Xix asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida O`zbekiston xalqlari tarixi tarixshunosligi reja


Download 26.84 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi26.84 Kb.
#244614
  1   2   3   4   5
Bog'liq
xix asrning ikkinchi yarmi va xx asr


Aim.Uz

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida O`zbekiston xalqlari tarixi tarixshunosligi
REJA

  1. Sharqshunoslikning rivojlanishi va XIX asrning birinchi yarmida O`rta Osiyo xalqlari tarixini o`rganish.

  2. O`rta Osiyo xalqlari tarixini o`rganishda V.V.Bartol’dning o`rni.

  3. XX asrning boshlarida Turkistonda tarix fani.

  4. Xiva xonligi va Buxoro amirligida tarixshunoslikning ahvoli.


1. Sharqshunoslikning rivojlanishi va XIX asrning birinchi yarmida O`rta Osiyo xalqlari tarixini o`rganish.

XIX asr boshiga kelib Movarounnahrda uchta mustaqil davlat faoliyat ko`rsatar edi. Aynan mana shu davrdan Rossiya iqtisodiy va harbiy qudratga erishishi munosabati bilan uning Qo`qon, Xiva Xonliklari va Buxoro amirligiga bo`lgan munosabatida istilochilik ruhi ustin kelib, XIX asrning ikkinchi yarmidan o`lkani zabt etishga kirishdi.

Rossiya o`zining jug`rofiy joylashuviga ko`ra uzoq davrlardan beri Sharqning ta`siriga, boshqa G`arb mamlakatlariga nisbatan, ko`proq berilgan mamalakatdir. Rossiya sharq bilan qadim davrlardan buyon aloqador bo`lib kelmoqda. Lekin, sharqshunoslikning Rossiyada rivojlanishiga G`arbning sezilarli ta`sirini ham hech inkor etib bo`lmaydi. Xususan, G`arbiy Yevropaning hukmron doiralari Buuyk geografik kashfiyotlardan so`ng va kapitalistik taraqqiyot yo`liga o`tish davridan boshlab Yangi dunyoni, Afrika xalqlari va Osiyoning dengiz bo`yi mamlakatlarini istilo qilish va mustamlakaga aylantirish harakatlari bilan band edilar. O`rta Osiyo bu davrda G`arbning ushbu siyosiy va harbiy harakatlaridan chetroqda edi.

XIX asrda uncha ko`p bo`lmagan g`arbiy Yevropaliklar yoxud ular yollagan sayyohlar O`rta Osiyoga tashrif buuyrdilar va o`lkaga oid yangi ma`lumotlar to`plashdi.

G`arbiy evropaliklarning O`rta Osiyoda bo`lishlariga oid ma`lumotlar unchalik ko`p bo`lmasada, lekin diqqatga sazovordir. Aytish mumkinki, mintaqamizga tashrif buuyrgan g`arbiy Yevropaliklarning ko`plari maxsus topshiriq yoki shunchaki qiziqish tariqasida biror ob`ektni o`rganish maqsadida kelgan kishilardan iborat edi.

Aytish mumkinki, XIX asrda O`rta Osiyoga kelgan yoki bu er haqida asarlar yozgan Aleksandr Gumbol’ut (1769-1859), Frans Ferdinand fon Rixtgofen, Vilgel’m Sivers, Fridrix fon-Gel’val’d-nemis olimlarining tadqiqotlarida O`rta Osiyoga oid qiziqarli tarixiy-geografik ma`lumotlar uchraydi. Ularning ba`zilari O`rta Osiyoda bo`lgan, ba`zilari esa unga chegaradosh hududlarda bo`lib, o`lkaga oid muhim ilmiy ma`lumotlarni to`plashgan. Ularning ma`lumotlaridan siyosiy va ilmiy doiralar kerakli maqsadlarda foydalandilar.

Bu davrda O`rta Osiyo siyosiy, harbiy manfaatlar to`qnash kelgan hududga aylandi1. Shu sababdan o`lkaga g`arbdan ko`plab missiyalar tashrif buuyrdi. Ular asosan Rossiyaning o`lkadagi harbiy harakatlarining borishi, istilodan keyingi o`lkada ahvol haqida ma`lumot yig`dilar. Rossiyaning Turkiston general-gubernatorligi va yarim mustamlaka hisoblangan Buxoro amirligi, Xiva xonligida olib borgan siyosatlarini muttasil kuzatib turdilar.

XIX asrda O`rta Osiyoga kelgan va o`lkamiz haqida ma`lumotlar to`plagan Nikolay Potanin, Aleksandr Byorns, P.I.Demizon, P.S.Savel’ev, I.V.Vitkevich, K.F.Butenov, G.I.Danilevskiy, N.V.Xanikov, A.I.Butakov, savdogar Abrosimov, V.V.Vel’yaminov-Zernov, A.P.Xoroshxik, V.V.Krestov, G.A.Aminov va Arminiy Vamberilarning asarlari haqida Boris Vladimirovich Lunin o`z asarlarida ma`lumotlar beradi2. Ushbu to`plam asarda mualliflarning qisqacha tarjimai holi va yozgan asarlarining tafsilotlari haqida ma`lumotlar bor.

Bundan tashqari XIX asrning so`nggi choragida Turkiston siyosiy-ijtimoiy tarixi sahifalarini yoritishda ozmi-ko`pmi xizmat qilishga harakat qilganlar – Vladimir Petrovich Nalivkin va A.G.Serebrennikov haqida ocherklar respublika matbuoti sahifalarida e`lon qilindi3.


Download 26.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling