Xodimlarni rag’batlantirish


Download 335.91 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi335.91 Kb.
#1551992
Bog'liq
7 Shaydullayev.I

Xodimlarni rag’batlantirish

Mehnat uchun rag’batlantirish qanday tartibda amalga oshiriladi. O’zining mehnat vazifalarini bajarishdagi yutuqlari, halol va vijdonan mehnat qilgani, korxona ijtimoiy hayotida faol ishtirik etgani, davlat va jamiyat ishlaridagi jonbozligi hamda ulkan xizmatlari uchun xodimlar moddiy va manaviy shakllarda rag’batlantirilishi mumkin. Bunday choralar, birinchidan, xodimning yuksak ish natijalari, samarali mehnati, ijtimoiy-siyosiy faolligini korxona hamda jamiyat tomonidan e’tirof etish, ikkinchidan, uni fidokorona mehnati uchun munosib taqdirlash , uchinchidan, halol va sidqidildan bajarilgan ish hech qachon e’tibordan chetda qolmasligini ko’rsatish va

shu asosda boshqa xodimlarni o’z xizmat vazifalarini jon-dildan bajarish tuyg’ularini shakllantirish, to’rtinchidan korxonadagi ma’naviy-ruhiy muhitni sog’lomlashtirish va yaxshilashga xizmat qiladi. Ishdagi yutuqlari uchun xodimga nisbatan rag’batlantirish choralari qo’llanilishi mumkin. Rag’batlantirish turlari, ularni qo’llanish tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartib qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom tog’risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo’yiladi. Xodimlar mehnat sohasidag davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin .

Ish haqi, mukofotlar, qo’shimcha to’lovlar, ustamlar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa to’lovlar rag’batlantirish turlariga kirmaydi. Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida (183-modda) xodimga nisbatan rag’batlantirish choralari qo’llanilmaydi. Xodimlarni rag’batlantirish asoslari,shartlari va tartiblari mehnat kodeksi hamda uning asosida qabul qilingan boshqa mehnatga oid qonun hujjatlarida, korxonaning jamoa shartnomasida, Ichki mehnat tartibi qoidalarida, boshqa lokal me’yoriy hujjatlarida belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 14-iyunda 746-son bilan ro’yxatga olingan “Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat mehnat tartibining Namunaviy qoidalari” ga ko’ra mehnat majburiyatlarini tegishli ravishda bajarish, mehnatda yuqori natijalarga erishish, korxonada uzoq muddat na’munali ishlagani va ishdagi boshqa yutuqlari uchun korxona xodimlariga nisbatan quyidagi rag’batlantirishlar qo’llanilishi mumkin: Tashakkurnoma; Pul mukofoti bilan taqdirlash; Qimmatbaho sovg’a bilan mukofotlash;

Jamiyat va davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun xodimlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. Taqdirlash, odatda, mazkur xodim ishlayotgan tarkibiy bo’linma rahbarining yoki mehnat jamoasining iltimosiga ko’ra korxona tomonidan chiqariladigan buyruqqa binoan e’lon qilinadi. Ushbu rag’batlantirish choralari ro’yxati na’munaviy va tavsiyaviy xususiyatga ega bo’lib, har bir korxona yoki tashkilot o’zining moliyaviy imkoniyatlariga asoslangan holda istagan shakldagi rag’batlantirish shakllarini Ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal me’yoriy hujjatda nazarda tutushi mumkin. Mukofot bilan taqdirlash, qimmatbaho sovg’a berish moddiy rag’batlantirish shakllari sanaladi.

Ish haqi tizimida ko’zda tutilgan mokofotlar xodimlarni rag’batlantirish shakli sanalmaydi va mehnatga haq to’lashning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Xodimlarni mukofotlash korxona ish beruvchisi tomonidan xodimlar vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan va korxona jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan maxsus lokal hujjat (Xodimlarni mukofotlash tog’risida Nizom) asosida amalaga oshiriladi. Korxona rahbarini mukofotlash yuqori turuvchi rahbar yoki kollegial organ tomonidan amalga oshiriladi. Muayyan hollarda (masalan aksiyadorlik jamiyatlarida) bunday qoida boshqa rahabar xodimlarga nisbatan ham joriy etilishi mumkin.


Download 335.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling