Xix-xx asrlarda o’rta osiyoda arxeografik materiallarni tadqiq qilish va hujjatlarda foydalanish shakllari


Download 0.68 Mb.
bet4/8
Sana09.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1695743
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
axeografiya 29.09.2023

Turkiston general gubernatorligi mamuriyati Turkistonning uch viloyati harbiy gubernatorlariga bu haqda o‘z fikr-mulohazalarini yuborishni so‘ragan edi. O‘z navbatida ular tomonidan ushbu gazeta kam o‘qilishining bir necha sabablari ko‘rsatilgan. Eng asosiylaridan biri – gazetada rasmiy buyruq va farmoyishlarning bosilishi juda ko‘p joy olganligi, undan tashqari gazetaning rasmiy bo‘lmagan bo‘limida berilayotgan ma’lumotlar quruq hamda hayotdan uzilgan holda berilganligi, shuningdek, arabcha va forscha so‘zlar hamda atamalar haddan tashqari ko‘p ishlatilishi uni o‘qishda qiyinchilik tug‘dirishida, deb ko‘rsatilgan edi.viii Mazkur gazetaning moliyaviy ahvoli ancha og‘ir bo‘lib, ayniqsa 1912 yilning oxiri – 1913 yillarda mablag‘ yetishmasligidan gazetaning yopilish xavfi ham bor edi. Faqat Toshkentda mahalliy tilda xususiy gazetalar chiqarishga harakat qilinayotganligi, bu esa hukumatga qarshi kayfiyatlar tarqalishiga olib kelishini hisobga olgan Turkiston general-gubernatorligi “Turkiston viloyatining gazeti”ni moliyaviy tomondan qo‘llab turishga uringan edi. Hatto, 1913 yilning 5 yanvarida Turkiston general-gubernatori harbiy vazirga xat yozib, ushbu gazetani bosib chiqarishga mablag‘ so‘ragan,ix so‘ralgan mablag‘ning yarmini berish to‘g‘risida 1915 yilning noyabrida harbiy vazir buyruq bergan edi.x Lekin “Turkiston viloyatining gazeti” Rossiyaning boshqa joylarida, ya’ni Gelsingfros, Qozon, Qashg‘ar, Boqchasaroy, Moskva, Omsk, Peterburg shaharlarida ham oz bo‘lsada o‘quvchilariga ega edi.xi Ushbu gazeta sahifalarida, Turkistonda boshqa milliy gazeta yo‘qligi tufayli Ishoqxon Ibrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mirmuhsin Shermuhamedov va shu kabi taraqqiyparvarlar madaniy-ma’rifiy mavzudagi maqolalari bilan qatnashib, mahalliy aholining dunyoviy ilmlarga, fan va texnika, boshqa xalqlarning ilg‘or madaniy va adabiy merosiga qiziqishini kuchaytirganlar.

  • Turkiston general gubernatorligi mamuriyati Turkistonning uch viloyati harbiy gubernatorlariga bu haqda o‘z fikr-mulohazalarini yuborishni so‘ragan edi. O‘z navbatida ular tomonidan ushbu gazeta kam o‘qilishining bir necha sabablari ko‘rsatilgan. Eng asosiylaridan biri – gazetada rasmiy buyruq va farmoyishlarning bosilishi juda ko‘p joy olganligi, undan tashqari gazetaning rasmiy bo‘lmagan bo‘limida berilayotgan ma’lumotlar quruq hamda hayotdan uzilgan holda berilganligi, shuningdek, arabcha va forscha so‘zlar hamda atamalar haddan tashqari ko‘p ishlatilishi uni o‘qishda qiyinchilik tug‘dirishida, deb ko‘rsatilgan edi.viii Mazkur gazetaning moliyaviy ahvoli ancha og‘ir bo‘lib, ayniqsa 1912 yilning oxiri – 1913 yillarda mablag‘ yetishmasligidan gazetaning yopilish xavfi ham bor edi. Faqat Toshkentda mahalliy tilda xususiy gazetalar chiqarishga harakat qilinayotganligi, bu esa hukumatga qarshi kayfiyatlar tarqalishiga olib kelishini hisobga olgan Turkiston general-gubernatorligi “Turkiston viloyatining gazeti”ni moliyaviy tomondan qo‘llab turishga uringan edi. Hatto, 1913 yilning 5 yanvarida Turkiston general-gubernatori harbiy vazirga xat yozib, ushbu gazetani bosib chiqarishga mablag‘ so‘ragan,ix so‘ralgan mablag‘ning yarmini berish to‘g‘risida 1915 yilning noyabrida harbiy vazir buyruq bergan edi.x Lekin “Turkiston viloyatining gazeti” Rossiyaning boshqa joylarida, ya’ni Gelsingfros, Qozon, Qashg‘ar, Boqchasaroy, Moskva, Omsk, Peterburg shaharlarida ham oz bo‘lsada o‘quvchilariga ega edi.xi Ushbu gazeta sahifalarida, Turkistonda boshqa milliy gazeta yo‘qligi tufayli Ishoqxon Ibrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mirmuhsin Shermuhamedov va shu kabi taraqqiyparvarlar madaniy-ma’rifiy mavzudagi maqolalari bilan qatnashib, mahalliy aholining dunyoviy ilmlarga, fan va texnika, boshqa xalqlarning ilg‘or madaniy va adabiy merosiga qiziqishini kuchaytirganlar.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling