Xodimlarning hisobiga doir xujjatlar bilan ishlash r reja: Xodimlarning hisobiga doir hujjatlar. Xodimning ish haqidan: daromad solig’i
Ish haqi hisobi uchun hujjatlar. Mehnat va
Download 19.85 Kb.
|
Документ Microsoft Word
2.Ish haqi hisobi uchun hujjatlar. Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomasi
Xodimni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Korxonada xodimlarning shtat jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Unda xodimlarnmg okladining miqdori va mansablar ro’yxati boTadi. Har bir xodimga buxgalteriyada kartochka ochiladi va har oyda unga hisoblangan ish haqi summasi yozib boriladi. Xodimning ish haqi asosiy va qo’shimcha ish haqidan iboratdir. Asosiy ish haqi deb, bajargan ishi uchun hisoblangan ish haqi, tarif stavkasi, oklad, mukofot, normal mehnat sharoitining buzilishi natijasida to`lanadigan qo’shimcha to`lovlar, kechki vaqtlarda ishlagani uchun haq, korxona aybi bilan bekor turib qolishlar va boshqalarga aytiladi. Qo’shimcha ish haqi deb, ishlamagan vaqtlarida qonunchilikka nazarda tutilgan paytlarda to`lanadigan to`lovlar tushiniladi. Ularga navbatdagi mehnat ta’tili, emizdirish uchun tanaffuslar, davlat va jamoat ishlarini bajarish uchun ketgan vaqtlar, va boshqalar kiradi. Mehnatga haq to`lashning ishbay va vaqtbay shakllari mavjud. Ishbay ish haqisi xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori, sifati, malakasi va sarf qilingan vaqtlari hisobga olinib to`lanadigan/hisoblanadigan ish haqiga aytiladi. Vaqtbay ish haqisi xodim tomonidan sarf qilingan vaqtlari va malakasi hisobga olinib to`lanadigan/hisoblanadigan ish haqiga aytiladi. Qo’shimcha to`lovlar - kompensatsiya tusidagi va ish me’yori hamda mehnat sharoitlariga bog’liq boTgan xodimlar foydasiga beriladigan to`lovlardir. Tungi vaqtdagi ish uchun ko’shimcha to’lov - soat 22.00 dan to soat 6.00 gacha boTgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi (MK 122 moddasi). Hiilador ayollar va o’n to’rt yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar, 18 yoshga to`lmagan shaxslar va boshqa shaxslarga qo’yilmaydi. Tungi vaqtdagi barcha ish korxonadagi birlamchi hujjatlarda rasmiylashtiriladi va tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida 1.5 baravar miqdorda haq to`lanadi (MK 158 modda). Ish vaqtidan tashqari ish uchun qo ’shimcha to’lovlar - xodim uchun belgilangan kundalik ish muddatidan tashqari ishlash ash vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Bunda ishlar, xodim o’z asosiy ishini yoki o’z vazifasi doirasidan tashqari ishni bajarganidan qat’i nazar ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Unga kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi (MK 157 modda). Bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to`lanadi. Asosiy ish bilan bir qatorda boshqa kasb bo’yicha qo’shimcha ishlarni bajarish bir necha kasbda ishlaganlik deb ataladi. Mehnat kodeksida bir necha kasbda ishlaganlik yoki xizmat ko’rsatish doirasi kengayligi uchun ustamalar miqdoriga nisbatan hech qanday cheklashlar qoTlanilmagan. Ko’p yil ishlaganlik uchun taqdirlash, qoidagi ko’ra, ayrim tashkilotlarda xodimlarning uzoq muddat mehnatini rag’batlantirish maqsadida belgilanadi. Mukofotlash tizimi xodimlarga topshiriqlar va shartnomaviy majburiyatlarini bajarishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligi va ish sifatini oshirish maqsadida o’z asosiy ish haqlaridan tashqari qo’shimcha pul summalarini to`lashni nazarda tutadi. Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati jonli mehnatni iste’mol qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi-soatlar bilan o‘lchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan mahsuloti, iste’molchilarga ko‘rsatgan xizmatlar uchun sarflangan mehnatiga haq to‘lash miqdorini asoslash hamda aniqlashni tat qiladigan o‘zaro munosabatlar vujudga keladi. Ishlab chiqarish faoliyatida markaziy o‘rinni mehnat va uning natijalari egallaydi, chunki uning yordami bilan mahsulot yaratiladi. Bu holat mehnat munosabatlarini belgilaydiki, hech bir korxona kerakli miqdordagi va tasnifdagi mehnat resurslarisiz o‘z maqsadiga erisha olmaydi. Mehnat resurslari esa ishlaganliklari uchun mehnat haqi bilan ta’minlanadilar. Mehnat haqi - bu mehnatning bahosi yoki narxidir. Uning miqdori va dinamikasi bozor omillariga, birinchi navbatda esa unga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq.Mehnat haqi - bu tovarning puldagi ifodasi “ishchi kuchi” yoki “ishchi kuchining narxi”. Uning miqdori ishlab chiqarish sharoiti hamda bozor omillari - talab va taklif, ya’ni bu omillar ta’sirida bozorda ishchi kuchi narxi va ish haqi o‘rtasida tafovut yuzaga keladi (ish haqi haqiqiy narxidan oshishi yoki kamayishi mumkin). Mehnat haqi - bu jamiyat ko‘lamida milliy daromadning ishchilar va xizmatchilar o‘rtasida ular mehnatining miqdori va sifatiga muvofiq taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’moli maqsadlari uchun foydalaniladigan qismidir. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning mehnat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan mustahkamlangan. Unga ko‘ra, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlab va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Mehnat haqining miqdorini belgilash ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi . Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o‘zgarish ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to‘lash fondi, to‘lov turlari va xodimlar toifa bo‘yicha hamda mehnatga haq to‘lash fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to‘lovlar korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat me’yori va unga haq to‘lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa: ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida xujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hsoblash va uni belgilangan muddatlarda to‘lash; soliqlar va boshqa ish haqidan ushlanmalar qo‘shilgan holda korxona xodimlari bilan mehnatga haq to‘lashga doir hisob - kitoblarni o‘z vaqtida o‘rnatilgan muddatlarda olib borish; hisoblangan mehnat haqi summasini va ijtimoiy sug‘urta fondlariga ajratmalar summasini mahsulot tannarxiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida o‘tkazish; operativ boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish hamda ijtimoiy sug‘urta fondlari bilan hisob - kitob qilish maqsadida mehnat va unga haq to‘lash ko‘rsatkichlarini tezkor yig‘ish va guruhlash; ish haqidan byudjetga majburiy to‘lovlarni, shuningdek, korxonagayetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar foydasiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida ushlab qolish va o‘tkazish; xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlash; ish vaqtining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish; sarflangan mehnat yoki ishlab chiqarilgan mahsulotni tegishli hujjatlarda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish; Download 19.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling