Xiyonat razolat jaholatgacha, Bir qadam qo'ysangiz darrov yetgulik, Insoniy fazilat ibodatgacha, Bazan umr kamlik qilar, jazm etgulik. Vaqt
Download 109.5 Kb.
|
O\'z ijodimdan she\'rlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sevib qoldimmikan yo
- Hayot davom etadi
QADRINGGA YETMADIM.
Yomg'ir yog'ar yurakni ezib, Go'yo qalbda alamni sezib, Sendayin topmadim men dunyo kezib, Qadringga yetmadim malikam, Tutgan yo'lim xatoligini, Sensiz baxtim adoligini, Joning menga fidoligini, Afsus kech angladim malikam. Hayotning bu sinovi ekan, Tovonimga qadaldi tikon, Endi olgum xatoyimni tan, Baxtimni ko'rmadim malikam. Endi yillar yiroqlab ketdi, Endi yo'llar yiroqlab ketdi, Xijron dilni azoblab o'tdi, Dardingni bilmadim malikam. Chin ishqingni yolg'on bilibman, Rashq qilsang gar, sezmay kulibman, Bilib bilmay xato qilibman, Qadringga yetmadim malikam. Yomg'ir yog'ar yurakni ezib, Oxir ketding sen mendan bezib, Baxtsiz bo'ldim baxtimni buzib, Endi sen baxtli bo'l malikam. Sevib qoldimmikan yo? Qoshlari misli kamon, Tillari shirinzabon, O'xshashi yo'q bu zamon, Sevib qoldimmikan yo? Tarifin aylab bayon, Borurman borsa qayon, Yuragim urar tug'yon, Sevib qoldimmikan yo? Yuzlari jilolanar, Ko'zlari jonim olar, Bir umr yodda qolar, Sevib qoldimmikan yo? Foniy dunyo ro'yobi, Tun zulmatin oftobi, Nima ekan xitobi, Sevib qoldimmikan yo? Har kun chiqib yo'liga, Gullar tutib qo'liga, Tushdim Majnun xoliga, Sevib qoldimmikan yo? Men uchun u yagona, Misli gavhar durdona, Usiz qalbim g'amxona, Sevib qoldimmikan yo? Oshiq yigit men o'zim, Chindir aytgan har so'zim, Yo'lingda ikki ko'zim, Sevib qoldimmikan yo? Bir umr baxtim bog'lab, Yurmasak dil firoqlab, Umr shamin charaqlab, Yoqib qo'ysammikan yo? Rozi bo'lsang to'y qilay, Ishqimni baxtla oqlay, Yana qancha so'roqlay, Sovchi yuborsammi yo? Gulim deyin erkalab, Ikkimizga baxt tilab, Sochlaring o'zim silab, To'y qilib kelsammi yo? Ketaylik… Ikkimiz bir bo'lib moviy samoda, Oppoq kabutardek parvoz etaylik, Sevgimiz tushunmaslar ushbu dunyoda, Boshqa dunyolarga uchib ketaylik. Ishqimiz misli gul kabi bo'y cho'zgan, Uni asramasak uzib ketarlar, Baxtimiz ko'rol`mas o'sha kimsalar, Bizni ayro yo'lga tashlab ketarlar. Kelaqol uchaylik o'zga dunyoga, Bizdan bo'lak hech kim bo'lmas zaminga, Sevishganlar makon aylagan yurtga, ……………………………………………………!! Hayot davom etadi… Yorim desam qo'ygil deding, O'zga yorda ko'ngil deding, Baxting boshqa bilgin deding, Men ishqimga achinaman. Senga sevgim gumon deding, Endi bo'lgin omon deding, Boshqa kelma tamom deding, Men qalbimga achinaman. Oylar o'tdi yillar o'tdi, Yor o'zgaga tegib ketdi, Mag'rur boshim egib ketdi, Men vaqtimga achinaman. Hayot ekan mukofotli, Men ham bo'ldim usiz baxtli, Dildor topdim menga ahdli, Men taqdirdan quvonaman. Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling