Abonent musiqani sovg’a tariqasida boshqa abonentga yuborishi mumkinmi?
Ha, abonent quyidagi usullar bilan yuborishi mumkin:
8080 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish va avto-informatorning yo‘riqnomasiga rioya qilgan holda.
8080 raqamiga "SOVG‘A {musiqa kodi} 9989Xxxxxxxx"ni yuborish orqali. SMS yuborish bepul.
WEB interfeys orqali www.dj.ucell.uz.
To’plamni avto uzayishini sozlash imkoniyati bormi va tarifikatsiya qanday bo’ladi?
Agar to‘plamni amal qilish muddatini avtomatik ravishda uzaytirishni tanlansa (to‘plamni sotib olish vaqtida) to‘plamning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng har bir musiqa puli musiqa kategoriyasiga qarab alohida yechib olinadi. Manual ravishda uzaytiriladigan holatda har bir musiqa alohida uzaytirilishi kerak va har bir musiqa uchun kategoriyasiga qarab alohida pul yechiladi.
Musiqani ko’chirib olish imkoniyati bormi?
Agar abonent boshqa Ucell abonentiga qo‘ng‘iroq qilganda bu abonentning musiqasi yoqqan bo‘lsa, u ushbu musiqani o‘zinga ko‘chirib olishi mumkin. Buning uchun musiqa yangrayotgan vaqtda "0*" (nol va yulduzcha) tugmalarini bosish kerak. Musiqa narxi abonentning hisobidan yechib olinadi.
Abonent do’stining musiqasini sotib olishi mumkinmi?
Ha,agar abonent musiqani yangrashida ko‘chirib olishga ulgurmagan bo‘lsa, yoki ushbu musiqaning nomi, ijrochisi va narxini bilmoqchi bo‘lsa, bu musiqani dj.ucell.uzsaytida topishi mumkin. Buning uchun saytdagi maxsus bandlarga yoqqan musiqa o‘rnatilgan abonent raqamini va yangragan vaqtni kiritish kerak. Tizim musiqani aniqlaydi va abonentga musiqa bo’yicha to’liq ma’lumotni taqdim etadi.
DJ xizmatini boshqarishda qanaqa SMS buyruqlar bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |