Xodimlarni boshqarish korxonada band bo’lgan


Download 113.6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2023
Hajmi113.6 Kb.
#1476168
Bog'liq
Презентация2



Xodimlarni boshqarish 
– korxonada band bo’lgan 
kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali 
foydalanish, ularning normal faoliyat ko’rsatishi 
uchun zaruriy shart – sharoitlar yaratish bo’yicha 
o’zaro bog’langan tashkiliy – iqtisodiy va ijtimoiy 
tadbirlar tizimi tushuniladi.
Xodimlarni boshqarish ikki xil usulda amalga 
oshiriladi
1 – Funksional boshqaruv
2 – Tashkiliy boshqaruv


Xodimlarni boshqarish.
Funksional boshqaruv 
– bevosita kadr masalasini hal etish bilan 
bog’liq vazifalar, yani kadrlarni tanlash, ishdan bo’shatish, 
malakasini oshirish kabi funksiyalarni qamrab oladi.
Tashkiliy boshqaruv 
– Kadrlar ishi uchun bevosita javob beruvchi 
barcha shaxs va institutlar, yani rahbarlar, kadrlar bo’limi, 
kasaba uyushmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi. 


Xodimlarni Rejalashtirish 
– bu inson omiliga bo’lgan ehtiyojni 
oldindan aniqlashdir. Bu jarayon uch bosqichdan iboratdir.
Mavjud hodimlarni baholash
Istiqbolda hodimlarga bo’lgan talabni rejalashtirish
Xodimlarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish


Xodimlarni boshqarish samaradorligi ko’p jihatdan 
xodimlarni tanlashga bog’liq
Xodimlarni tanlash 
– bu ikki taraflama jarayondir. Bir 
tomondan korxona davogarga ish berish yoki bermaslikni 
hal qilsa,ikkinchi tomondan davogar agar ishga taklif 
qilinsa, u taklifni qabul qilishi kerakmi yoki 
kerakmasligini hal qiladi
.


Xodimlarni Tanlash
Davogarlarni, ayniqsa o’zi haqida qisqacha malumotlarni 
taqdim etgan davogarlar haqida ko’proq malumot to’plash.
Ochiq berigan tavsiyalarga ortiqcha ishonmaslik, ularni shaxsan 
surishtirish
Nomzod haqida yetarli malumot olish uchun uning sobiq ish yutituvchisiga 
qo’ng’iroq qilish yoki u bilan shaxsan uchrashib suhbat qurish.
Har bir davogarni oilaviy va ijtimoiy ahvoli bilan tanishish.


Xodimlarni tanlashda ularning ko’p qirrali xislatlarini 
aniqlashga imkon beruvchi quyidagi maxsus usullar 
qo’llaniladi
1 – anketa malumotlarini tahlil qilish usuli
2 – ruhiy testlash usuli
3 – amaliy ish o’yinlarini o’tkazish usuli
4 – malakaviv testlash usuli
5 – Taqrizlarni tekshirish usuli
6 – suhbat o’tkazish usuli
7 – attestatsiyadan o’tkazish usuli
8 – reyting usuli


Nomzodlarga berilgan baholar va tavsiyalarni tahlil qilish 
hamda ular bilan suhbatlar olib borishda quyidagilarga 
etibor qaratish zarur.
1 – nomzodni topshirilayotgan ishni bajara olishi
2 – zarur hollarda kasbiy malumotini oshira bilishi
3 – texnikaga nisbatan etibori
4 – nomzodning fel – atvori
5 – unung halolligi mulohazaliligi va to’g’riligi
6 – tashabbuskorligi hayotga talabchanligi
7 – ishga hamda ish kunining davomiyligiga
8 – og’ir sharoitda o’zini tutishiga
9 – salomatligi tashqi ko’rinishi vaqtni taqsimlay bilishiga
10 – hunari va bo’sh vaqtidagi mashg’ulotlariga diqqat qilish 
lozim. 


Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari 
Guruh
– bu muayyan belgiga, masalan sinfiy mansublikka 
birgalikda faoliyat ko’rsatishning mumkinligiga va uning 
harakteriga tashkil topish hususiyatlari va shu kabilar 
asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir
Guruhlar tasniflanishiga ko’ra:
1 – kichik va katta guruhlar
2 – real (bog’langan) shartli (sinfiy,kasbiy,jinsiy,milliy,yosh) formal 
(rasmiy) va noformal (norasmiy).
3 – rivojlanish darajasi turlicha bo’lgan, yani rivojlangan va yetarli 
darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga bo’linadi


Katta guruhlarga 
– firmaning mehnat jamoasi yoki ko’plab 
hodimlarni bir – biri bilan bevosita bog’laydigan,yagona bir 
rahbarga bo’ysunadigan,firma faoliyatiga oid barcha uchun 
umumiy bo’lgan ichki tartib qoidalariga amal qiladigan jamoani 
kiritish mumkin.
Katta guruhlar 
bazi bir belgilari (sinfiy,kasbiy,jinsiy,milliy,yosh)ga 
binoan ajratiladigan va birlashtiriladigan shartli guruhlar 
shaklida bo’lishi mumkin.
Katta guruhga 
kiritilgan kishilar hech qachon bir birlari bilan 
uchrashmagan bo’lsalar ham lekin bu hildagi guruhga ajratilgani 
uchun asos bo’lgan belgilarga ko’ra umumiy, ijtimoiy va ruhiy 
tarifga ega bo’lishi mumkin.


Kichik guruhlar 
– doimo umumiy bog’langanlikda bo’lib, unga 
kiruvchi shaxslarning o’zaro birlashuvidagi real harakati va ular 
o’rtasidagi real munosabatlar bilan o’zaro bog’langandir.
Kichik guruhlar
rasmiy (formal) bo’lishi, yani yuridik jihatdan 
qayd etilgan huquq va burchlarga, normativ asosida o’rnatilgan 
tizimga, tayinlab va saylab qo’yilgan rahbarlikka ega bo’lishi 
mumkin.
Yuridik jihatdan qayd etilgan maqomga ega bo’lmagan 
shaxslararo munosabatlar (do’stlik, xayrixohlik, hamjihatlik, 
ishonch kabilar) bilan tarkib topgan 
norasmiy (noformal) 
guruhlar ham mavjud.

Document Outline

  • Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7: Nomzodlarga berilgan baholar va tavsiyalarni tahlil qilish hamda ular bilan suhbatlar olib borishda quyidagilarga etibor qaratish zarur. 1 – nomzodni topshirilayotgan ishni bajara olishi 2 – zarur hollarda kasbiy malumotini oshira bilishi 
  • Slide 8: Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari 
  • Slide 9
  • Slide 10

Download 113.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling