Xizmati bino va inshootlarining joylashtirilishi


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1787774
  1   2   3
Bog'liq
3 slayd



AVTOMOBIL YO‘LIDAGI YO‘L 
XIZMATI BINO VA 
INSHOOTLARINING 
JOYLASHTIRILISHI.


Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqalaridagi yer uchastkalari va 
inshootlarida tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalari) joylashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish, 
ushbu uchastkalardagi obyektlarning joylashuvini kelishish hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil 
yo‘llaridan foydalanish tartiblari tasdiqlanadi.


Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi Normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilindi. Unda 
asosiy tushunchalar, umumiy qoidalar, yer uchastkalari va inshootlarda 
tashqi reklama obyektlarini joylashtirishga qo‘yiladigan talablar, ularni 
joylashtirish tartibi, to‘lovlari, reklama beruvchi (tarqatuvchi)ning huquq 
va majburiyatlari bayon etilgan.
Qaror loyihasiga ko‘ra umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat 
mulki bo‘lib, avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilar uchun ochiqdir. 
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari aholi ehtiyojlarini, davlatning 
ijtimoiy-iqtisodiy va mudofaa ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun 
shaharlar hamda boshqa aholi punktlari o‘rtasida yuklar va yo‘lovchilar 
tashishni ta’minlaydi.


Umumiy foydalanishdagi avtomobil 
yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqalaridagi 
yer uchastkalari va inshootlarida tashqi reklama obyektlarini 
(konstruksiyalari) joylashtirilishi ustidan nazorat qilish Transport vazirligi 
huzuridagi Avtomobil 
yo‘llari qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Reklama beruvchilar (tarqatuvchilar) bilan 
qo‘mita o‘rtasidagi aloqani 
amalga oshirish, tashqi reklama obyektlarini joylashtirish uchun 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari, davlat va nodavlat tashkilotlarining takliflari, 
shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida tashqi 
reklama obyektlarini (konstruksiyalari) qurilishi uchun berilgan yer 
uchastkalari va inshootlarning turlari, asosiy dizayn yechimlari va 
reklama tuzilmalarining 
o‘lchamlari, ularning joylashish xaritalarini 
(sxemalari) 
ro‘yxatini tuzish, ulardan to‘lov haqlarini jamlash va 
belgilangan tartibda taqsimlash, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga 
rioya etilishi ustidan monitoringni tashkil etish 
qo‘mita tarkibidagi 
“Avtoyo‘lservis” UK tomonidan mazkur tartib asosida amalga oshiriladi.


Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini joriy ta’mirlashga quyidagi ishlar kiradi:
a) yer ko‘tarmasi va suv kyetkazish tizimi bo‘yicha:
er ko‘tarmasi, suv kyetkazish tizimi, zaxiralar, himoyalash, mustahkamlash va boshqarish inshootlarining ayrim 
shikastlanishlarini tuzatish;
o‘t ekib, tuproq to‘kib va qirqib qiyaliklar, ko‘tarmalar va o‘ymalarni qisman tekislash va ayrim uchastkalarning yo‘l 
chetlarini tekislash;
suv yuvib ketgan va yemirilgan uchastkalarni, shu jumladan girdob va o‘pirilish hodisalari oqibatida yemirilgan 
uchastkalarni tiklash, ko‘chki tushgan, o‘pirilgan va sel olgan joylarni tozalash;
o‘yma va ko‘tarmalar qiyaliklarining tikligini kamaytirish, barqaror chim qoplamasini yaratish bo‘yicha zarur 
agrotexnika tadbirlarini o‘tkazgan holda yer ko‘tarmasi va zaxiralarining qiyaliklariga o‘t ekish, yer ko‘tarmasining 
barqarorligini ta’minlaydigan mustahkamlash va boshqa ishlar;
zax joylarda uncha katta uzunlikda bo‘lmagan yer ko‘tarmasini ko‘tarish, uncha katta bo‘lmagan o‘pirilgan 
uchastkalarni tugatish, akkumulatsiya polkalari qurish, olib tashlanadigan qorni joylashtirish uchun va rejadagi 
egrilarda ko‘rinishni ta’minlash uchun o‘ymalar nishabliklarini qirqish, qiyaliklarini suv yuvishidan himoya qilish va 
chetdan keladigan qorni ushlab qolish uchun tuproqli ko‘tarmalar, banketlar va bermalarni qurish;
kesishma va tutashmalarda, to‘xtash maydonchalarida, avtomobil turar joylarida , yo‘l-ta’mirlash xizmati 
obyektlariga, diqqatga sazovor joylarga borish yo‘llarida yer tasmasi va suv kyetkazish tizimlarini tiklash;
mavjud suv kyetkazishning zovurlarini yalpi tozalash va yangilarini qazish, suv yemirib ketishi mumkin bo‘lgan 
uchastkalarda ularning devorini va tubini mustahkamlash;
drenaj, himoyalovchi va mustahkamlovchi qurilmalar, suv kyetkazish novlari, ko‘prik va quvurlarning suv kirish va 
chiqish o‘zanlari, yomg‘ir kanalizatsiyasi, suv quduqlari nosozliklarini tuzatish, qirg‘oqni himoyalash va eroziyaga 
qarshi qurilmalarni tiklash; yo‘l chetlarini to‘ldirish, kesish va mustahkamlash



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling