Xizmat kursatish texnologiyasi jarayonining puxtaligi Reja


Texnologiya tizimi puxtaligini baholash


Download 85.29 Kb.
bet2/4
Sana04.04.2023
Hajmi85.29 Kb.
#1328772
1   2   3   4
Bog'liq
Xizmat kursatish texnologiyasi jarayonining puxtaligi

Texnologiya tizimi puxtaligini baholash bo‘yicha har qanday masalani yechishda quyidagi holatlardan kelib chiqiladi:
1. Texnologiya tizimining puxtaligi tayyorlanayotgan ma­hsulotning faqat ko‘rilayotgan operasiyaga bog‘liq bo‘lgan sifat parametrlari va ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholanishi kerak. Masalan, val shlifovka qilinayotganda faqat bitta yuzaga ishlov beriladi, qolganlari o‘zgarmaydi. Shuning uchun bunday shlifovka qilish operasiyasining puxtaligini baholash faqat ishlov berilayotgan yuzaning kerakli o‘lchami va g‘adir-budirligini ta’minlash sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
2. Texnologiya tizimining puxtaligini hisoblashda konstruktor xujjatlarida tayyor mahsulot sifatining nominal qiymatlari va ko‘rsatkichlari aniq berilganligidan kelib chiqish kerak. Texnologiyaviy operasiyalar puxtaligini baholashda esa tayyorlash jarayoni faqat belgilangan talablarni bajarilishini qanchalik ta’minlashini hisobga olish lozim va bunda konstruktorlik xujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlar zamonaviy talablarga mos kelishini ko‘rish kerak emas. Bundan texnologik jarayon yuqori puxtalikka ega bo‘lishi mumkin, ammo uni amalga oshirganda mahsulot sifati ikkinchi toifaga tegishli bo‘lishi mumkin degan ma’no kelib chiqadi.
3. Seriyalab ishlab chiqarish sharoitida texnologiya tizimining puxtaligini baholashda texnologiya hujjatlarida berilgan texnologiya yo‘nalishlari (marshrutlari), tartiblari va texnologiyaviy ta’minot vositalaridan kelib chiqish kerak.
4. Ishlab chiqarishni tayyorlash bosqichida texnologiya operasiyalari va jarayonlarining puxtalik ko‘rsatkichlarini maromiga yetkazish ishi iqtisodiy mezonlar va tayyorlangan mahsulotning sifat va unumdorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha topshiriqni bajarish ehtimoli orqali yaxshi texnologiyaviy yechimni qidirib topish yo‘li bilan, o‘tkazilishi kerak.
Texnologiya tizimining puxtaligini baholash ishlab chiqarishni texnologiyaviy tayyorlash bosqichida, seriyali tayyorlashda, shuningdek tubdan ta’mirlangandan yoki texnologiya tizimlarining muhim elementlari takomillashtirilgandan (modernizasiya qilingandan) so‘ng puxtalik ko‘rsatkichlarini hisoblash yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Download 85.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling