Xodimlarning mehnatga moslashish jarayoni. Reja: Mehnatga moslashuvning mohiyati va tuzilishi
Download 33.22 Kb.
|
XODIMLARNING MEHNATGA MOSLASHISH JARAYONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatga moslashish (ko’nikish)
- Kasbiy moslashuv
- Ijtimoiy-tashkiliy moslashuv
- Psixofiziologik moslashuv
XODIMLARNING MEHNATGA MOSLASHISH JARAYONI. Reja: 1.Mehnatga moslashuvning mohiyati va tuzilishi. 2.Mehnatga moslashuvning ob’yektiv va sub’yektiv omillari. 3.Kasbga yo’naltirish moslashuv va korxonada karera tizimi. Tayanch iboralar: moslashuv; mehnatga moslashish (ko’nikish); birlamchi va ikkilamchi mehnatga moslashuv; kasbiy moslashuv; ijtimoiy-psixologik moslashuv; ijtimoiy-tashkiliy moslashuv; madaniy-maishiy moslashuv; psixofiziologik moslashuv; mehnatga moslashuvning ob’yekiv va sub’yektiv omillari; kasbiy tanlash; martaba; kasbiy martaba; tashkilot ichidagi martaba. Mehnatga moslashuvning mohiyati va tuzilishi. Moslashuv (adaptatsiya) tushunchasi lotincha adapto-moslashuvchan degan so’zdan kelib chiqqan. Bu so’z biologiyadan o’zlashtirib olingan bo’lib, atrof-muhitga ko’nikish, moslashish ma’nolarini anglatadi. Mehnatga moslashish (ko’nikish)–bu shaxsning yangi mehnat vaziyatini o’zlashtirishning ijtimoiy jarayoni bo’lib, unda shaxs va mehnat muhiti bir-biriga faol ta’sir ko’rsatadi, va moslashuvchi-moslashtiruvchi tizimlar hisoblanadi. Mehnatga moslashish birlamchi bo’lishi (xodimning mehnat muhitiga kirishi) va ikkilamchi (kasbni almashtirish va almashtiromagan holda ish o’rnini almashtirishida yoki muhitning jiddiy ravishda o’zgarishida) bo’lishi mumkin. Ular murakkab tuzilishga ega bo’lib, kasbiy, ijtimoity-psixilogik, ijtimoiy-tashkiliy, madaniy-maishiy va psixofiziologik moslashuvdan iboratdir. Kasbiy moslashuv shaxsning kasbiy ko’nikmalar va malakalarni muayyan darajada egallashida, unda ayrim kasbiy jihatdan zarur hislatlarning shakllanishida, xodimning o’z kasbiga nisbatan barqaror ijobiy munosabatda bo’lishining rivojlanishida ifodalanadi. Ijtimoiy-psixologik moslashuv mehnat tashkiloti (jamoasi)ning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o’zlashtirishda, unda qaror topgan o’zaro munosabablar tizimiga kirishda, unimng a’zolari bilano’zaro ijobiy hamjihat bo’lishda o’z ifodasini topadi. Xodim ijtimoiy-psixologik moslashuv jarayonida tashkilaoning real hayotiga kirib boradi, unda ishtirok etadi, xodimda hamkasblari, rahbarlar, ma’muriyat bilan o’zoro ijobiy munosabatlar qaror topadi. Ijtimoiy-tashkiliy moslashuv korxona (jamoa)ning tashkiliy tuzilishi, boshqaruv tizimi va ishlab chiqarish jarayoniga, xizmat ko’rsatish tizimi, mehnat va dam olish rejimini o’zlashtirishni bildiradi. Madaniy-maishiy moslashuv–mehnat tashkilotidagi turmush xususiyatlari va bo’ shvaqtni o’tkazish an’analarini o’zlashtirishdir. Bu moslashuv xususiyati ishlab chiqarish madaniyati darajasi, tashkilot a’zolarining umumiy rivoljlanishi, ishdan bo’ shvaqtdan foydalanish xususiyatlari bilan belgilanadi. Mehnat tashkilotidagi a’zolar, faqat ishdagi munosabatlar bilan bog’lanib qolmasdan, shu bilan birga, dam olishni, bo’ shvaqtni birgalikda o’tkazadigan, bunda shaxsning har tomonlama kamol topishiga e’tibor beriladigan jamoalarda madaniy-maishiy moslashuv tezroq sodir bo’ladi. Psixofiziologik moslashuv bu xodimlar uchun mehnat vaqtida zarur bo’ladigan shart-sharoitlarni o’zlashtirish jarayonidir. Zamonaviy ishlab chiqarishda faqat texnika va texnologiya emas, balki ishlab chiqarish sharoitidagi sanitariya-gigieni normalari ham ma’naviy jihatdan eskirib boradi. Hozirgi zamon xodimi sub’yektiv ravishda qabul qilinadigan sanitariya-gigiena shinamligidan, mehnat maromidan, ish o’rnidagi qulayliklar va hokazolar ozgina bo’lsa ham chetga chiqilishiga juda sezgirlik bilan qaraydi. Ko’pgina tadqiqotlar materiallarining ko’rsatishicha, ishchilar uchun sanitariya gigiena shinamligi shart-sharoitlari keskin bo’lib turadi va ular buni og’rinib qabul qiladilar. Xodim moslashuv jarayonida quyidagi bosqichlarni boshdan kechiradi: Tanishish bosqichi, bunda xodim umuman yangi vaziyat haqida, turli harakatlarga baho berish, etalonlar, muomala normalari to’g’risida axborot oladi. Ko’nikish bosqichi, bu bosqichda xodim qadriyatlarning yangi tizimi asosida elemntlarini bilib oladi, lekin o’zining ko’pgina qarashlarini saqlab qoladi. Assmilyatsiya bosqichi, bunda xodim muhitga to’liq moslashadi, Yangi guruhga o’rganib qoladi. Birxillashtirish (identifikatsiya) bosqichi, bunda xodimning shaxsiy maqsadlari mehnat tashkilotining, korxona va firmaning maqsadlari bilan o’xshab qoladi. Birxillashtirish xususiyati bo’yicha xodimlarning uch toifasini farqlash mumkin: befarqlar, qisman bir xil va to’liq bir xil xodimlardan iborat bo’ladi. Xodimlarning turli toifalari moslashuvning normal muddati bir yildan uch yilgacha bo’ladi. Mehnatga moslashuvning ob’yektiv va sub’yektiv omillari. Download 33.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling