Xodimlarga qo’yiladigan talablar


Pardoz anjomlari va zeb-ziynat bezaklari


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana05.11.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1748581
1   2
Bog'liq
Kimyo-farmatsevtika korxonalarida toza xonalarga ishchi xodimlarga va ularning kiyimlariga qoyiladigan gigeynik talablar.

Pardoz anjomlari va zeb-ziynat bezaklari

Pardozlash vositalari (kipriklar uchun tush, upa, lab 
bo’yog’i, tirnoq bo’yog’i, rumyana va h.k.) 
mikroorganizmlarning ko’payishi uchun qulay muhitni
yaratadi. Qimmatbaho zeb-ziynat bezaklarida iflosliklar
yig’ilib qoladigan joylar ko’p bo’ladi, shuning uchun
toza xonaga kirishdan oldin ularni yechish talab etiladi. 
Quyidagi foydali qoidani unutmaslik kerak: toza xonaga
ish uchun yoki xodimlar faoliyatini ta’minlash uchun
kerak bo’lmagan buyumlarni olib kirmaslik. 


Qo’llarni yuvish

Qo’llarni to’g’ri yuqish va ularga ishlov berish
xodimlarni toza xonaga kirishga tayyorlashning
muhim tarkibiy qismidir. Shu bilan birga, odam
ishlaganda qo’llari bilan turli yuzalarni ushlaydi. 
Qo’llarni har gal toza xonaga kirayotganda
yuqish kerak. Qo’llarni yuvishning turli sxemalari
mavjud: kiyim almashtirishdan oldin va/yoki toza
xonaga kirishdan oldin. Aksariyat hollarda qo’llar
kiyim almashtirishdan oldin yuviladi. Yuqori
tozalik sinflariga mansub toza xonalar va steril
ishlab chiqarishlar uchun bu qat’iy qoidadir. Aks
holda toza kiyimga, ayniqsa uning yengiga
namlik tushishi mumkin. 



Qo’llarni yuvish sxemasi: uzuk va boshqa bezaklarni yechish. Qo’lni sovunlashdan oldin xo’llash. Qo’l terisining butun yuzasini sovunlash
(bakteritsid sovun). Tomchilar hosil qilmaydigan dozatorli suyuq sovundan foydalanish maqsadga muvofiq. Qattiq sovun nam iz qoldiradi
va oqadi. Qo’l yuzasi uqalanib yuviladi, tirnoqlar, ular atrofidagi zonalarga, barmoqlar orasiga, uzuk ostida bo’lgan teri qismlariga alohida
e’tibor beriladi. Plastmassadan ishlangan tuksiz cho’tkalardan foydalanish mumkin. Cho’tkalardan foydalanayotganda teriga zarar
yetkazmaslik zarur. Qo’llar suv oqimi ostida kir va sovun ko’pigi to’liq yo’qolmaguncha chayiladi. Qo’llar fen bilan quritiladi yoki bir
martalik vors ajratmaydigan sochiqlardan foydalaniladi. Alohida mas’uliyatli hollarda qo’llarni quritish uchun NERA filtrlardan foydalanish
mumkin. Qo’llarni umumiy foydalanishdagi oddiy sochiqlar bilan artishga yo’l qo’yilmaydi. Sochiqlar o’ramidan foydalanilsa, qo’llarni
faqat ularning hech kim tegmagan toza qismi bilan artiladi. Keyingi harakatlar (kiyim almashtirish, toza xonaga kirish) faqat quruq qo’llar
bilan bajariladi. Steril ishlab chiqarish uchun qo’shimcha qoidalar mavjud: qo’llar bilakkacha yuviladi; qo’llarga dezinfektsiyalovchi
vositalar bilan ishlov beriladi, ular qo’lga surtilgandan keyin 1,2-2 daqiqa ushlab turish kerak, bu vaqtda qo’l panjalari bilaklardan shunday
yuqorida turishi kerakki, kritik yuzalarga (barmoqlarga) suyuqlik oqmasin. Qo’llar steril kiyimga tegib ketmasligi uchun kiyim almashtirish
uchun maxsus qo’lqoplardan foydalanish mumkin. Kiyim almashtirilgandan keyin bu qo’lqoplar yechiladi va ishlash uchun steril qo’lqop
kiyiladi yoki ishchi qo’lqoplar ularning ustidan kiyiladi. Har bir toza xonada qo’llarni yuvish bo’yicha yo’riqnoma bo’lishi kerak. Steril
ishlab chiqarishda namlik to’planib qolishiga yo’l qo’ymaslik uchun yumaloq tubli rakovinalardan foydalanish maqsadga muvofiq. 



Xodimlar tomonidan belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat o’rnatish kerak. Bunda shuni unutmaslik kerakki, 
toza xonalar uchun arzimaydigan narsa yo’q. Aynan mayda-chuydalar eng katta xavfni tug’diradi. Xulq-atvor qoidalarini
belgilaydigan asosiy mezon – toza xonani ifloslantirishi mumkin bo’lgan hech narsaga yo’l qo’ymaslik. 

Toza xonada qanday harakatlanish kerak? Shoshilmaslik, keskin harakat qilmaslik lozim. Bu ikki sabab bilan belgilanadi: tez
harakat qilganda odamdan zarrachalar ajralishi tezlashadi; tez harakatlar havo oqimlari harakatini buzadi va iflosliklarning
tarqalishiga olib keladi. Keraksiz harakatlarni umuman istisno etish lozim. Faqat reglamentda belgilangan harakatlarni bajarish
zarur. Ba’zi bir odamlar soch qashlash, qo’llarni, yuzini va boshqa tana qismlarini ishqalash, imo-ishoralarni ko’p takrorlash
odatiga ega. Bunday harakatlarga yo’l qo’yilmaydi. Zararli odatlardan holi bo’lolmaydigan odamlar toza xonalarga
kiritilmasligi kerak. Toza zonada ovqatlanish, suyuqlik ichish, chekish, gazeta va jurnallar o’qish taqiqlanadi. Tegishlicha, 
xonaga ovqat mahsulotlarini (shu jumladan ichimliklarni), saqichni, dorilarni, gugurtni, zajigalkani, sigaretlarni, qog’ozlarni
va texnologik jarayonda nazarda tutilmagan boshqa anjomlarni, bosma mahsulotlarini va h.k.larni olib kirish man etiladi. 



Qo’l soati ifloslanish manbasi hisoblanadi. Toza xonaga kirishdan oldin soatni yechish zarur. 
Toza xonada baland ovozda gapirish mumkin emas. Baland nutq va qichqiriqlar og’izdan
iflosliklar ajralishi jadalligini keskin oshiradi. Ish joyi ustida engashish, devorlar va
uskunalarga suyanish, buyumlarni joydan-joyga ko’chirish yoki ularni badaniga bosish
taqiqlanadi. Bir yo’nalishli havo oqimida ishlaganda alohida ehtiyotkorlikka rioya etish zarur. 
Unutmaslik kerakki, agar qo’l yoki boshqa tana qismi filtr bilan ish zonasi orasiga tushib qolsa, 
ishchi zonasi albatta ifloslanadi. Odamning og’zidan, burnidan, u qaerga qarab turgan bo’lsa, 
o’sha tomonga iflosliklar ajraladi. Shuning uchun operatorga murojaat qilish zarurati
tug’ilganda unga shunchalik yaqinlashish kerakki, u o’girilib qarashga majbur bo’lsin, shunda
gapirayotganda og’izdan ajraladigan zarrachalar ishchi zonadan boshqa tomonga ajraladi. Agar 
aksa urish yoki yo’talish ehtiyoji paydo bo’lsa, ishchi zona tomondan o’girilib, qo’lqopli
qo’llar bilan og’izni berkitish va keyin qo’lqopni almashtirish zarur. Aksa urish yoki yo’talish
takrorlanaversa, toza xonani tark etish va bu haqda rahbariyatga xabar berish kerak. 



Sog’liq holatini baholash mezonlari juda oddiy: o’tkir va
surunkali kasallikka chalingan shaxslar toza xonalarga
yo’latilmaydi. Birinchi galda bu o’tkir respirator 
kasalliklarga tegishli. Yo’tal, aksa urish, burun oqishi va
ko’z yoshlanishi tozalik darajasiga salbiy ta’sir
ko’rsatadi. Kon’yunktivit va boshqa ko’z kasaliklari; 
yuqori nafas yo’llari kasalliklari; teri kasalliklari, 
jumladan gerpes, furunkullar, seboreya (qazg’oq) kabi
kasalliklarni ham sanab o’tish joiz. Ba’zi bir odamlar
ko’p terlaydi, bu ham toza xonalarda ishlashga monelik
qiladi. Jarohatlar ham iflosliklar ajralishiga olib keladi. 
12.3 Steril ishlab chiqarish talablari



Steril ishlab chiqarish talablari. Kirish. Steril ishlab chiqarish farmatsevtika
ishlab chiqarishning eng murakkab soxalaridan biri xisoblanadi. GMP nuqtai
nazaridan asosiy printsplar- bu mikrobiologik kontominattsiya, mexanik
zarrachalar va pirogen moddalar bilan kontaminatsiyalashning taxlikasini
minimal darajaga keltirishdir. GMP ning Yevropa qoidalari steril ishlab
chiqarishga 2003 yil may oyida yangilangan 1- sonli qo’shimchada aloxida
etibor ko’rsatiladi. Qonunga bu qo’shimchalar xalqaro standart YeN/ISO 
14644-1 asosida keltirilgan va bunda GMP qoidalari v texnik standartlarni
uyg’unlashtirishga erishish hohishi bilan qo’llanilgan. Avvalgi redaktsiyaga
nisbatan bu o’zgarishlar toza xonalarning klassifikatsiyasiga tegishli, shu
jumlada qayta kiyinish. № 1 sonli qo’shimchada quyidagi bo’limlar bor: 
Printsiplar. Asosiy qism (xonalarninng klassifikatsiyasi), izolyatsiyalash
texnologiyasi



“Blow/fill/seal” (puflash, tshldirish, germetizatsiyalash), “Bottlepack” texnologiyasi, birlamchi
upakovkada sterillanadigan mahsulot, aseptik sharoitida tayyorlash, hodimlar, ishlab chiqarish
honalari, jixozlanishi, sanitariya, texnologik jarayon, sterillash, filtrlash, steril maxsulotlarni
ishlab chiqarish jarayoni yakuni. Sifatini nazorat qilish. Printsiplar. Steril ishlab chiqarishning
sifati birinchi navbatda xodimlarga, ularning tayyorgarligi, unga yondashuvi va talimi xamda
jarayon muloxazalariga puxta bo’lishlariga bog’liq. Sterillikni taminlashda faqat yakuniy
sterilizatsiya yoki sterillanganlik testlariga suyanish kifoya qilmaydi. Asosiy qism. Ishlab
chiqarish faqat toza xonalarda amalga oshirilishi lozim-bular nazorat muxitidagi gigienik
zonalar, x’odimlar va materiallarga yo’llanma. Xonalarning tozaligini tozalik standartlari
asosida saqlash lozim. (masalan, YeN/ISO standartlari); bu xonalarni bir hil filtrlangan havo
bilan taminlash kerak. 



Eslatma. ISO 16 644-1 ikki xil toza xonalarni farqlaydi, aynantoza xona (cleanroom) va toza zona (cleanzone). Steril ishlab chiqarish. 
Yakuniy sterilizatsiya malum pog’onadagi yakuniy birlamchi upakovkalvrda aseptik operatsiyalar. Sterillangan maxsulotlarni ishlab
chiqarishni amalga oshirish usuliga qarab farqlash mumkin: 1) yakuniy upakovkada issiqlik (yoki boshqa) sterilizatsiya ko’zda tutilgan
bo’lsa. 2) agar ishlab chiqarish aseptik sharoitida bitta yoki barcha pog’onalarda amalga oshirilsa. Turli xil operatsiyalar (dastabki xom
ashyoni va qadoqlash materiallarini tayyorlash, retsepturani tuzish va to’ldirish) toza xonaning aloxida zonalarida amalga oshirilishi lozim. 
Xonalarning klassifikattsiyasi. Sterillangan preparatni ishlab chiqarishda toza xonalarni klassifikattsiyalash tevarvk atrofning zarur
xarakteristikalariga mos tarzda amalga oshiriladi. Ekpluatattsiya xolatida xar bir ishlab chiqarish operatsiya uchun bir xil meyordagi atrof
muxitning tozaligi zarur. Bu maxsulotning yoki qayta ishlab chiqariladigan materiallarning mikrobli kontaminatsiya yoki zarrachalar bilan
kontaminatsiyalanishining xavfxatarini minimal darajaga keltirish uchun kerak( texnologik jixozlanish va xodimlar). Buning uchun
xarakatsizlikning spetsifikasiga mos malum bir meyorga erishish talab etiladi(texnologik jixozlar o’rnatilgan va material mavjud emas). 
Sterillangan dori vositalarini ishlab chiqarishda xonalar



tozaligining 4 xil tipi n ajratiladi. A tipi – yuqori darajadagi xavf-
xatarli operatsiyalar uchun lokal zonalar (local zone), masalan, 
idishlarni tshldirish, ampulalarni ochish va aseptik sharoitda
aralashtirish. Asosan bunday sharoitlar ish joyida 0,36-0,54 m/s 
tezlikdagi laminar havo oqimi bilan taminlanadi. Izolyatorlarda
esa havo oqimining yo’nalishi va tezligining boshqa
parametrlaridan foydalanish mumkin. B tipi A tipi zonasining
tevarak atrofini tashkil etadi. S tiplari kritik xolatlar kamroq
bo’lgan operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladi. 



Mavzu :Kimyo-farmatsevtika korxonalarida toza xonalarga ishchi
xodimlarga va ularning kiyimlariga qoyiladigan gigeynik talablar.

Tayorladi :Sultonboyeva Shahlo Zokirjon qizi

Gurux : 301B

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling