Xodimlarga qo’yiladigan talablar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.11.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1748581
  1   2
Bog'liq
Kimyo-farmatsevtika korxonalarida toza xonalarga ishchi xodimlarga va ularning kiyimlariga qoyiladigan gigeynik talablar.



Kimyo-farmatsevtika korxonalarida
toza xonalarga ishchi xodimlarga
va ularning kiyimlariga qoyiladigan
gigeynik talablar.


Xodimlarga qo’yiladigan talablar

Toza xonalarga qo’yiladigan shaxslar: shaxsiy gigiena talablariga rioya qilishi; toza xonalardagi xulq-atvor qoidalarini bajarishi; sog’lig’i
bo’yicha toza xonalarda ishlashga qarshi ko’rsatmalarga ega bo’lmasligi; ishga qo’yilishdan oldin o’quv kursida o’qib chiqishi va
keyinchalik muntazam takror o’qitilishi; barcha yo’riqnomalar va ish reglamentlariga qat’iy rioya etishi lozim. Muhim omil –
xodimlarning tozalikni saqlashga ijobiy munosabati, ularning saranjom-sarishtaligi, tartibliligi, qoidalarga qat’iy rioya qilishga moyilligi, 
ishonchliligidir. Xodimlarning o’zlari va boshqalarning xatolarini va kamchiliklarini qayd qilish va tahlil qilishga, ishdagi barcha
buzilishlar haqida ma’lum qilishga tayyorligi texnologik jarayondagi xavf-xatarlarni tahlil qilish va uchun asos yaratadi va belgilangan
tozalik darajasini saqlashga imkon beradi. Ammo aynan ularning bajarilishi alohida shaxslar uchun muayyan qiyinchiliklarni tug’diradi. 
Shu bilan bir vaqtda, tozalik va tartibga so’zsiz rioya qilish – bu samarali ishlashning majburiy sharti bo’lib, ularni bajarmasdan toza
xonaga yaqinlashish ham mumkin emas! 



Tana yuzasi maydoni o’rtacha 1,75 kv.m ni tashkil qiladi. Tashqi
teri qoplamasi bir necha kunda yangilanadi, bunda odam har
haqiqada 0,5 mkm o’lchamli bir necha yuzlab va millionlab
zarrachalar ajratadi. Ajralayotgan zarrachalarning bir sutkalik
umumiy massasi 10 g ga teng. Alohida xavfni mikroorganizmlar
tug’diradi. Ularning ko’payishi uchun uchta shart zarur: issiqlik, 
namlik va ozuqa muhiti. Tananing ko’pchilik qismlarida bu
sharoitlar o’zaro uyg’unlikda mavjud, bular, birinchi navbatda, 
bosh, soch qoplamalari, burun, og’iz, quloqlar, tirnoq va ular
atrofidagi bo’shliq, odamning kiyim ostida yashiringan joylari. 
Bunday joylar tozaligiga alohida e’tibor berish kerak. 



Toza xonaga kirayotgan har bir kishi: xonaga kirishdan oldin qo’llarini yaxshilab yuqishi, steril zonalarga kirishdan oldin qo’llarni
bilakkacha yuvishi; xojatxonadan chiqqandan keyin qo’l yuvishi; qo’li bilan burnini artmasligi; og’iz bo’shlig’ini ozoda tutishi va tishlarini
muntazam tozalashi; ozoda kiyinishi lozim. Xodim uydan chiqayotganda u bir kun oldin nima bilan shug’ullanganini (dala holida ishlash, 
avtomobilni tuzatish, uy hayvonlarini parvarishlash, sport o’yinlari va h.k.) eslab, o’zini tartibga keltirishi lozim. Xodimni ishga qabul qilish
paytida mehnat shartnomasiga maxsus bo’lim kiritib, unda xodimning shaxsiy gigiena bo’yicha majburiyatlari va javobgarligini belgilab
qo’yish maqsadga muvofiq. Masalan, tozalik sinfi 5ga teng xonalarda ishlovchilar ishga pardozsiz kelish, ish kunidan oldin spirtli
ichimliklar ichmaslik, korxona hududida hamda ishga kelishdan oldin ikki soat davomida chekmaslik majburiyatini oladilar. Oxirgi talab
shunga bog’liqki, kashandalar nafas bilan chiqaradigan havoda zarrachalar kontsentratsiyasi juda yuqori bo’ladi, bu kontsentratsiya chekish
tugagandan keyin juda sekin kamayadi. Bu zarrachalar ko’pincha kichkina o’lchamda bo’lib, niqobda ushlanib qolmaydi. Ba’zan savol
tug’iladi: toza xonaga kirishdan oldin cho’milish kerakmi? Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, agar odam ishga yuvinib kelgan bo’lsa, 
ishxonada dush qabul qilishga hojat yo’q. Bundan tashqari, dush ostida iliq yoki issiq suvda cho’milish teri poralarining ochilishiga, ter va
mikroorganizmlar ajralishiga olib keladi. Busiz esa mikroorganizmlar teri qoplamasi yuzasiga chiqmaydi. Bevosita ishdan oldin dush qabul
qilish zarurligi haqida qat’iy ma’lumotlar yo’q. Shu bilan birga, alohida hollarda ishdan keyin dush qabul qilish talab etilishi mumkin. 
Avariyali vaziyatlar uchun dush to’rlari nazarda tutilishi mumkin. Dushni (vanna emas) har kuni uyda qabul qilish zarur, zero u vannadan
samaraliroq hisoblanadi. 



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling