Xodimlarga qo’yiladigan talablar
Pardoz anjomlari va zeb-ziynat bezaklari
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqKimyo-farmatsevtika korxonalarida toza xonalarga ishchi xodimlarga va ularning kiyimlariga qoyiladigan gigeynik talablar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’llarni yuvish
- Mavzu
Pardoz anjomlari va zeb-ziynat bezaklari
Pardozlash vositalari (kipriklar uchun tush, upa, lab bo’yog’i, tirnoq bo’yog’i, rumyana va h.k.) mikroorganizmlarning ko’payishi uchun qulay muhitni yaratadi. Qimmatbaho zeb-ziynat bezaklarida iflosliklar yig’ilib qoladigan joylar ko’p bo’ladi, shuning uchun toza xonaga kirishdan oldin ularni yechish talab etiladi. Quyidagi foydali qoidani unutmaslik kerak: toza xonaga ish uchun yoki xodimlar faoliyatini ta’minlash uchun kerak bo’lmagan buyumlarni olib kirmaslik. Qo’llarni yuvish Qo’llarni to’g’ri yuqish va ularga ishlov berish xodimlarni toza xonaga kirishga tayyorlashning muhim tarkibiy qismidir. Shu bilan birga, odam ishlaganda qo’llari bilan turli yuzalarni ushlaydi. Qo’llarni har gal toza xonaga kirayotganda yuqish kerak. Qo’llarni yuvishning turli sxemalari mavjud: kiyim almashtirishdan oldin va/yoki toza xonaga kirishdan oldin. Aksariyat hollarda qo’llar kiyim almashtirishdan oldin yuviladi. Yuqori tozalik sinflariga mansub toza xonalar va steril ishlab chiqarishlar uchun bu qat’iy qoidadir. Aks holda toza kiyimga, ayniqsa uning yengiga namlik tushishi mumkin. Qo’llarni yuvish sxemasi: uzuk va boshqa bezaklarni yechish. Qo’lni sovunlashdan oldin xo’llash. Qo’l terisining butun yuzasini sovunlash (bakteritsid sovun). Tomchilar hosil qilmaydigan dozatorli suyuq sovundan foydalanish maqsadga muvofiq. Qattiq sovun nam iz qoldiradi va oqadi. Qo’l yuzasi uqalanib yuviladi, tirnoqlar, ular atrofidagi zonalarga, barmoqlar orasiga, uzuk ostida bo’lgan teri qismlariga alohida e’tibor beriladi. Plastmassadan ishlangan tuksiz cho’tkalardan foydalanish mumkin. Cho’tkalardan foydalanayotganda teriga zarar yetkazmaslik zarur. Qo’llar suv oqimi ostida kir va sovun ko’pigi to’liq yo’qolmaguncha chayiladi. Qo’llar fen bilan quritiladi yoki bir martalik vors ajratmaydigan sochiqlardan foydalaniladi. Alohida mas’uliyatli hollarda qo’llarni quritish uchun NERA filtrlardan foydalanish mumkin. Qo’llarni umumiy foydalanishdagi oddiy sochiqlar bilan artishga yo’l qo’yilmaydi. Sochiqlar o’ramidan foydalanilsa, qo’llarni faqat ularning hech kim tegmagan toza qismi bilan artiladi. Keyingi harakatlar (kiyim almashtirish, toza xonaga kirish) faqat quruq qo’llar bilan bajariladi. Steril ishlab chiqarish uchun qo’shimcha qoidalar mavjud: qo’llar bilakkacha yuviladi; qo’llarga dezinfektsiyalovchi vositalar bilan ishlov beriladi, ular qo’lga surtilgandan keyin 1,2-2 daqiqa ushlab turish kerak, bu vaqtda qo’l panjalari bilaklardan shunday yuqorida turishi kerakki, kritik yuzalarga (barmoqlarga) suyuqlik oqmasin. Qo’llar steril kiyimga tegib ketmasligi uchun kiyim almashtirish uchun maxsus qo’lqoplardan foydalanish mumkin. Kiyim almashtirilgandan keyin bu qo’lqoplar yechiladi va ishlash uchun steril qo’lqop kiyiladi yoki ishchi qo’lqoplar ularning ustidan kiyiladi. Har bir toza xonada qo’llarni yuvish bo’yicha yo’riqnoma bo’lishi kerak. Steril ishlab chiqarishda namlik to’planib qolishiga yo’l qo’ymaslik uchun yumaloq tubli rakovinalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Xodimlar tomonidan belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat o’rnatish kerak. Bunda shuni unutmaslik kerakki, toza xonalar uchun arzimaydigan narsa yo’q. Aynan mayda-chuydalar eng katta xavfni tug’diradi. Xulq-atvor qoidalarini belgilaydigan asosiy mezon – toza xonani ifloslantirishi mumkin bo’lgan hech narsaga yo’l qo’ymaslik. Toza xonada qanday harakatlanish kerak? Shoshilmaslik, keskin harakat qilmaslik lozim. Bu ikki sabab bilan belgilanadi: tez harakat qilganda odamdan zarrachalar ajralishi tezlashadi; tez harakatlar havo oqimlari harakatini buzadi va iflosliklarning tarqalishiga olib keladi. Keraksiz harakatlarni umuman istisno etish lozim. Faqat reglamentda belgilangan harakatlarni bajarish zarur. Ba’zi bir odamlar soch qashlash, qo’llarni, yuzini va boshqa tana qismlarini ishqalash, imo-ishoralarni ko’p takrorlash odatiga ega. Bunday harakatlarga yo’l qo’yilmaydi. Zararli odatlardan holi bo’lolmaydigan odamlar toza xonalarga kiritilmasligi kerak. Toza zonada ovqatlanish, suyuqlik ichish, chekish, gazeta va jurnallar o’qish taqiqlanadi. Tegishlicha, xonaga ovqat mahsulotlarini (shu jumladan ichimliklarni), saqichni, dorilarni, gugurtni, zajigalkani, sigaretlarni, qog’ozlarni va texnologik jarayonda nazarda tutilmagan boshqa anjomlarni, bosma mahsulotlarini va h.k.larni olib kirish man etiladi. Qo’l soati ifloslanish manbasi hisoblanadi. Toza xonaga kirishdan oldin soatni yechish zarur. Toza xonada baland ovozda gapirish mumkin emas. Baland nutq va qichqiriqlar og’izdan iflosliklar ajralishi jadalligini keskin oshiradi. Ish joyi ustida engashish, devorlar va uskunalarga suyanish, buyumlarni joydan-joyga ko’chirish yoki ularni badaniga bosish taqiqlanadi. Bir yo’nalishli havo oqimida ishlaganda alohida ehtiyotkorlikka rioya etish zarur. Unutmaslik kerakki, agar qo’l yoki boshqa tana qismi filtr bilan ish zonasi orasiga tushib qolsa, ishchi zonasi albatta ifloslanadi. Odamning og’zidan, burnidan, u qaerga qarab turgan bo’lsa, o’sha tomonga iflosliklar ajraladi. Shuning uchun operatorga murojaat qilish zarurati tug’ilganda unga shunchalik yaqinlashish kerakki, u o’girilib qarashga majbur bo’lsin, shunda gapirayotganda og’izdan ajraladigan zarrachalar ishchi zonadan boshqa tomonga ajraladi. Agar aksa urish yoki yo’talish ehtiyoji paydo bo’lsa, ishchi zona tomondan o’girilib, qo’lqopli qo’llar bilan og’izni berkitish va keyin qo’lqopni almashtirish zarur. Aksa urish yoki yo’talish takrorlanaversa, toza xonani tark etish va bu haqda rahbariyatga xabar berish kerak. Sog’liq holatini baholash mezonlari juda oddiy: o’tkir va surunkali kasallikka chalingan shaxslar toza xonalarga yo’latilmaydi. Birinchi galda bu o’tkir respirator kasalliklarga tegishli. Yo’tal, aksa urish, burun oqishi va ko’z yoshlanishi tozalik darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kon’yunktivit va boshqa ko’z kasaliklari; yuqori nafas yo’llari kasalliklari; teri kasalliklari, jumladan gerpes, furunkullar, seboreya (qazg’oq) kabi kasalliklarni ham sanab o’tish joiz. Ba’zi bir odamlar ko’p terlaydi, bu ham toza xonalarda ishlashga monelik qiladi. Jarohatlar ham iflosliklar ajralishiga olib keladi. 12.3 Steril ishlab chiqarish talablari Steril ishlab chiqarish talablari. Kirish. Steril ishlab chiqarish farmatsevtika ishlab chiqarishning eng murakkab soxalaridan biri xisoblanadi. GMP nuqtai nazaridan asosiy printsplar- bu mikrobiologik kontominattsiya, mexanik zarrachalar va pirogen moddalar bilan kontaminatsiyalashning taxlikasini minimal darajaga keltirishdir. GMP ning Yevropa qoidalari steril ishlab chiqarishga 2003 yil may oyida yangilangan 1- sonli qo’shimchada aloxida etibor ko’rsatiladi. Qonunga bu qo’shimchalar xalqaro standart YeN/ISO 14644-1 asosida keltirilgan va bunda GMP qoidalari v texnik standartlarni uyg’unlashtirishga erishish hohishi bilan qo’llanilgan. Avvalgi redaktsiyaga nisbatan bu o’zgarishlar toza xonalarning klassifikatsiyasiga tegishli, shu jumlada qayta kiyinish. № 1 sonli qo’shimchada quyidagi bo’limlar bor: Printsiplar. Asosiy qism (xonalarninng klassifikatsiyasi), izolyatsiyalash texnologiyasi “Blow/fill/seal” (puflash, tshldirish, germetizatsiyalash), “Bottlepack” texnologiyasi, birlamchi upakovkada sterillanadigan mahsulot, aseptik sharoitida tayyorlash, hodimlar, ishlab chiqarish honalari, jixozlanishi, sanitariya, texnologik jarayon, sterillash, filtrlash, steril maxsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni yakuni. Sifatini nazorat qilish. Printsiplar. Steril ishlab chiqarishning sifati birinchi navbatda xodimlarga, ularning tayyorgarligi, unga yondashuvi va talimi xamda jarayon muloxazalariga puxta bo’lishlariga bog’liq. Sterillikni taminlashda faqat yakuniy sterilizatsiya yoki sterillanganlik testlariga suyanish kifoya qilmaydi. Asosiy qism. Ishlab chiqarish faqat toza xonalarda amalga oshirilishi lozim-bular nazorat muxitidagi gigienik zonalar, x’odimlar va materiallarga yo’llanma. Xonalarning tozaligini tozalik standartlari asosida saqlash lozim. (masalan, YeN/ISO standartlari); bu xonalarni bir hil filtrlangan havo bilan taminlash kerak. Eslatma. ISO 16 644-1 ikki xil toza xonalarni farqlaydi, aynantoza xona (cleanroom) va toza zona (cleanzone). Steril ishlab chiqarish. Yakuniy sterilizatsiya malum pog’onadagi yakuniy birlamchi upakovkalvrda aseptik operatsiyalar. Sterillangan maxsulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshirish usuliga qarab farqlash mumkin: 1) yakuniy upakovkada issiqlik (yoki boshqa) sterilizatsiya ko’zda tutilgan bo’lsa. 2) agar ishlab chiqarish aseptik sharoitida bitta yoki barcha pog’onalarda amalga oshirilsa. Turli xil operatsiyalar (dastabki xom ashyoni va qadoqlash materiallarini tayyorlash, retsepturani tuzish va to’ldirish) toza xonaning aloxida zonalarida amalga oshirilishi lozim. Xonalarning klassifikattsiyasi. Sterillangan preparatni ishlab chiqarishda toza xonalarni klassifikattsiyalash tevarvk atrofning zarur xarakteristikalariga mos tarzda amalga oshiriladi. Ekpluatattsiya xolatida xar bir ishlab chiqarish operatsiya uchun bir xil meyordagi atrof muxitning tozaligi zarur. Bu maxsulotning yoki qayta ishlab chiqariladigan materiallarning mikrobli kontaminatsiya yoki zarrachalar bilan kontaminatsiyalanishining xavfxatarini minimal darajaga keltirish uchun kerak( texnologik jixozlanish va xodimlar). Buning uchun xarakatsizlikning spetsifikasiga mos malum bir meyorga erishish talab etiladi(texnologik jixozlar o’rnatilgan va material mavjud emas). Sterillangan dori vositalarini ishlab chiqarishda xonalar tozaligining 4 xil tipi n ajratiladi. A tipi – yuqori darajadagi xavf- xatarli operatsiyalar uchun lokal zonalar (local zone), masalan, idishlarni tshldirish, ampulalarni ochish va aseptik sharoitda aralashtirish. Asosan bunday sharoitlar ish joyida 0,36-0,54 m/s tezlikdagi laminar havo oqimi bilan taminlanadi. Izolyatorlarda esa havo oqimining yo’nalishi va tezligining boshqa parametrlaridan foydalanish mumkin. B tipi A tipi zonasining tevarak atrofini tashkil etadi. S tiplari kritik xolatlar kamroq bo’lgan operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladi. Mavzu :Kimyo-farmatsevtika korxonalarida toza xonalarga ishchi xodimlarga va ularning kiyimlariga qoyiladigan gigeynik talablar. Tayorladi :Sultonboyeva Shahlo Zokirjon qizi Gurux : 301B Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling