Xodimlari kasaba uyushmasi


Download 220.22 Kb.
bet33/42
Sana09.01.2022
Hajmi220.22 Kb.
#267007
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
Касаба Шартнома 44

Ish beruvchi majburiyatlari:

a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ko‘shimcha imtiyozlar berish, ularni sog‘lomlashtirish;

b) maktabda “Eng faol yosh xodim” stendini tashkil etish;

v) mehnat jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgan, kasaba uyushmalarida faol va shijoatli yoshlarni rag‘batlantirish;

g) yosh xodimlarni madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kasb mahorati bo‘yicha tanlovlarda faol ishtirok etishini ta’minlash.



  1. Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilanganiga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.

  2. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi yosh yigit-qizlarni kasaba uyushmasi faoliyatiga jalb etish ishlarini olib borish, jamoat ishida faollik ko‘rsatgan yoshlarni tizimli ravishda ma’naviy (faxriy yorliq, tashakkurnoma, ular to‘g‘risida gazetalarda rag‘batlantiruvchi maqolalar chop etish) va moddiy rag‘batlantirishni amalga oshiradi.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasiga asosan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmasligini ta’minlash.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 2471-moddasiga asosan «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining, shuningdek davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilari bilan mehnat shartnomasi u tuzilgan kundan e’tiboran uch yillik muddat o‘tguniga qadar ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinganida ish beruvchi bu haqda mahalliy mehnat organini xabardor qilishi shart»ligi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish.


Download 220.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling