Xodimlari kasaba uyushmasi


XV. JAMOA SHARTNOMASI BAJARILISHINI NAZORAT QILISH


Download 220.22 Kb.
bet39/42
Sana09.01.2022
Hajmi220.22 Kb.
#267007
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Касаба Шартнома 44

XV. JAMOA SHARTNOMASI BAJARILISHINI NAZORAT QILISH




  1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi manfaatlari u tomonidan ifoda etilayotgan xodimlar nomidan Ish beruvchi bilan jamoa muzokaralarini olib borishga, jamoa shartnomasini tuzishga bo‘lgan ustuvor huquqqa ega, shuningdek uning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunining 29- va 34-moddalari).

  2. Taraflar tenglik asosida, mazkur Shartnoma bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya tuzadilar va bir yilda bir marotaba mazkur Shartnoma bajarilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazish va natijalarni mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama qilishni o‘z zimmalariga oladilar.

  3. Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida Ish beruvchining maktab xodimlarining majburiy mehnatga jalb kilinmasligiga oid majburiyatlari to‘liq bajarilishi yuzasidan hisoboti eshitiladi.

  4. Taraflar Bosh, tarmoq kelishuvlarini tan olib ularni bajarish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Basharti yuqorida nomlari keltirilgan kelishuvlarga o‘zgartirishlar kiritilsa, Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi 10 kun muddat ichida mazkur Shartnomaga tegishli o‘zgarish, qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha muzokaralar olib borishni o‘z zimmalariga oladilar.

  5. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi jamoa shartnomasi loyihasini ma’qullash yuzasidan chaqiriladigan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishidan oldin uning loyihasini ekspertiza uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga yoki yuridik firmaga taqdim etadi.

  6. Mazkur Shartnoma imzolangandan so‘ng, taraflar uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga taqdim etadilar.

  7. Jamoa shartnomasi imzolangandan so‘ng, tomonlar uni bajarilishi bo‘yicha tadbirlar rejasi, mas’ullar va muddatlarini belgilab oladilar.

  8. Jamoa shartnomasining matni va ilovalari bilan xodimlar Maktabning o‘qituvchilar xonasida hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasida tanishishlari mumkin.

  9. Shartnomaning amal qilish davrida yoki amal qilish muddatini uzaytirish davrida kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar, qo‘shimcha kelishuv ko‘rinishida bo‘lgan alohida hujjatlar bilan rasmiylashtirilib, mazkur Shartnomaning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.

  10. Jamoa shartnomasining ilovalari uning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.


Download 220.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling