Xizmatining ofitserlar tarkibiga kirish istagini
O‘zbekiston Respublikasida xalq hokimiyatchiligi shakllarini aytib bering? Javob: 24
Download 133.5 Kb.
|
1-70 huquqshunoslik(1)
23. O‘zbekiston Respublikasida xalq hokimiyatchiligi shakllarini aytib bering?
Javob: 24. Hokimiyatning bo‘linishi prinsipi deganda nimani tushunasiz? Javob: Demokratik davlatning eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri hokimiyatning bo‘linish prinsipidir (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda). Davlat faoliyati qonunlar qabul qilish, ularni ijro etish va odil sudlov bilan bog‘liq ravishda shu prinsipga muvofiq bo‘linadi. 25. Davlat suvereniteti uning hokimiyati cheklanmaganligini anglatadimi? Javob:Yo’q 26. Davlatning tashqi siyosati deganda nima tushuniladi? Javob: Tashqi siyosat – bu davlat faoliyati bo‘lib, xalqaro hayotda ishtirok etgan holda o‘z davlat chegarasidan tashqarisida davlatning boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan munosabatini, davlatning xalqaro munosabatlardagi umumiy yo‘nalishini amalga oshirishdan iborat. 27. Xalqaro huquq bu – qanday huquq tarmog‘i? Javob: Xalqaro huquq – xalqaro muloqot jarayonida davlatlararo munosabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik qoidalar majmuyi. 28. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi qanday maqsadda imzolangan? Javob: Ikkinchi jahon urushi (1939–1945-yillar) tugaganidan keyin tinchlikni va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1945-yil 24-oktabrda SanFransisko (AQSH) shahrida 51 ta davlat Tinchlik konstitutsiyasi deb hisoblashga huquqli bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Nizomini tasdiqladi. Hozirgi vaqtda 193 ta davlat, shu jumladan, O‘zbekiston ham BMT a’zosidir. O‘zbekiston 1992-yil 2-martda BMTning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan. 29. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar qanday majburiyatlarni oladilar? Javob: Barcha davlatlar – BMT ishtirokchilari o‘z faoliyatlarida quyidagi prinsiplarga rioya qilish majburiyatini oladilar: – xalqaro norma va shartnomalarga amal qilish; – kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan tartibga solish; – kuch bilan xavf solish yoki uni qo‘llashdan tiyilish; – ichki ishlarga va hamkorliklarga aralashmaslik. Download 133.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling