Xloroplastlarning morfologik va anatomik tuzilishi va ularda muhim hisoblangan tilakoid va stroma qismlaring ahamiyati va funksiyalari


Download 34.24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.06.2024
Hajmi34.24 Kb.
#1835461
Bog'liq
Xoshimjonova Gulzodaxon Shavkatbek qizi



Международный научный журнал № 10(100), часть 3 
«Научный импульс» Мая , 2023 
1878 
XLOROPLASTLARNING MORFOLOGIK VA ANATOMIK TUZILISHI VA ULARDA MUHIM 
HISOBLANGAN TILAKOID VA STROMA QISMLARING AHAMIYATI VA FUNKSIYALARI 
 
Andijon Davlat Pedagogika instituti Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi 
1-bosqich 103-guruh talabalari 
Xoshimjonova Gulzodaxon Shavkatbek qizi 
Tolipova Zulayho Akmaljon qizi
 
Anotatsiya: Xloroplastlar oʻsimlik va suv oʻtlarida uchraydi. Ular yorugʻlik energiyasini 
yutib, fotosintez jarayoni orqali uglevodlarni sintezlaydi. 
Kalit so’zlar: Aminokislotalar, xlorofillar ,fotosintez ,tilakoid 
Аннотация: Хлоропласты есты в растениях и водорослях. Они поглощают 
энергию света и синтезируют углеводы в процессе фотосинтеза.
Ключевые слова: Аминокислоты, хлорофилы, фотосинтез, тилакоид 
Abstract: Chloroplasts are found in plants and algae. They absorb light energy and 
synthesize carbohydrates through the process of photosynthesis. 
Key words: Amino acids, chlorophylls, photosynthesis, thylakoid 
KIRISH 
Xloroplastlar (yun. chloros — yashil va plastos — yasalgan) — oʻsimliklarning 
fotosintez qiladigan ichki organoidlari (plastidalari). Xloroplastlar oʻsimliklarning yer ustki 
qismida joylashgan hujayralari, ayniqsa, barglar va yashil mevalar hujayralari 
sitoplazmasida kup uchraydi. Yashil suvoʻtlar hujayrasi Xloroplastlari xromatoforalar 
deyiladi. Xromatoforalar, odatda, bitta, baʼzan bir nechta boʻladi. Xloroplastlarda fotosintez 
bilan bir vaqtda aminokislotalar va yogʻ kislotalari ham sintezlanadi; kraxmalning 
vaqtinchalik zaxiralari saklanadi. Xloroplastlar 5—10 mkm, eni 2—4 mkm ga yaqin, shakli 
yumaloqlinzasimon yoki ellipssimon. Xloroplastlar sitoplazmadan ikki qavat membrana 
bilan ajralgan, ichki boʻshligʻi stroma deyiladi. Xloroplastlar stromasida joylashgan tuzilma 
birlik — tilakoidlar yassi xaltachalarga oʻxshaydi. Bir guruh disksimon tilakoidlar ustmaust 
joylashib, granlar (qirralar) hosil qiladi. Granlardagi tilakoidlar boʻshligʻi oʻzaro tutashgan 
boʻladi. Xloroplastlarda granlar soni 40—60, baʼzan 150 taga yetadi. Tilakoidlar 
membranalarida asosiy pigment — xlorofillar va qoʻshimcha pigmentlar — karotinoidlar 
joylashgan. Elektron mikroskopda tilakoidlar ustmaust qoʻyilgan tangachalarga oʻxshaydi. 
Xloroplastlar stromasida ribosomalar, DNK hamda fotosintez va ATF sintezida qatnashuvchi 
fermentlar joylashgan; stromada lipidlar, kraxmal va oqsil ham uchraydi. Xloroplastlarda 
ribosomalar, fotosintezning yorugʻlik fazasi reaksiyalarini katalizlovchi fermentlar va 
tilakoid membranalari tarkibiga kiruvchi oqsillar ham sintezlanadi. Xloroplastlar oʻz genetik 
apparate va maxsus oqsil sintezlovchi sistemaga ega boʻlgani uchun hujayraning avtonom 
organoidlari qatoriga kiritiladi. Xloroplastlardagi oqsillarning 25—30% ga yakini ularnint 
oʻzida, qolgan qismi yadro genlari nazoratida sintezlanadi. Xloroplastlar tuzilishiga binoan 


Международный научный журнал № 10(100), часть 3 
«Научный импульс» Мая , 2023 
1879 
ayrim bakteriyalarga oʻxshaydi. Xuddi bakteriyalardagi singari Xloroplastlar stromasida bir 
yoki bir nechta DNK molekulalari mavjud, lekin gistonli oqsillar boʻlmaydi. Xloroplastlar 
ham bakteriyalar kabi boʻlinish nuli bilan koʻpayadi va hujayradagi soni ortadi. Xloroplastlar 
proplastidlarning boʻlinishi natijasida hosil boʻladi. Barglar va poyalar qariganida yoki 
mevalar pishganida xlorofill pigmentlari parchalanishi tufayli oʻsimlik yashil rangini 
yoʻqotadi; barglar sargʻayib, mevalar oʻziga xos rangta kiradi. Bu oʻzgarishlar tufayli 
Xloroplastlar oʻzgarib xromoplastlarga aylanadi. Xloroplastlar sianobakteriyalarning 
qadimgi yadroli geterotrof suvoʻtlar bilan simbiogenezi natijasida kelib chiqqan deb taxmin 
qilinadi. 
• Xloroplastlar – bu boshqa oʻsimliklar va suvoʻtlar bilan bir qatorda brokkoli 
hujayralarida joylashgan organellalar. Ular yorugʻlik energiyasini yutib, uni oʻsimlik 
toʻqimalarida yonilgʻi molekulalari sifatida saqlaydi. 
• Xloroplastlar faqat oʻsimliklar va fotosintez qiluvchi suv oʻtlarida uchraydi. 
(Odamlar va boshqa hayvonlarda xloroplastlar mavjud emas.) Xloroplastning vazifasi 
fotosintez deb nomlanuvchi jarayonni amalga oshirishdir. 
• Fotosintezda yorugʻlik energiyasi toʻplanib, karbonat angidriddan uglevod hosil 
qilish uchun ishlatiladi. Fotosintezda hosil boʻlgan uglevod oʻsimlik hujayrasi tomonidan 
ishlatilishi yoki oʻsimlikxoʻr hayvonlar (odamlar ham) tomonidan isteʼmol qilinishi mumkin. 
Ushbu uglevod tarkibidagi energiyaning ajratib olinishi oʻsimlik va hayvonlar 
hujayralarining mitoxondriyalarida sodir boʻladi. 
• Xloroplastlar hujayra sitozolida joylashgan disk shaklidagi organellalardir. Bu 
organellalar tashqi va ichki membranalarga ega va ular orasida membranalararo boʻshliq 
mavjud. Ushbu qoʻshqavatli membranadan soʻng, markazda kattakon boʻshliqni 
koʻrishimiz, boʻshliqning ichidan esa membrana disklarini topishimiz mumkin. Bu 
membrana disklarini tilakoid, ularning oʻzaro bogʻlangan toʻplamini esa grana deb ataymiz. 



Международный научный журнал № 10(100), часть 3 
«Научный импульс» Мая , 2023 
1880 
• Xloroplastlarning tashqi, ichki membranasi, intermembrana boʻshligʻi, stroma va 
tilakoidlarning grana deb nomlanuvchi toʻplami 
• Oʻsimliklar bargiga yashil rang beruvchi xlorofill pigmenti yuqorida taʼkidlab 
oʻtilgan tilakoidning membranasiga oʻrnashgan boʻladi va aynan u yorugʻlik energiyasini 
yutilishida asosiy oʻrin egallaydi. Tilakoid disklarining ichidagi boʻshliq lyumen deb atalsa, 
tilakoidning tashqi tarafidagi suyuq modda bilan toʻlgan xloroplast boʻshligʻi stroma 
deyiladi. 
Mitoxondriya va xloroplastlar oʻzlarining DNK va ribosomalariga ega. Nega yadroda 
DNK va sitozolda ribosoma boʻlishiga qaramasdan, mitoxondriya va xloroplastlarda oʻzining 
DNK va ribosomalari mavjud? 
Bu savolning javobi endosimbioz gipotezasi orqali tushuntirib berilishi mumkin. 
Simbioz – bu ikkita bir-biridan uzoq boʻlgan turdagi organizmlarning yaqin aloqada 
yashashi. Endosimbioz (endo – “ichida”) simbioz yashashning bir turi boʻlib, bunda bir 
organizm ikkinchisining ichida yashaydi. 
1. Ilk sodir boʻlgan endosimbioz hodisa: qadimgi eukariot aerob bakteriyani yutib 
yuborgan va bu evolyutsiya davomida mitoxondriyaga aylangan. 
2. Ikkinchi endosimbioz hodisa: qadimgi eukariot fotosintezlovchi bakteriyani yutgan 
va bu bakteriya evolyutsiya davomida xloroplastga aylangan. 
Bakteriya, mitoxondriya va xloroplastlarning shakli bir-biriga oʻxshash, deyarli bir xil. 
Bakteriyalar ham mitoxondriya va xloroplastlar kabi DNK va ribosomalarga ega. Shu va 
boshqa maʼlumotlarga asoslangan holda olimlar bakteriya va xoʻjayin hujayralar koʻp yillar 
muqaddam endosimbioz munosabatlarni namoyon etgan deb oʻylashadi. Ularning fikriga 
koʻra, xoʻjayin hujayra aerob (kisloroddan foydalanuvchi) va fotosintezlovchi bakteriyalarni 
oʻz ichiga qamrab olgan, lekin ularni parchalab tashlamagan. Million yillar davomida 
evolyutsiya natijasida aerob bakteriya mitoxondriyaga, fotosintezlovchi bakteriya esa 
xloroplastga aylangan. 
XULOSA
O'simlik xloroplastlari o'simlik barglarida joylashgan qo'riqchi hujayralarida ko'p 
uchraydi. Himoyachilar hujayralar stomat deb ataladigan kichik teshiklarni o'rab, fotosintez 
uchun zarur bo'lgan gaz almashinuvini ta'minlash uchun ularni ochish va yopishtirishadi. 
Kloroplastlar va boshqa plastidlar proplastit deb ataladigan hujayralardan kelib chiqadi. 
Proplastidlar turli tipdagi plastidalarga aylanib ketmaydigan, ajratilmagan hujayralardir. 


Международный научный журнал № 10(100), часть 3 
«Научный импульс» Мая , 2023 
1881 
Xloroplastga aylanib boradigan proplastid faqat yorug'lik mavjudligida buni qiladi. 
Xloroplastlar bir nechta turli tuzilmalarni o'z ichiga oladi, ularning har biri maxsus 
funktsiyaga ega. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
 
1. Yu.N.Islamov - Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti “Biofizika va informatika” 
Saidalixodjayeva S.Z. — Toshkent tibbiyot akademiyasi “Informatika, biofizika va normal 
fiziologiya” 
2. Paul Davidovits. Physics in Biology and Medicine. Fourth Edition, 2013 
3. 
https://uz.wikipedia.org
 
4. Uktamovna, M. M. (2022). EPITETNING LINGVISTIK TABIATI. IJTIMOIY FANLARDA 
INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(8), 26-30. 
5. 10.
Uktamovna, M. M. (2023). TRANSFERRED EPITHET IN ENGLISH LANGUAGE. 
Научный Фокус, 1(1), 921-924. 

Download 34.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling