Bitim yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar to‘G‘risida
I. YO‘LOVChILARNI TAShISh A. Faoliyat sohasi va ta’riflar 3-modda
Download 25.86 Kb.
|
huquq lhi
I. YO‘LOVChILARNI TAShISh
A. Faoliyat sohasi va ta’riflar 3-modda Ushbu Bitim yo‘lovchilarni tashishda quyidagi sohalarda amal qiladi: 1. Transport vositalarida yollash evaziga, yo‘lkira yoki o‘z hisobidan Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari orasida yoki ularning hududlaridan yo‘lovchilarni tranzit tashish bo‘yicha har qanday xizmatlarni bajarishda. “Yo‘lovchilarni o‘z hisobidan tashish” atamasi korxona tomonidan o‘z xizmatchilarini yoki tijoratga aloqasiz tashkilotning o‘z a’zolarini jamoatchilik maqsadlarida tashishini anglatadi, shunda ham: — tashishlar korxona yoki tashkilot uchun faqat qo‘shimcha faoliyat hisoblansa; — foydalanilayotgan transport vositasi shu korxona yoki tashkilotning mulki bo‘lsa yoki imtiyozli asosda sotib olingan bo‘lsa yoxud lizing bo‘yicha uzoq muddatli kontraktga daxldor bo‘lib, korxona yoki tashkilot xodimi tomonidan boshqarilsa. 2. Shunday xizmatlarni bajarishga aloqador transport vositalarining bo‘sh qatnovlarida. 4-modda Yo‘lovchilarni tashishga doir: 1. “Muntazam tashishlar” atamasi yo‘lovchilarni muayyan davriylikda muayyan qatnovlar bo‘ylab tashishni anglatadi, bunda avvaldan belgilangan to‘xtash joylarida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish amalga oshirilishi mumkin. Muntazam tashishlar avvaldan belgilangan qat’iy tariflar va qatnov jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. 2. “Mokisimon tashishlar” atamasi yo‘lovchilarning oldindan uyushtirilgan guruhlarini tegishli Ahdlashuvchi Tomon davlati hududining muayyan jo‘nash joyidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududining muayyan yetib borish joyiga ko‘p marotaba ikkiyoqlama tashishlarni anglatadi. Bunda har bir guruh yetib borish joyiga safar qilib, keyingi reysda jo‘nash joyiga qaytib keladigan yo‘lovchilardan iborat bo‘ladi. a) Mokisimon tashishlarda qatnov davomida bironta yo‘lovchini chiqarish yoki tushirib qoldirish mumkin emas. b) Mokisimon tashishlarda qaytish yo‘nalishidagi birinchi reys va yetib borish joyiga oxirgi reys bo‘sh bo‘lishi kerak. 3. Muntazam va mokisimon qatnashlar hamda ularni amalga oshirishga doir shart-sharoitlar ushbu Bitimning vakolatli ma’murlari o‘rtasidagi umumiy kelishuvga ko‘ra bevosita tarzda yoki ushbu Bitim 13-moddasiga muvofiq ta’sis etiladigan Qo‘shma Komissiyaning xulosalari asosida belgilanadi. 4. “Tranzit tashishlar” atamasi transport vositasi ro‘yxatga olingan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidan yo‘lovchilarni boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududi orqali biron yo‘lovchini chiqarmagan va tushirmagan holda tashishni anglatadi. 5. “Tasodifiy tashishlar” atamasi quyidagilarni anglatadi: a) Yopiq eshikli qatnashlar, ya’ni bir transport vositasining o‘zida bir yo‘lovchilar guruhining o‘zini transport vositasi ro‘yxatga olingan Ahdlashuvchi Tomon davlatidagi jo‘nash joyidan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon davlatidagi yetib borish joyiga va undan orqaga qaytib kelish tarzida tashishlarni. b) Etib borish joyigacha bo‘lgan qatnov yukli, qaytish esa bo‘sh holda bo‘lgan tashishlarni. s) Etib borish joyigacha bo‘lgan qatnov — bo‘sh, qaytish esa transport vositasi ro‘yxatga olinmagan mamlakatdagi joydan o‘tirgan yo‘lovchilarni tashishlarni, bunda yo‘lovchilar: (1) olib-ketiladigan Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga yetib kelishlaridan avval tuzilgan tashish bo‘yicha kontraktlarga muvofiq, uyushtirilgan guruhlardan iborat bo‘lsa; yoki (2) ushbu modda 2-bandining “b” kichik bandidagi shartlarga muvofiq va tashishlarni amalga oshirayotgan korxona joylashgan mamlakat hududiga qayta olib ketish sharti bilan, o‘sha tashuvchining o‘zi tomonidan yetkazib kelingan bo‘lsa; (3) tashishlarni amalga oshirayotgan korxona joylashgan mamlakat hududida sayohat qilishga taklif etilgan bo‘lib, taklifnomani yuborgan shaxs transport xizmatlari uchun haqni to‘lagan bo‘lsa. Download 25.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling