Xiyonat razolat jaholatgacha, Bir qadam qo'ysangiz darrov yetgulik, Insoniy fazilat ibodatgacha, Bazan umr kamlik qilar, jazm etgulik. Vaqt


Download 109.5 Kb.
bet6/11
Sana09.06.2023
Hajmi109.5 Kb.
#1470097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'z ijodimdan she\'rlar

XIYONAT.
Ko'ngil ko'chalari tormidi menga,
Boshimda shu kunlar bormidi menga,
Borimni bergandim sen bevafoga,
Endi xiynating, yor bo'ldi menga.
Aldading ko'ngilni butkul band etib,
Nima foyda topdim, sen mendan ketib,
Toplmay qoldimku o'zim yo'qotib,
Achchiq yolg'onlaring dor bo'ldi menga.
Uchunchi qavat.
Uchunchi qavatda turadi bir qiz,
Bilmadim ne hayol surarkan yolg'iz,
So'zlari muloyim o'zi bir tanho,
Meni asir etdi go'zal xurliqo.
Yuragi bandmikan o'zga yor bilan,
Suhbat qurgim kelar ul dildor bilan,
Mayus termulardi qo'lda tor bilan,
Mahzun ohanglaru nomus or bilan…
****
Falakning gardishi aylanib bir kun,
Meni uchratsa gar sen bevafoga,
Taqdirdan yolvorib so'rayman bugun,
Qayta uchrashmayin ketay samoga…
****
Aldamadim bir sen deya,
Ishqim arzon hisoblading,
Qolaverdim kuya kuya,
Meni qancha azoblading.
O'zgani deb ketding kechib,
Hali bir kun tushunasan,
Mendek oshiq topolmasdan,
Hayol qilib ovinasan.
Yillar o'tar kechdim sendan,
Vaqt qalbimga davo tutar,
Keyin umid qilma mendan,
Meni o'zga dildor kutar.

SEVGI QISSASI…


Men bir qizni sevib qoldim,
Yanog'ida xoli bor,
Sochlari sunbul misli,
So'zlarining oli bor.
Ibo hayo mujassam,
Yorning gul yuzlarida,
Necha oshiq bo'ldi jam,
Ul janon izlarida.
Qoshlarin kamon deysiz,
Kipriklari nayza o'q,
Ko'rmaslik armon deysiz,
U qizning hech tengi yo'q.
Yoniga bordim asta,
Ko'nglimdagin ochmoqqa,
Yuragim ishqdan xasta,
Qiz shaylandi qochmoqqa.
Yo'lin to'sib so'z aytdim,
Xijolatdan egilib,
Unga atab she'r bitdim,
So'zlar kelar terilib.
U uyalib boshin egdi,
Yuzlari lov lov yonib,
Jilmayib uyga ketdi,
Yurakka olov solib.
Shu shu meni ko'rsa bas,
Uyalib berkinadi,
Ko'nglim ichra bor bir sas,
U ham meni sevadi.

****
She'r bitib shoir bo'lmoq,


Kimga nasib aylagan,
Adabiyotda qolmoq,
Taqdir o'zi siylagan.
Qofiya bo'lsa bo'ldi,
She'r bo'ldi deganimas,
To'rt misra she'r yozsam bas.
El bildi deganimas.
O'tdi qancha shoirlar,
El tanigan el bilgan,
Yozganida nur, ma'no,
Xalqqa shunday tanilgan.
She'r yozaylik ma'noli,
Bo'lsin vazn, turog'i,
Shunda rozi bo'lgay bizdan,
Ona vatan tuprog'i.



Download 109.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling