Xizmat kursatish texnologiyasi jarayonining puxtaligi Reja


Texnologiya operasiyalari puxtaligini sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash


Download 85.29 Kb.
bet3/4
Sana04.04.2023
Hajmi85.29 Kb.
#1328772
1   2   3   4
Bog'liq
Xizmat kursatish texnologiyasi jarayonining puxtaligi

Texnologiya operasiyalari puxtaligini sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash. Topshiriqni bajarish ehtimoli xomaki mahsulotga j - ishlov berib olingan detalning i - sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha puxtaligining asosiy ko‘rsatkichidir. Ya’ni tayyorlangan mahsulotning miqdori yoki tsikllar soni bilan o‘lchanadigan, texnologiya operasiyasi uchun belgilangan ish hajmi mobaynida ko‘rilayotgan sifat ko‘rsatkichining qiymati texnikaviy xujjatlar talablariga mos kelishining ehtimoli Pij(t).
Bunday texnologiya operasiyasining modeli 12- rasmda ko‘rsatilgan.

12- rasm. Texnologiya operasiyasining modeli

Bu modelda quyidagi belgilashlar qabul qilingan:


x1, x2,..., xn - tanovor yoki materiallarning sifat ko‘rsatkichlari (o‘lchamlari, fizika-mexanikaviy xossalari va hokazo);
y1, y2,...,ym - tayyorlanayotgan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari (o‘lchamlari, g‘adir-budirlik, fizika-mexanikaviy xossalari va xokazo);
z1, z2,..., zp - texnologiya tizimi parametrlari (bikirlik, asbobning bardoshligi, o‘rnatish xatoligi va boshqalar).
xi, yi, zi uchun muvofiq parametrlarning xatoliklari (nominallardan chetlanishlar) qabul qilinishi mumkin.
Agar o‘zgartiruvchi tizim Oi chiziqli ko‘rinishda namoyish qilinishi mumkin bo‘lsa, unda bunday yozish mumkin:



Bu holda chiqish parametrlari yi ni matematik kutilmasi va dispersiyasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:




. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

bu yerda: - xj va xk , zl va zs , xj va xl omillar orasidagi korrelyatsiya koeffitsienti.
Texnologiya tizimi modeli chiziqli bo‘lmasa u tenglamalar tizimi bilan ifodalanadi. Bunday tenglamalarni Teylor qatoriga yoyishni qo‘llab, hamda birinchi tartibdagi a’zolar bilan cheklanib chiziqli ko‘rinishga keltiriladi.
Topshiriqni bajarish ehtimoli ushbuga teng:
Pij (t) = P(dp,ij £ yij(t) £dyu,ij)
bu yerda: dp,ij , dyu,ij - j operasiyadagi i parametr uchun o‘lcham qo‘yimining pastki va yuqorigi chegarasi;
yij(t) - i parametrning t paytdagi qiymati, yuqorida keltirilgan tenglamalar yordamida hisoblanadi;
Pij (t) - j -operasiyadan so‘ng i - parametrning qiymati t paytda qo‘yim chegarasida bo‘lishi ehtimolligi.
Bir vaqtning o‘zida m parametrlar (sifatning me’yorlangan ko‘rsatkichlari) bo‘yicha topshiriqni bajarish ehtimolligi ushbu tengsizliklarning bir vaqtda birgalikda bajarilish ehtimolligi bilan aniqlanadi:
.
Nazorat operasiyasining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha puxtaligi iste’molchining tavakkalchiligi deb ataladigan ehtimollik bilan ta’riflanadi va b bilan belgilanadi. Bunda sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha nuqsonli detal nazorat operasiyasidan so‘ng yaroqli deb topilishi ehtimolligi tushuniladi.
,
bu yerda: - t vaqt mobaynida ishlov berilgan detallar guruhida nazorat operatsiyasidan so‘ng i sifat ko‘rsatkichi qo‘yim maydoni chegarasida bo‘lishi ehtimolligi;
b - nazorat operasiyasidan so‘ng nuqsonli detal yaroqlilar toifasiga kiritilgan bo‘lishining ehtimolligi.
Alohida operasiyalarda bir nechta nazorat operasiyasi ketma-ket amalga oshirilsa, bunday texnologiya tizimi uchun puxtalik
ko‘rinishida yoki
ko‘rinishida ifodalanadi.
Bunday holat masalan, avval ishchining o‘zi, so‘ngra texnik nazorat bo‘limi xodimi tomonidan nazorat amalga oshirilganda yuzaga keladi.
Texnologiya tizimining barcha me’yorlangan sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha hamda nazorat operasiyalarining ta’sirini hisobga olgan holda puxtalik ushbu ifodaga teng bo‘ladi:
.
Agar m parametrlardan ba’zi birlari nazorat qilinmasa, ular uchun bk =1 bo‘ladi.
Belgilangan payt uchun ko‘rib chiqilayotgan sifat ko‘rsatkichining taqsimlanish qonuni ma’lum bo‘lsa, parametr qiymatining qo‘yim maydoni chegarasida bo‘lish ehtimoli:

bu yerda: f(x,t) - x parametrni t ishlov paytidagi ehtimollik zichligi funksiyasi.
Agar f(x) funksiya mx va sx parametrlari bilan me’yoridagi qonunga bo‘ysunsa

bu yerda: F(t) - Laplas funksiyasi:




Download 85.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling