Bitim yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida xalqaro tashishlar to‘G‘risida


Download 25.86 Kb.
bet6/8
Sana02.05.2023
Hajmi25.86 Kb.
#1421963
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
huquq lhi

14-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga ushbu Bitim qoidalarini bajarishga aloqador masalalarni hal etish uchun quyidagilar vakolatli ma’mur etib tayinlanganligini bildiradilar;
— O‘zbekiston Respublikasi uchun, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,
Gretsiya Respublikasi uchun, Transport va kommunikatsiya vazirligi.
15-modda
1. Ahdlashuvchi Tomonlar ularning birida ro‘yxatga olingan transport vositalarida Ahdlashuvchi Tomonlarning davlatlari hududiga olib kiriladigan quyidagi materiallar barcha soliqlar, bojxona bojlari va boshqa yig‘imlardan ozod qilinadi, deb ahdlashib oldilar:
a) transport vositasining standart idishlarida mavjud bo‘lgan yonilg‘i;
b) tashish davomida ishlatishga yetarli miqdordagi moylash materiallari;
s) tashishni bajarayotgan transport vositasining ehtiyot qismlari va asbob-uskunalar.
2. Ishlatilmagan ehtiyot qismlar qaytarib olib chiqilishi, almashtirilgan ehtiyot qismlar esa mamlakatdan olib chiqilishi yo yo‘qotilishi yoki tegishli mamlakat hududida belgilangan tartibda topshirilishi kerak.
3. Ushbu Bitimga muvofiq tashishlarni amalga oshirayotgan transport vositalari quyidagi hollardan tashqari hamma vaziyatlarda barcha soliq va yig‘imlarni to‘lashdan ozod etiladi:
a) Ahdlashuvchi Tomonlarning tashuvchilari orasida biron-bir xilda kamsitish yuzaga chiqarilmagani holda pullik yo‘llar, ko‘priklar va ko‘chalardan foydalanganlik uchun;
b) o‘lchamlari katta yuklarni tashish uchun maxsus ruxsatnomadan foydalanganlik uchun.
16-modda
Bir Ahdlashuvchi Tomonning boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida turgan tashuvchilari va ular transport vositalarining ekipajlari shu Ahdlashuvchi Tomonning milliy qonunlariga amal qilishga majbur.
17-modda
Sug‘urta

Ahdlashuvchi Tomonlarning xalqaro tashishlarni amalga oshiruvchi transport vositalari tranzit mamlakatlarida va yetib borish mamlakatida sug‘urta qilingan bo‘lishi kerak.
18-modda
Kabotaj

Yo‘lovchilar va yuklarni transport vositalarida kabotaj tashishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 25.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling