Xodimlari kasaba uyushmasi


Maktab rahbari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan mehnatni


Download 220.22 Kb.
bet42/42
Sana09.01.2022
Hajmi220.22 Kb.
#267007
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Касаба Шартнома 44

Maktab rahbari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bitimi

T/r

Tadbirlar mazmuni

Hisobga olish birligi

Miqdori

Ishlar qiymati

Bajarish muddati

Ijro etish uchun mas’ul

Kutilayotgan ijtimoiy samara

Mehnat sharoiti yaxshilanadigan xodimlar

soni


Og‘ir jismoniy ishdan ozod bo‘ladigan xodimlar soni

jami

shu jumladan ayollar

jami

shu jumladan ayollar

1

Oshxona,dam olish xonasi, kiyim echish xonasi, xojatxonalarni ta’mirlash

3

4

400.0

Xar yili 3-chorak

direktor

60

50

1

1

2

Mehnat ustaxonalari dagi elektrlashtirilgan dastgohlar,aylanuvchi mexanizmlar,himoya vositalarini sozlash,yoriqlashtirilgan liniyalarni yaroqligini yillik sinovda aniqlash va texnika xavfsizligi qoidalari talablariga keltirish







200.0

Xar yili 3-chorak

direktor

60

50

1

1

3

Maktab xonalaridagi pollarni nosoz joylarini ta`mirlash







200.0

Xar yili 2-chorak

XIBDO`

60

50

1

1

4.

Isitish tarmog`ini suv quvurlarini ,qozonlarni tekshirish ,davriy sinovdan o`tkazish







400.0

Xar yili 2-chorak

direktor

60

50

1

1

5.

Qozonxona tizimida gaz ta`minoti to`satdan uzilganda sistemani ishini uzadigan avtomatlarni sozlash







300.0

Har yili 3-chorak

direktor

60

50

1

1

6

Xonalarda ,koridorlarda,jamoat joylarida sun`iy yoritish me`yor talabiga keltirish







200.0

Doimo

XIBDO`

60

50

1

1

7

Yong`inni oldini olish bo`yicha jihozlar bilan ta`minlash







250.0

Har yili

XIBDO`

60

50

1

1

Maktab rahbari : G`.Saidov Kasaba uyushmasi qo‘mitasi: G.Adilova

Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2021 yil “7”-yanvardagi 1-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan jamoa shartnomasiga



2-ilova

Maktab xodimlarining mehnat ta’tillari jadvali




Barcha xodimlar ro‘yxati


Ta’til beriladigan oy

Xodimlar imzosi

1




Iyul




2




Iyul




3




Iyun




4




Iyun




5




Iyun




6




Iyun




7




Iyun




8




Iyun




9




Iyun




10




Iyun




11




Iyun




12




Iyun




13




Iyun




14




Iyun




15




Iyun




16




Iyun




17




Iyun




18




Iyun




19




Iyun




20




Iyun




21




Iyun




22




Iyun




23




Iyun




24




Iyun




25




Iyun




26




Iyun




27




Iyun




28




Iyun




29




Iyun




30




Iyun




31




Iyun




32




Iyun




33




Iyun




34




Iyun




35




Iyun




36




Iyun




37




Iyun




38




Iyun




39




Iyun




40




Iyun




41




Iyun




42




Iyun




43




Iyun




44




Iuyn




45




Iyun




46




Iyun




47




Iyul




48




Iyul




49




Iyul




50




Iyun




51




Iyun




52




Iyul




53




Iyul




54




Iyun




55




yanvar




56




Iyul




57




Iyul




58




Iyul




59




Iyul




60




Iyul



Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2021 yil “7”-yanvardagi 1-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan jamoa shartnomasiga

3-ilova
To‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishi lozim bo‘lgan

xodimlarning toifalari ro‘yxati

1. Xo‘jalik ishlari bo‘lii mudiri: X.Ergashev

2. Kutubxonachi: M.Bekpo`latova

3. AKT xodimi

4. Laborant.: M.Xolova

Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2021 yil “7”-yanvardagi 1-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan jamoa shartnomasiga

4-ilova
Dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi tashkil qilinadigan kasb va lavozimlar ro‘yxati




Kasb, lavozimlar nomi

Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilish muddati

1

Rahbarlar

Avgust

2.

O`qituvchilar

Avgust

3.

Ishchi xodimlar

Avgust

4

Texnik xodimlar

Avgust

Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2021 yil “7”-yanvardagi 1-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan jamoa shartnomasiga

5-ilova
Pandimiya sharoitida davolash-profilaktika uchun dori vositalarni bepul olish huquqini beradigan ishlar bo‘yicha

Kasb va lavozimlar ro‘yxati


T/r


Bo‘lim va hokazo

Kasb, lavozimlar nomi

Berilishi kerak bo‘lgan

davolash-profilaktika dori turlari



Yil hisobida berilish me’yori

1

Mamuriyat

Rahbarlar

OmiZink (20 mg)

Oxiquin (200mg)




2 marta

2.

Ped xodim

O`qituvchilar

OmiZink (20 mg)

Oxiquin (200mg)




2 marta

2.

Tex xodim

Farroshlar,qaravul,bog`bon va boshqalar

OmiZink (20 mg)

Oxiquin (200mg)




2 marta

Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2021 yil “7”-yanvardagi 1-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan jamoa shartnomasiga

6-ilova
Maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarini

bepul olish huquqini beradigan ishlar bo‘yicha

kasb va lavozimlar ro‘yxati


T/r


Bo‘lim va hokazo

Kasb, lavozimlar nomi

Berilishi kerak bo‘lgan maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarining turlari

Oy hisobida kiyilish

muddati


1

Ped xodim

Kimyo o`qituvchisi

Xalat (2 ta)

12 oy

2.

Tex xodim

Kimyo amaliyoti xodimi(laborant)

Xalat( 2 ta)

12 oy

3.

Ped xodim

Informatika o`qituvchisi

Xalat (1 ta)

12 oy

4

Tex xodim

Farrosh

Xalat (4 ta)

12 oy

5

Tex xodim

O`t yoquvchi operatori

Xalat(2 ta) qo`lqop

6 oy

6

Tex xodim

Oqava quvurlarni sozlovchi

Kostyum,brezend, rezina qo`lqop

12 oy

7

Tex xodim

Qorovul

Yomg`ir o`tkazmaydigan plash,paxtali fufayka,shim,kerza etik

12 oy

Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2021 yil “7”-yanvardagi 1-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan jamoa shartnomasiga

7-ilova


Gigiena vositalarini bepul olish huquqini beradigan ishlar bo‘yicha

kasb va lavozimlar ro‘yxati

T/r


Bo‘lim va hokazo

Kasb, lavozimlar nomi

Berilishi kerak bo‘lgan gigiena vositalarining turlari

Oy hisobida berilish me’yori

1

Ma`muriyat

Rahbar xodimlar

Anticiptik gel

Har hafta

1.

Ped xodimlar

O`qituvchilar

Anticiptik gel,xlor

Har hafta

2.

Tex xodimlar

Farroshlar

Chelak,shvabra

Har yili




Tex xodimlar

Farroshlar

antisiptik gel,xlor

Har hafta


Mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2021 yil “7”-yanvardagi 1-sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan jamoa shartnomasiga

8-ilova

Yakka mehnat nizolari komissiyalari faoliyatini tashkil etish yuzasidan Nizom

I. Umumiy qoidalar

Mazkur Nizom maktabda yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqishning yagona amaliyotini shakllantirish, nizolarni hal etish samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, yakka mehnat nizolari komissiyalarini tuzish, ular tomonidan yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi, komissiya qarori va uni bajarishga doir me’yorlarni o‘z ichiga oladi.

Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

Yakka mehnat nizolari (keyingi o‘rinlarda – “nizo”) – bu ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo‘llanish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklardir.

Yakka mehnat nizolari komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – “komissiya”) – ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi (keyingi o‘rinlarda – “xodimlar vakillari”) ishtirokida shakllantiriladigan, nizolarni ko‘rib chiquvchi organ.

II. Komissiyalarni shakllantirish

Komissiyalarni tuzish, uning son tarkibi va vakolat muddati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va xodimlar vakillari o‘rtasidagi kelishuvda belgilanadi.

Komissiya tarkibi ish beruvchi va xodimlar vakillari tomonidan tenglik asosida shakllantiriladi.

Komissiyaga xodimlar vakillaridan ajratilgan a’zolar tegishli organning qarori bilan, ish beruvchining vakili esa, uning buyrug‘i bilan tasdiqlanadilar. Komissiya a’zolarini o‘zgartirish ham shu tartibda amalga oshiriladi.



III. Komissiyaning ishini tashkil etish

Komissiya vakolatiga doir masalalar uning majlislarida ko‘rib chiqiladi.

Komissiyaning har bir majlisida raislik vazifasini ish beruvchi va xodimlar vakili navbatma-navbat bajaradilar. Bunda bir majlisda raislik va kotiblik vazifasini ayni bir tarafning vakillari bajarishi mumkin emas.

Komissiyaning har bir majlisida taraflar keyingi majlisning raisi va kotibini tayinlaydi, ularga majlis hujjatlarini tayyorlash va chaqirish vazifasini yuklaydi.

Majlisning o‘tishi uchun a’zolarning yarmidan ko‘pi (kvorum) ishtiroki talab etilmaydi, ish beruvchi va xodimlar vakillarining teng miqdordagi a’zolari ishtiroki etarli hisoblanadi.

Rais yoki kotibning komissiya majlisida ishtirok etmasligi majlisning qoldirilishiga asos bo‘lmaydi. Bu holda taraflarning kelishuvi bilan majlisda ishtirok etuvchilar orasidan tegishli navbatga ko‘ra komissiya raisi va majlis kotibi tayinlanadi.

Jamoa shartnomasiga komissiya a’zosini komissiya ishida ishtirok etishiga sharoit yaratish maqsadida ish haqi saqlangan holda asosiy ishidan ozod etilgan vaqt ajratishni nazarda tutuvchi qoida kiritilishi mumkin.

IV. Komissiyaga nizolar yuzasidan murojaat etish

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq nizolar komissiya yoki tuman (shahar) sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi, o‘z navbatida xodim nizoni hal qilish uchun o‘z xohishiga ko‘ra ushbu organlardan biriga murojaat etishga haqli ekanligi qayd etilgan.

Komissiyaga murojaat etishdan avval xodim nizoni bartaraf etish yuzasidan ish beruvchi bilan muzokara o‘tkazishi maqsadga muvofiq. Muzokaralarda hal etilmagan nizo yuzasidan ariza keyinchalik komissiyada ko‘rib chiqish uchun kiritilishi mumkin.

Komissiyaga nizoni ko‘rib chiqish yuzasidan ariza bilan faqat xodim yoki u vakil etgan shaxs murojaat etishga haqli, ish beruvchining bunday murojaati komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Komissiyaga murojaat etish vaqti, joyi va tartibi haqidagi ma’lumotlar tanishish uchun qulay bo‘lgan joyda va shaklda xodimlar e’tiboriga etkazilishi lozim.

Xodimning komissiyaga yo‘llagan yozma arizasi tegishli ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi. Arizalarni ro‘yxatga olish komissiya qarori bilan a’zolardan biriga yuklatilishi lozim. Ariza erkin shaklda yoziladi va unda: maktabning nomi; ariza muallifi F.I.SH, ish va yashash joyi (manzili); nizo mohiyati, arizachi talabini asoslovchi holatlar, isbotlovchi dalillar; arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati; ariza sanasi ko‘rsatilishi va muallif tomonidan imzolanishi lozim. Ariza ro‘yxatga olingan kun muddatlarning boshlanish kuni hisoblanadi.

Muddatlarning uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilganligi, mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tomonidan ularni tiklashga asos bo‘ladi.

Quyidagi nizolar bevosita tuman (shahar) sudlari yurisdiksiyasiga taalluqliligi sababli komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmaydi:

Mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog‘lig‘iga shikast etkazilgani oqibatidagi zararni (shu jumladan, ma’naviy zarar) yoki mol-mulkga etkazilgan zararni ish beruvchi tomonidan to‘lanishi haqida nizolar;

mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar, ishga tiklash to‘g‘risida, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risida, majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir nizolar;

xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararning to‘lanishi haqida nizolar;

asossiz ravishda ishga qabul qilish rad etilganligi haqida nizolar (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 78-moddasi);

ish beruvchi va xodimlar vakillari bilan oldindan kelishib hal etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan nizolar.

Shuningdek, ayrim toifadagi davlat xizmatchilarining mehnat shartnomasini bekor qilish, boshqa ishga o‘tkazish, asossiz ravishda boshqa ishga o‘tkazish yoki mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish bilan bog‘liq holda etkazilgan zararni undirish va intizomiy jazo berish masalalariga taalluqli mehnat nizolari alohida qonunlarda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, mehnat nizolari komissiyalari vakolatiga taalluqli emas (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 276-moddasi).



V. Komissiyada nizolarni ko‘rib chiqish tartibi

Komissiya majlisi o‘tkaziladigan joy va vaqt haqida xodim va ish beruvchi, shuningdek, nizoni kщrishda ishtirok etuvchi guvohlar va mutaxassislar oldindan yozma shaklda xabardor qilinadi.

Komissiya mehnat nizosini ariza berilgan kundan boshlab o‘n kun muddat ichida ko‘rib chiqishi shart.

Komissiya o‘n kunlik muddat ichida mehnat nizosini ko‘rib chiqmasa yoki hal etmasa, taraflar vakillari, komissiya a’zolari majlisda ishtirok etishdan bosh tortgan hollarda manfaatdor xodim ushbu nizoni ko‘rishni tuman (shahar) sudiga o‘tkazishga haqli.

Nizo ariza bergan xodimning ishtirokida ko‘riladi. Xodimning ishtirokisiz nizoni ko‘rib chiqishga uning yozma arizasi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Basharti xodim uzrsiz sabab bilan komissiya majlisiga kelmasa, mazkur arizani ko‘rib chiqishni kun tartibidan olib tashlash xususida qaror qabul qilinishi mumkin. Bu holat xodimni takroran ariza bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi.

Xodim, uning vakillari mehnat nizosi ko‘rib chiqilishida ishtirok etish uchun advokat taklif qilish huquqiga ega.

Komissiya majlisga guvohlarni chaqirtirish, mutaxassislarni taklif qilish, ish beruvchidan zarur hisob-kitoblar va hujjatlar taqdim etishini talab qilish huquqiga ega.

Komissiyaning majlisida bayonnoma yuritiladi va ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan qaror qabul qilinadi. Bayonnoma va qarorkomissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.

Bayonnomadaquyidagilar aks etishi lozim:

majlis o‘tkazilayotgan joy va sana;

maktab nomi va komissiya tarkibi;

ariza bergan xodimning familiyasi, ismi, sha’rifi, lavozimi;

ariza kelib tushgan sana va nizoning mohiyati;

komissiya yig‘ilishida ishtirok etayotgan shaxslar, shu jumladan taraflarning vakillari, guvohlar va mutaxassislar haqida ma’lumotlar;

nizoni ko‘rib chiqishda ishtirok etayotgan shaxslarning arizalari, iltimosnomalari va tushuntirishlari;

guvohlar ko‘rsatmasi, mutaxassislar xulosasi va izohi, yozma dalillarni o‘rganish natijalari;

komissiya qarorining mazmuni va uning asosi (qonun hujjatlari, jamoa, mehnat shartnomalariga havola keltirgan holda);

komissiya qarorining mazmuni, qaror ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatlari tushuntirilganligi haqida ma’lumot.

Komissiya ish beruvchi va xodimlar vakillari o‘rtasidagi kelishuvga binoan nizo bo‘yicha xodim talabini qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Qaror dalillar bilan isbotlangan hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga, mehnat shartnomasiga asoslangan bo‘lishi kerak.

Basharti, komissiya ko‘rib chiqilgan nizo bo‘yicha xodimning talablarini qisman qanoatlantirish haqida to‘xtamga kelsa, qarorda xodimning qanoatlantirilgan va rad etilgan talablari, shuningdek, ish beruvchi bajarishi lozim bo‘lgan harakatlar aniq va ravshan aks etishi lozim.

Shu singari, pul undirish haqidagi nizolar bo‘yicha qaror qabul qilish chog‘ida komissiyaning qarorida xodimga tegishli summa aniq ko‘rsatilishi lozim.

Basharti, nizo yuzasidan ish beruvchi va xodimlar vakillari o‘rtasidagi kelishuvga erishilmasa va qaror qabul qilinmasa, bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.

Komissiya qarorida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

maktab nomi, komissiyaga murojaat qilgan xodimning familiyasi, ismi, sha’rifi, lavozimi;

komissiyaga murojaat qilingan va nizo ko‘rib chiqilgan sana;

nizoninng mohiyati;

qabul qilingan qarorning mohiyati va asosi (qonun hujjatlari, jamoa, mehnat shartnomalariga havola keltirgan holda);

yig‘ilishda ishtirok etgan komissiya a’zolari familiyasi, ismi, sha’rifi;

kun tartibidagi masala yuzasidan to‘xtam, ya’ni qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish, rad etish haqida qaror yoki kelishuvga erishilmaganligi haqida ma’lumot.

Qaror majburiy kuchga ega bo‘lib, biron bir tarzda tasdiqlanmaydi.

Qabul qilingan qarorning nusxasi qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida xodimga, ish beruvchiga va xodimlar vakillariga topshiriladi.



VI. Komissiya qarorini bajarish

Mehnat nizolari komissiyasining qarori bu qaror ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan o‘n kunlik muddat o‘tgandan keyin uch kun ichida ish beruvchi tomonidan bajarilishi kerak.

Komissiyaning g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash yoki xodimga uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun ish haqini to‘lash to‘g‘risidagi qarori darhol ijro etilishi lozim.

Ish beruvchi tomonidan qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda, qarorni qabul qilgan komissiya ijro kechiktirilgan barcha vaqt uchun xodimga o‘rtacha ish haqi to‘lash yoki ish haqidagi farqni to‘liq miqdorda to‘lash haqida qaror chiqaradi.

Basharti, ish beruvchi belgilangan muddat ichida komissiya qarorini bajarmasa, komissiya tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo‘lgan guvohnoma beriladi.

Guvohnoma komissiya raisi tomonidan imzolanadi va komissiya muhri bilan, komissiya muhri bo‘lmagan hollarda raislik qiluvchi taraf muhri bilan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, guvohnoma rasmiy ijro hujjati hisoblanadi va majburiy ijro uchun asos hisoblanadi.

Ijro hujjatining asl nusxasi yo‘qolgan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning dublikati undiruv uchun asos bo‘ladi.

Qonun talablariga ko‘ra guvohnomada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

Komissiya (maktab) nomi;

Guvohnoma raqami va uni berishga asos bo‘lgan komissiya qarori (tartib raqami va sanasi);

Xodim (da’vogar)ning familiyasi, ismi, sha’rifi, ish beruvchi (javobgar)ning to‘liq nomi va manzili;

Komissiya qarorining ko‘rsatma beruvchi (qaror) qismi;

Komissiya qarorining kuchga kirish sanasi;

Komissiya guvohnomasi berilgan sana va uni ijroga qaratish muddatlari.

Sud ijrochisi komissiyaning qarorini majburiy tarzda ijro ettirishi uchun xodim yoki manfaatdor shaxs komissiya tomonidan berilgan guvohnomani olgan kundan boshlab uzog‘i uch oy ichida tuman (shahar) sudiga taqdim etishi lozim.

Lekin, ish beruvchi yoki xodim nizoni ko‘rib chiqish uchun sudga ko‘chirish haqida ariza bilan murojaat etgan taqdirda guvohnoma berilmaydi.

Basharti, g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodim komissiya tomonidan berilgan guvohnoma asosida komissiya qarorini majburiy ravishda ijro ettirish yuzasidan sudga murojaat qilsa, sudga kiritilgan da’voda qaror ijrosi kechiktirilganligi tufayli yuzaga kelgan majburiy progul vaqti uchun xodimga haq undirish to‘g‘risida talab ko‘rsatilishi mumkin.



VII. Komissiya qarori ustidan shikoyat qilish

Komissiyaning qarori ustidan manfaatdor xodim yoki ish beruvchi komissiya qarorining nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga shikoyat qilishi mumkin.

Mazkur muddat uzrli sabablarga binoan o‘tkazib yuborilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash va nizoni mohiyati bo‘yicha ko‘rib chiqishni so‘rab sudga da’vo arizasi kiritish mumkin.

III. Kasaba uyushmasining komissiya faoliyatiga
ko‘maklashish borasidagi vazifalari

Kasaba uyushmasi a’zosi nizo yuzasidan maktabning boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasiga murojaat etgan taqdirda, kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimga ish beruvchi bilan munosabatlarida ko‘maklashishi, jumladan, nizoni hal etishda ishtirok etishi, xodimga uning huquqlari, buzilgan huquqlarini tiklash tartibi va usullarini tushuntirishi, komissiyaga murojaat etish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashishi lozim.

Zarur hollarda kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti amaliy yordam so‘rab, yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga murojaat etishi mumkin.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan vakolat berilgan, komissiya a’zosi hisoblanmagan shaxs nizoni ko‘rib chiqish jarayonida xodim manfaatini ko‘zlab ishtirok etishi mumkin.

SHuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari mehnat nizosini ko‘rib chiqish jarayoniga guvoh yoki mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin.

Nizolarni hal etish jarayonida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmasi:

komissiya faoliyatini yo‘lga qo‘yishda tashabbus ko‘rsatib, doimiy ko‘maklashib boradi;

maktabda komissiya faoliyatini tartibga solishga qaratilgan Nizom qabul qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

maktabda xodimlarning bir nechta vakillik organi faoliyat yuritgan hollarda, o‘z a’zolari nomzodini komissiya tarkibiga tavsiya etib, mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanishiga erishadi;

ish beruvchi bilan nizolarni hal etish yuzasidan bevosita muzokaralar jarayonida xodimlar vakili sifatida ishtirok etadi;

kasaba uyushmasi a’zosiga komissiya yoki sudga ariza kiritish, shuningdek, nizoni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq boshqa materiallarni tayyorlashda ko‘maklashadi;

komissiya faoliyatida o‘z vakillari – komissiya a’zolari orqali ishtirok etadi;

komissiya qarorlarini ijro etishda ko‘maklashadi;

komissiya a’zolari va xodimlarning mehnat qonunchiligi bo‘yicha bilimlarini oshirish yuzasidan o‘qishlar tashkil etadi;

jamoa shartnomalariga komissiya a’zolari uchun amaldagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha kafolatlar kiritilishida tegishli chora-tadbirlarni ko‘radi.

IX. Yakuniy qoidalar

Komissiya hujjatlari maktabning moliya-xo‘jalik faoliyatiga doir hujjatlar singari qat’iy hisobga qo‘yilishi va saqlanishi lozim.

Ish beruvchi tomonidan komissiyaning faoliyatiga tashkiliy jihatdan ko‘maklashish, hujjat yuritish va ularni saqlash uchun mas’ul shaxs tayinlanadi.

Komissiya faoliyatini tugatish taraflar kelishuviga ko‘ra jamoa shartnomasiga o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.



O‘rta Chirchiq tuman 44 – sonli maktab da mexnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza etish yuzasidan maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasini 2020 yilda bajarilishi hamda 2021-2023 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasini qabul qilish to‘g‘risida o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilish

bayonnomasi

2021 yil 7-yanvar № 1

Raislik qiluvchi: G`.Z.Saidov 44-sonli maktab direktori

Ishtirok ettilar: G.A.Adilova Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi

A.Ermekbayev Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi

O‘rta chirchiq tuman kengashi raisi

G.Umarova boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

35 nafar xodimlardan 35 nafari ishtirok etishmoqda.



Kun tartibi:

  1. O‘rta Chirchiq tuman 44-SONLI MAKTAB da mehnat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini ximoyalashga qaratilgan maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasini 2020 yilda bajarilishi to‘g‘risida.

  2. O‘rta Chirchiq tuman 44-SONLI MAKTAB ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillar uchun mo‘ljallangan jamoa shartnomasinibajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasi ni tasdiqlash to‘g‘risida.

  3. O‘rta Chirchiq tuman 44- SONLI MAKTAB ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2021-2023 yillar uchun mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyixasini muxokama qilish to‘g‘risida.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan

Eshitildi: Maktab direktor G`.Saidov 2020 yil davomida jamoa shartnomasida belgilangan ish beruvchining majburiyatlarining bajarilishi xamda xamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Kasaba ubshma qo‘mita raisi G.Adilova kasaba uyushma qo‘mitasining 2020 yil davomidagi faoliyati xaqida xisobot berdi.

Xisobot yuzasidan muzokaraga so‘zga chiqdilar:

A.Tulubayev, N.Ergashev olib borilgan ishlar xaqidagi o‘z fikr va muloxazalarini aytib, kasaba uyushmasi qo‘mitasining o‘tgan davrdagi faoliyatini qoniqarli deb topish taklifini bildirdilar.

Taklif bir ovozdan ma’qullandi.

Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan

Eshitildi: jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya a’zosi A.Tulubayev maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasi bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.

Dalolatnoma yuzasidan muzokaraga so‘zga chiqdilar. B.Pak A.Tulubayev,N.Ergashev mukammal tayyorlanganligi, bajarilmagan bandlarni kelgusi yilda bajarilishiga e’tibor kuchaytirish lozimligini ta’kidlashdilar xamda dalolatnomani tasdiqlash taklifini bildirdilar.

Taklif bir ovozdan ma’qullandi.

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan eshitildi. Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Romanova maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyixasini tayyorlanish jarayoni va qisqacha mazmuni bilan barchani tanishtirdi.

Jamoa shartnomasi loyixasi yuzasidan muzokaraga so‘zga chiqdilar:

D.Sharipova, G.Umarova jamoa shartn.Kenjaqulova omasini tuzish yuzasidan deyarli uch oy davomida muzokaralar olib borilganligi, xodimlarning takliflari inobatga olingani xamda ekspert komissiyasidan ekspertizadan o‘tkazilganligini xisobga olgan xolda jamoa shartnomasi loyixasini ma’qullash fikrini bildirdilar.

Taklif bir ovozdan ma’qullandi.

Muzokaraga ishtirok etganlarning fikr-muloxazalari va kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan bildirilgan takliflar inobatga olinib umumiy yig‘ilish



QAROR QILADI:

  1. 2018-2020 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi yuzasidan maktab direktori G.Saidov kasaba uyushma qo‘mitasi raisi G.Adilovalarning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin (ilova qilinadi).

  2. 2018-2020 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi bo‘yicha tekshiruv dalolatnomasi tasdiqlansin (dalolatnoma ilova qilinadi).

  3. 2018-2020 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi qoniqarli deb topilsin.

  4. 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi yuzasidan ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi O‘rta Chirchiq tuman bo‘linmasi kengashi qoshidagi ekspert komissiyaning ekspertiza xulosasi inobatga olinsin.

  5. Jamoa shartnomasi loyixasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyixasi ma’qullansin.

  6. Muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyixasini tayyorlash komissiyasiga:

  • 2021-2023 yillar uchun jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib borish;

  • Jamoa shartnomasi bandlarini bajarilishida moliyaviy intizomga, xarajatlar smetasiga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • Jamoa shartnomasini barcha bandlarini o‘z vaqtilda ijtimoiy sheriklik asosida bajarilishiga erishish;

  • Jamoada yuzaga kelgan mehnat nizolarini ham kelib tushgan murojaatlarni qonunchilikda xamda jamoa shartnomasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;

  • XMT O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalarni, Mehnat qonunchiligi, xodimlar mehnatini muhofazasi xamda Ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi, kollej bitiruvchilarini ish joylarida qo‘nimliligini ta’minlanishi yuzasidan jamoatchilik monitoringini o‘rnatish;

  • Jamoa shartnimasini bajarilishin yil yakunida umumiy yig‘ilishda muhokama qilinishini tashkil qilish vazifalari topshirilsin.

  1. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maktab direktori G.Turakulova hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.Toshpo`latovalar zimmalariga yuklatilsi.

Yig‘ilish raisi: G`.Saidov

Yig‘ilish kotibi: R.Ergasheva

O‘rtachirchiq tuman 44-umumiy o‘rta

ta’lim maktabi mehnat jamoasining

umumiy yig‘lish 2021 yil 7--yanvar

1-sonli bayonnomasiga 1-ilova

O‘rta Chirchiq tuman 44-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2020 yilda bajarilishi yuzasidan maktab rahbari G. Saidovning

HISOBOTI
Ijtimoiy sheriklik asosida ish beruvchi va kasaba uyushmasi tashkilotlari xodimlarining haq-huquqlarini himoyalash, barcha sohalarda o‘tkazilayotgan islohotlarni amalga oshirish borasida chuqur hamkorlikni yo‘lga qo‘yish lozim.Kasaba uyushmasi nufuzli jamoat tashkilotlaridan biri bo‘lib ijtimoiy adolatni qaror toptirish,ijtimoiy madad va nafaqalar haqiqatda ham ehtiyojmand ,yuqori ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarga berilishini ta’minlashga salmoqli hissasini qo‘shmoqda.

Xodimlarni ijtimoiy ,iqtisodiy,huhuqiy manfaatlarini himoyasi ,ish haqlari muntazam ravishda, o‘z vaqtida berilishi hamda jamoa shartnomasining barcha bandlarini bajarilishi maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan nazorat qilib kelinmoqda.

Ta’lim muassasida ta’lim-tarbiya 1 tilda ya’ni o‘zbek tillarida olib boriladi.16 ta sinf ta.Hozirgi kunda 27 nafar pedagoglar o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishmoqda.Ulardan 53 nafari oliy,.Ishchi xodimlar 13 nafar .Maktab quvvati 240 o‘ringa mo‘ljallangan.Hozirda 392 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ta’lim muassasasi 2008 yilda kapital ta’mirlangan.

2019-2020 o‘quv yilida kasalligi va TNK xulosasiga ko‘ra bir nafar o‘quvchi uy sharoitida ta’lim olmoqda.O‘quvchiga barcha asosiy fanlardan mutaxassis pedagoglar biriktirilgan.

Muassasasada kimyo.fizika,biologiya fan kabinetlar va laboratoriya xonasi, kompyuter xonasi va nizom talablari asosida jihozlangan fan xonalari bor.

Muassasa xodimlari mehnatiga haq to‘lash shakllari va tizimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005yil 21 dekabrdagi”Xalq ta’limi tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar va jadvallar asosida amalga oshirib kelinmoqda.Komissiya tarkibida kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari ham faoliyat olib borilmoqda.

Muassasa xodimlariga oylik va mehnat ta’tili ish haqlari o‘z vaqtida berib borilmoqda.

Jamoa shartnomasining bajarilishi umumiy yig‘ilishida muhokama qilindi va unga qo‘shimchalar kiritildi.Davlat dasturlaridan kelib chiqib belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida ijrosini topdi.

2020 yil “ Ilm-ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Ota-onalar ishlar tashkil qilinib muammolar o‘z joyida bartaraf qilindi.Mart oyidan boshlab pandimiya sababli darslar online tashkil etildi.Xodimlarga yil oxirigacha zarur gegienik vositalar bilan ta`minlanib kelindi.Sentabr o

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi bo‘yicha sezilarli ishlar olib borilmoqda.Maktabda bu sohada mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil va komissiya faoliyat ko‘rsatmoqda.Ularning ijobiy ishlari natijasida hech qanday baxtsiz hodisa yuz bermadi.Qo‘nun talablari bajarilishi doimiy nazoratda bo‘lib ,aniqlangan kamchiliklarni tugatish choralari ko‘rib kelinmoqda.

“Ichki mehnat tartibi qoidalari “ ishlab chiqilgan va kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda tasdiqlanib barcha xodimlar tanishtirilgan.

“Ustoz-shogird” an’anasiga ko‘ra bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.Ishlovchi ayollar va yoshlar uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan.imtiyozlar jamoa shartnomasi orqali belgilangan.

Ma’muriyat tomonidan chiqarilayotgan buyruqlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishiladi.

Ta’lim muassasasi ma’muriyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoya qilish borasida jamoa shartnomasi asosida hamkorlikni davom ettiradi.




Maktab direktori G`.Saidov

O‘rtachirchiq tuman 44 -umumta’lim maktabi

Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishining

2021 yil 7-yanvardagi 1-sonli bayonnomasiga


O‘rtachirchiq tuman 44 -umumta’lim maktabi ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasini 2020 yilda bajarilishi to‘g‘risida 44-sonli umumta’lim maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisi

M.Toshpo`latovaning

H I S O B O T I
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan oxirgi yillarda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga juda katta e’tibor berilmoqda. Kasaba uyushmasiga a’zolik badallarini 60 foizini boshlang‘ich tashkilotlarda qoldirilishi, sanatoriy yo‘llanmalaridan oila-a’zolari uchun ham foydalanish imkoniyati, yo‘llanmalar sotib olishdagi imtiyozlar, ayollar, yoshlar, yolg‘iz-keksa kishilar, nogironlar uchun belgilanayotgan ijtimoiy kafolatlar so‘zimizning isbotidir.

Ruxsatingiz bilan 2020- yil davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ayrim ishlarga to‘xtalib o‘tsam. 2020- yilning boshida yillik ish reja tuzilib, shu asosida ishlar olib borildi. Maktabda 60 nafar xodim va xizmatchilar faoliyat yuritmoqda. Shulardan, 53 nafari oliy ma’lumotli, 6 nafari pensioner va 14 nafari ishchi xodimlardir.

Maktab ma’muriyati bilan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan muassasadagi kasaba uyushma a’zolari o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, intellektual huquq va manfaatlarini himoyalab, kasbga oid barcha munosabatlarni tartibga solib kelmoqda.

Ijtimoiy sheriklik tizimiga asosan, ma’muriyat bilan hamkorlikda maktab faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi. Pedagoglarga o‘quv yuklamasi taqsimotida, ichki mehnat tartib qoidalari ishlab chiqilishida, xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan ozod qilishda, shu kabi boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda kasaba uyushmasi qo‘mitasi faol ishtirok etdi.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga kelib tushgan yozma va og‘zaki murojaatlar talabi Mehnat kodeksi asosida qondirildi. Zarur bo‘lgan holatlarda yuqori kasaba uyushmasi tashkilotlari vakillari amaliy yordamga tashrif buyurishdi. Xodimlarni huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbatlari bir necha bor mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. SHu tufayli nizoli holatlar vujudga kelmadi. Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan kamaydi.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xonasida ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi.Butun jahonda COVID -19 pandimiyasi sababli xodimlarga madaniy tadbirlar hamda sog`lomlashtirish maskanlariga yullanma olish haqidagi arizalari qondirilmadi.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tavsiyasiga muvofiq, 1 nafar xodimlarimizga moddiy yordam berildi.

O‘tgan yili jahonda yuzaga kelgan pandimiya sharoitida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarida xodimlarning salomatligi, ijtimoiy - iqtisodiy, huquqiy, mehnat sohasidagi manfaatlari himoyasini kuchaytirish, sport - sog‘lomlashtirish, tadbirlarini yanada rivojlantirishga katta e`tabor qaratildi va Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi O‘rta chirchiq tuman kengashi raisi A.Ermekbayev bilan yil davomida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Mana shunday og`ir pandimiya vaqtida xodimlarga yaxshiroq ish sharoitini yaratish maqsadida Tuman kengashi tomonidan “Arsha” rusumli termos choynak hamda “Beston” rusumli mikro to`lqinli elektr pechi bilan ta`minlandi.

Yil davomida maktab ma’muriyati bilan kasaba uyushmasining tizimli hamkorlikda ishlar olib boridi.

Ish beruvchi tomonidan xodimlarga qulay, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratildi. Jamoa shartnomasi ilovasida alohida ro‘yxatda keltirilgan xodimlarga maxsus kiyim-bosh, zararsizlantiruvchi, gigienik vositalar berildi. Favqulotda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rilgan. Bu borada xodimlar bilan birgalikda o‘quvchilar uchun ham tushuntirishlar olib borilmoqda. Yozgi ta’til davrida maktab binosi to‘liq ta’mirdan chiqarildi va qish mavsumiga tayyorlandi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar nazorati kasaba uyushmasi tomonidan tayinlangan vakil orqali amalga oshirilmoqda.

Yuqori kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan tashkil qilinayotgan sport musobaqalarida, turli ko‘rik-tanlovlarda maktabimiz faol ishtirok etib, fahrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Tanlovda bir necha bor fan olimpiadalarida o‘quvchilarimizning geografiya,ingliz tili fanlari bo‘yicha g‘olib bo‘lganligi o`qituvchilarning tajribali mutaxassis ekanligidan dalolat beradi.

Har yili maktabda ishlovchi ayollar o‘rtasida shashka bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazish an’ana tusiga kirib bormoqda. Bu tadbirlarni uyushqoqlik bilan o‘tkazishda maktab xodimlari faol ishtirok etmoqda va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanmoqda.

Bu kabi amalga oshirilgan ishlardan ko‘plab misol keltirish mumkin.

Kasaba uyushmasi tashkilotlarining chinakam uyushqoq va sohada ta’sirchan kuchga aylanishi uchun hali foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining eng asosiy vazifasi ishlovchilarni ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish ekan, bizga berilgan ishonchni oqlashga, kelgusida yilda bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga harakat qilamiz. Sizlarga farzandlarimizga ta’lim-tarbiya berishdek ulkan vazifalarni amalga oshirishingizda kuch-g‘ayrat, ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.

O‘rta Chirchiq tuman

44–sonli umumta’lim maktabi

mehnat jamoasining

umumiy yig‘ilishining 2021 yil 7-yanvardagi

1-sonli bayonnomasiga

3-ilova

O‘rta Chirchiq tuman 44–sonli umumta’lim maktabi ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasini

2020 yilda bajarilishi haqida tekshiruv


MA’LUMOTNOMA-DALOLATNOMASI
Komissiya a’zolari tomonidan O‘rtachirchiq tuman 44 -umumta’lim maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasini 2020 yilda bajarilishini tekshirib quyidagilarni aniqladik:

jamoa shartnomasining barcha bo‘limlari bo‘yicha 144 ta tadbir (majburiyat) bajarilishi ko‘zda tutilgan yil davomida jami 144 tasi bajarildi.

Jamoa shartnomasining mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar bandidan boshqa barcha bandlari to‘la va muddatdan ilgari bajarildi.

Jamoa shartnomasining 1-bo‘limi bo‘yicha 27 ta majburiyat bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lib ulardan 27 tasi to‘liq bajarildi.

19 banddan iborat bo‘lgan jamoa shartnomasining 1-bo‘limi ya’ni tomonlarning majburiyatlari ham to‘liq bajarildi. Shu bandlarga asosan Urta Chirchik xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi ma’muriyati ishlovchilarni iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishib ish yuritdi. Pedagog xodimlarni kommunal imtiyozlardan foydalanishi ta’minlandi. O‘z navbatida kasaba uyushma qo‘mitasi ham ishlovchilarni tashabbus va ijodiyotini qo‘llab-quvvatlashga mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni bajarilishini doimo nazorat qilib keldi. Kasaba uyushmasi a’zolari orasida mehnat intizomini mustahkamlashga oid tushuntirish ishlari olib borildi. Ish beruvchi va ishlovchilar o‘rtasida mehnat nizolariga olib keluvchi vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rdi.

Jamoa shartnomasini 2-bo‘limi 12 banddan iborat bo‘lib uning 2.1-bandi mehnat shartnomasi bandlik kafolatlari deb ataladi. Unda ko‘rsatilgan ishga qabul qilish, vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilinganda amal qilinishi lozim bo‘lgan bandlar bajarildi.

Jamoa shartnomasining 2.2-bandiga muvofiq mulk shakllarini o‘zgarishi ya’ni xususiylashtirish ishlari amalga oshirilmadi.

Shartnomaning 2.3-bandi ya’ni mehnatga haq to‘lash. Jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarilishiga qarab mehnatga haq to‘lash tartibga solindi. Jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarilishiga qarab mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmida ko‘rsatilgan 3 ta band ya’ni qishloq xo‘jaligi ishlariga, malaka oshirish, xizmat safarida bo‘lish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish davrida xodimlarni o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etildi. Bundan tashqari xodimlar soni qisqartirilishi Mehnat kodeksining 103-moddasiga asosan amalga oshirildi.

Barcha pedagoglar kasb malakasiga qarab 1 stavkadan kam bo‘lmagan ish bilan ta’minlandilar hamda yangi ishga qabul qilinganlarning barchasi bilan mehnat shartnomasi tuzildi. Mehnat shartnomasini 2020 yilda ish beruvchini tashabbusi bilan bekor qilish holatlari qayd etilmadi.

Jamoa shartnomasining 2.5-bandi ish vaqti va dam olish vaqti 12 banddan iborat bo‘lib barcha bandlar asosan bajarildi.

Jamoa shartnomasining 2.6-bandi ya’ni xodimlarni, shu jumladan ayollar va 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologiya jihatidan xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi asosan bajarildi. Qish mavsumida maktab binolari etarli darajada isitilganligi hamda yoritilganligi sababli ishlovchilarga samarali mehnat qilish imkoniyatini berdi. Maktabda yong‘inga qarshi tadbirlarni amalga oshirish choralari ko‘rildi. Ish jarayoniga aloqador baxtsiz xodisalar ro‘y bermadi.

Jamoa shartnomasining 2.36-bandiga asosan mehnat nizolari komissiyasi Mehnat kodeksi asosida faoliyat ko‘rsatdi.

Jamoa shartnomasining 2.10-bandi ya’ni madaniy-ommaviy, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport ishlari bo‘limida ko‘rsatilgani bo‘yicha ishlovchilar o‘rtasida sport musobaqalari hamda muhim sanalarda bayram tadbirlari o‘tkazildi. Maktabda tashkil etilgan ma’naviyat xonasi samarali faoliyat ko‘rsatdi. Maktab Prezident asarlari va mustaqillik yillarida chop etilgan zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlandi. Muassasa «Ishonch» gazetasiga obuna qilindi.

Jamoa shartnomasining 2.11-bandi «Kasaba uyushma qo‘mitasi va saylab qo‘yiladigan kasaba uyushma faollari faoliyatining kafolatlarini ta’minlash» deb nomlanadi.Unga asosan asosiy ishidan ozod etilmagan kasaba uyushma faollari uchun uyushtirilgan o‘quvlar, kengashlar, rayosat yig‘ilishlarida ishtirokiga ketgan vaqti uchun ish haqi saqlab qolindi.

Jamoa shartnomasining 2.12-bandiga asosan jamoa shartnomasi bandlarini bajarilishini nazorat qilish shartlari asosan bajarildi.

Ishlovchilarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida gapirsak ayniqsa, ishlovchilarni va ularni farzandlarini sog‘lomlashtirish, shuningdek ularni jismonan kamol toptirish masalalari diqqat markazimizda bo‘ldi. Har yili maktabda ishlovchi ayollar o‘rtasida shashka bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazish an’ana tusiga kirib bormoqda. Bu tadbirlarni uyushqoqlik bilan o‘tkazishda maktab xodimlari faol ishtirok etmoqda va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanmoqda. Bundan tashqari xodimlarni sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari ham ko‘rilmoqda. Maktab o‘zining xarajat smetasiga ega bo‘lib maktab kasaba uyushmasida tashkil etilgan hisob daftarlari orqali hisob-kitob ishlarini amalga oshirmoqdalar. Moddiy yordam va mukofot pullari o‘z vaqtida to‘lab berilmoqda.

SHu birga birga yil davomida kuyidagi masalalar amalga oshmay kolganligini ma’lum qilamiz:


  1. Xodimlarni ma’muriyat hisobidan tibbiy kurikdan o‘tkazish uchun mablag‘ ajratilmadi.

  2. Maktabda 60 nafar xodim ishlashiga qaramasdan mehnat muhofazasi buyicha shtat ajratilmadi.

Kelgusi jamoa shartnomalarida mazkur bandlarning ijrosini ta’minlashga asosiy e’tibor karatish oldimizda turgan muhim vazifalarga kiradi.

Komissiya hamraisi

G.Saidov__________

Komissiya hamraisi



G.Adilova ___________


Komissiya a’zolari:










1

A.Tulubayev

  1. G.Umarova

2

N.Ergashev

  1. S.Kenjaqulova

3

D.Sharipova

  1. K.Djumadillayeva










Download 220.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling