Xlorofillning tuzilishi va xossalari
Download 26.23 Kb.
|
15-amaliy
15-amaliy mashg'ulot:Xlorofilning tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari, karotinoidlar tuzilishi va vazifalari Xlorofillning tuzilishi va xossalari Xlorofill «a»ning erish harorati 117-120 S 0 ga teng. Spirtda, benzolda, xloroform, atseton va etil efirida yaxshi eriydi. Suvda erimaydi. Xlorofill «a» barcha fotosintetik organizmlar uchun umumiy yagona pigmentdir. CHunki bu pigment orqali yutilgan yorug‘lik energiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri fotosintetik reaksiyalarda ishlatilishi mumkin. Qolgan barcha pigmentlar tomonidan yutilgan yorug‘lik energiyasi ham xlorofill «a» ga etkazib beriladi va u orqali fotosintezda ishlatiladi. Etil efirida ajratib olingan xlorofill molekulalari yorug‘lik energiyasining to‘lqin uzunligi qiskaroq bo‘lgan, ko‘k qismidan biroz va asosan qizil nurlarini yutadi. Xlorofill «a» qizil spektrdan 660-663 nm va ko‘k spektrdan – 428-430 nm, xlorofill «b» esa qizil spektrdan 642-644 nm va ko‘k spektrdan 452-455 nm ga teng bo‘lgan nurlarni yutadi. Xlorofill molekulalari yorug‘lik spektrining yashil va infraqizil nurlarini umuman yutmaydi. Demak, xlorofill yorug‘lik nurlarining hammasini yutmay, tanlab yutish xususiyatiga egadir. Xlorofillning bu xususiyati uning spirtli yoki atsetonli eritmasidan yorug‘lik nurlarini o‘tkazib, spektroskopda ko‘rish usuli bilan aniqlash mumkin. Spektrospkopda xlorofill yutgan spektr nurlarining o‘rni qoramtir bo‘lib ko‘rinadi, nurlarni qaytaradi. Aks etgan yorug‘likda xlorofill qizil rangda ko‘rinadi. Uning flyuoressensiya qobilyati fotoximik faolligidan dalolat beradi. O‘simliklarning bargida xlorofill maxsus sharoitlar mavjudligida hosil bo‘ladi: rivojlangan plastidalar stromasi, yorug‘lik, magniy, temir va boshqalar. CHunki pigmentlar faqat plastidalarning lamella va granalardagina vujudga keladi. Magniy to‘g‘ridan-to‘g‘ri xlorofill molekulasining tarkibiga, temir esa xlorofillning hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi fermentlar (xlorofillaza va boshkalar) tarkibiga kiradi. Xlorofill faqat yorug‘likda o‘sgan o‘simliklarda hosil bo‘ladi.Qorong‘i joyda o‘sgan o‘simliklarda u hosil bo‘lmaydi. SHuning uchun ham bunday o‘simliklar rangsiz yoki sariq (karotinoidlar bo‘lgani uchun) rangda bo‘ladi. Ular etiollangan o‘simliklar deyilib, qorong‘udan yorug‘likka chiqarilsa tezda yashil rangga kira boshlaydi, chunki xlorofillning sintezi boshlanadi. Ayrim xollarda yorug‘likdaga o‘simlik barglarida ham sarg‘ayish (rangsizlanish) xodisalari ro‘y beradi. Bu xodisaga xloroz deyiladi. Xloroz ko‘pchilik xollarda tuproqda o‘zlashtiradigan magniy yoki asosan temirning etishmasligi natijasida assimilyasion jarayonning bo‘zilishidan kelib chiqadi. Xlorofillning sintezi to‘xtab qoladi. Bunday xodisa ayniksa oxak miqdori yuqori tuproqlarda ko‘p uchraydi. Oxakli tuproqlarda temir tuzlari erimaydigan shaklga o‘tganligi sababli ildizlar tuproqdan temirni ololmaydi. Bunday o‘simliklarga bironta temir to‘zining past konsentratsiyali eritmasi purkalsa, ular yashil rangga kira boshlaydi. Xloroz xodisasi boshka mineral elementlar (azot, marganets, mis, rux, kaliy, oltingugurt va boshkalar) etishmaganligidan ham sodir bo‘lishi mumkin. Umuman xlorofillning sintezi ham, bo‘zilishi ham, tirik hujayralardagi murakkab modda almashinuv jarayonining yo‘nalishi asosida sodir bo‘ladi. O‘simliklarda xlorofillning umumiy miqdori ularning quruq ogirligiga nisbatan 0,6-1,2%ni tashkil qiladi.
Download 26.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling