Xix asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida O`zbekiston xalqlari tarixi tarixshunosligi reja
O`rta Osiyo xalqlari tarixini o`rganishda
Download 26.84 Kb.
|
xix asrning ikkinchi yarmi va xx asr
2. O`rta Osiyo xalqlari tarixini o`rganishda
V.V.Bartol’dning o`rni. Bartol’d Vasiliy Vladimirovich 1869 yilda Sankt-Peturburgda tavallud topib, 1930 yilda dunyodan ketgan, sharqshunos, akademik olim. Bartol’d haqida ma`lumot O`zbekiston milliy entsiklopediyasining birinchi tomida, 641-642 betldarida, Ashraf Ahmedov tomonidan keltirilib quyidagi, dumlalarni o`qiymiz: «Nashr qilingan 685 ta asaridan 320 tasi O`rta Osiyo tarixiga bag`ishlangan. Bartol’d Sho`ro sharqidagi xalqlarning alifbosini arabchadan lotinchaga o`tkazishda faol qatnashdi. «Islom entsiklopediyasi»da 246 ta maqolasi bilan qatnashgan. Bartol’d O`rta Osiyo xalqlari tarixi, etnografiyasi va psixologiyasini chuqur o`rgangan olim bo`lsada, Turkiston xalqi madaniyatini ob`ektiv va haqqoniy baholay olmadi, ma`lum darajada uni kamsitdi. Bu uning «Ulug`bek va uning davri» asarida aniq seziladi. Chunki Bartol’d chor Rossiyasi mustamlakasiligining ideologi edi, u eropaliklarning osiyoliklardan ustunligi g`oyasini olg`a surdi va shu ustunlikni ilmiy va mafkuraviy jihatdan asoslashga xizmat qildi». Akademik Bo`riboy Ahmedov «Tarixdan saboqlar»nomli asarida, 5-11 betlarida V.V.Bartol’dning Toshkentdagi faoliyatini yoritib beradi. Olimning ilm-fan jabhasida barakali mehnat qilganligini va o`zidan ulkan ilmiy meros qoldirganligini ham alohida ta`sidlaydi. Xuddi shuningdek, professor I.I.Umnakov ham V.V.Bartol’dning 30 yillik professorlik faoliyatiga baho berilgan asarida, uning ustozlari haqida ilmiy-pedagogik qarashlari haqida batafsil ma`lumotlar beradi. I.I.Umnyakovning4 ushbu asari V.V.Bartol’dning ilmiy merosi tarixshunosligi to`liq bag`ishlanadi. Bejiz emaskim I.I.Umnyakov «Bibliografiya trudov V.V.Bartol’da» nomli yirik asar-ko`rsatkichni ham tuzib, nashr ettira olgan (Ushbu asar, SamDU ilmiy kutubxonasida mavjud). Xullas, V.V.Bartol’dning 9-tomlik asarlar to`plami5 nashrdan chiqarilgan bo`lib, faktik materiallarga boy, ilmiy jihatdan puxta, bugungi kunda ham har bir sharqshunos, tarixchi, geograf va filolog undan bahramand bo`lib kelmoqda.
Download 26.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling