8. Ish beruvchining majburiyatlari;
8.1. xodimning mehnatini tashkil etish, xodimni Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, lavozim yoʼriqnomalari, jamoa shartnomasi va boshqa normativ va mahalliy hujjatlar bilan tanishtirish;
8.2. mehnat va ishlab chiqarish intizomini taʼminlash;
8.3. ish haqini oʼz vaqtida toʼlash;
8.4. xavfsiz va samarali mehnat uchun shart-sharoitlar yaratish, xodimni oʼqitish, unga mehnatning xavfsiz shart-sharoiti toʼgʼrisida yoʼl-yoʼriq berish;
8.5. ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;
8.6. qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;
8.7. jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
8.8. ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar:
8.9. Xodimni yuqori tashkilotlarga rahbar vazifalarga va hukumat mukofotlariga tavsiya qilishi.
8.10. Mazkur shartnomaning 7-bandi talablari bajarilmaganda ushbu shartnomani muddatidan oldin bekor qilishi.
9. Ish kuni rejimi
9.1. Besh kunlik ish haftasi boʼyicha, kelishilgan jadval asosida.
Ish kunining boshlanishi: soat 07-00da
Ish kunining tamomlanishi: soat 12-00dа
10. Mehnatga xaq to’lash.
10.1. Аmaldagi mehnatga haq toʼlash tizimi, shakli va shartlariga muvofiq xodimning mehnatiga haq toʼlash belgilangan smeta xarajatlari xamda shtatlar jadvali boʼyicha toʼlab boriladi.
10.2. Belgilangan tarif stavkasi qonun, meʼyoriy hujjatlar, jamoa shartnomasi, mazkur shartnoma bilan belgilangan tartibda oʼzgartirilishi mumkin.
10.3. Аmaldagi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarga muvofiq mehnat sharoitlari bilan bogʼliq qoʼshimcha, ustama toʼlovlar va kompensatsiyalar.
10.4. Ragʼbatlantirish xususiyatiga ega boʼlgan qoʼshimcha toʼlovlar, mukofotlar hamda oʼzining huquqlar va mavjud mablagʼlari miqyosida ish beruvchi tomonidan belgilanadigan boshqa toʼlovlar toʼlab boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |