21-modda
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlarning boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.

Download 25.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling