Xix-xx asrlarda o’rta osiyoda arxeografik materiallarni tadqiq qilish va hujjatlarda foydalanish shakllari


Download 0.68 Mb.
bet5/8
Sana09.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1695743
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
axeografiya 29.09.2023

Turkiston matbuoti tarixida bu ikki gazeta uzoq muddat davomida uzluksiz chiqib turishining asosiy sababi – Turkiston general-gubernatorligining rasmiy matbuot nashri bo‘lgani va hukumat mablag‘i hisobiga chiqarilgani edi. Dastlabki matbuot nashrlari sifatida bu gazetalar Turkistonda davriy matbuotning shakllanishi va rivojlanishi uchun sharoit hozirlagan edi.

Turkiston matbuoti tarixida bu ikki gazeta uzoq muddat davomida uzluksiz chiqib turishining asosiy sababi – Turkiston general-gubernatorligining rasmiy matbuot nashri bo‘lgani va hukumat mablag‘i hisobiga chiqarilgani edi. Dastlabki matbuot nashrlari sifatida bu gazetalar Turkistonda davriy matbuotning shakllanishi va rivojlanishi uchun sharoit hozirlagan edi.

  • XIX asrning 90-yillariga kelib Turkistonda matbuot sohasida burilish yuz berdi. Bu davrda o‘lkada rus tilidagi dastlabki xususiy gazetalar paydo bo‘la boshladi. Dastlab Samarqandda, keyin Toshkentda 1890-1907 yillarda chop etilgan “Okraina” va 1898-1907 yillarda Toshkentda chop etilgan “Russkiy Turkestan” gazetalari shular jumlasidandir. Mazkur gazeta faoliyatida N. Likoshin, N. Xanikov va A. Divaevlar faol ishtirok etishgan. Bu gazetalar universal bo‘lib, uning sahifalarida o‘lkaning tarixi, geografiyasi, iqtisodiy hayoti va madaniy-ma’rifiy masalalari muntazam yoritib borilgan.xii 1904 yilda “Tashkentskiy listok” gazetasi chop etila boshlagan edi, unda telegrammalar, e’lonlar va mahalliy xronikalar ham berib borilgan. Ushbu gazeta 1906 yildan “Tashkentskiy kur’er”, 1908 yildan esa “Turkestanskiy kur’er” nomi ostida chiqqan..
  • Xiii-XX asr boshida Turkistondagi rus siyosiy matbuoti qatoridan sosial-demokratik nashrlar ham joy ola boshlagan edi. 1905-1907 yillarda Turkiston sosial-demokratlarining bol’sheviklar oqimiga mansub namoyandalari ba’zi gazetalarni, xususan “Russkiy Turkestan” gazetasini egallab, undan o‘z g‘oyalarini tarqatishda foydalangan edilar. Birinchi rus inqilobi mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng 1917 yil fevraligacha Turkistonda bitta soni chiqqan “Tashkentskiy rabochiy” gazetasidan tashqari bironta ham bol’shevistik yo‘nalishdagi gazeta nashr etilmagan.
  • XX asr boshlarida Toshkentda milliy taraqqiyparvar kuchlar bir qancha gazetalar chiqarishga muvaffaq bo‘lganligi o‘lka ijtimoiy hayotida muhim voqea bo‘lgan. 1905-1907 yillardagi inqilobdan vahimaga tushgan hukumat matbuot sohasida ham yon berishga majbur bo‘lgan. Gazetaning xalq ijtimoiy-siyosiy ongini oshirishdagi rolini tushungan jadid taraqqiyparvarlari milliy gazetalar chiqarishga muvaffaq bo‘lishgan. Bunday gazetalarning ko‘pchiligi avvalo Toshkent shahrida chop etilgan.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling