O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
YUNALISH (IQTISODIYOT TARMOQLAR VA SOHALAR BO’YICHA) YO‘NALISHI
932-20-GURUH TALABASI
XODJAMIYOROVA MADINANING
INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN
JIZZAX-2023
HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA'LIMOTLARINING ASOSIY YOʻNALISHLAR
Reja:
Hozirgi davr iqtisodiy bilimlarining asosiy xususiyatlari.
Ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishining shakllanishi va rivojlanishi.
Keynsning iqtisodiy qarashlari,keynschilik, yangi Keynschilik.
Yangi klassik (neoklassik) yo’nalish.
Hozirgi davr iqtisodiy bilimlarining asosiy xususiyatlari.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bunday sharoit, xozirgi davr iqtisodiy g`oyalarining shakllanishi va rivojlanishi uchun boshlangich nukta bo’ldi.
Iqtisodiy bilimlar tarixida mazkur g`oyalarning vujudga kelishi va rivojlanishi asosan uch xil yo’nalishga ajratib o’rganilmoqda:
Bo’lar: 1. Ijtimoiy-institustional; 2. Keynschilik va yangi keynschilik; 3. Neoklassik.
Neoinstitustionalizm 60-70 yillardagi ijtimoy institustional yo’nalish. Amerikalik nazariyotchi L.Lou, shvestiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqarilgan. J.K.Gelbreyt va R.Xeylbroner tomonidan rivojlantirilgan. Iqtisodiy jarayonlar rivoji industriya va texnokratiya rolining o’sishi bilan bog`liq qaraladi. Ijtimoy xayotga asoslanib, iqtisodiy jarayonlar borishi tushuntiriladi.
Birinchi davrdagi iqtisodiy g`oyalar uch oqimga bo’linadi.
1.ijtimoiy-psixologik (T.Veblen).
2.ijtimoiy-xuquqiy (Jon R.Kommons).
3.emperik yoki kon’yuktura-statistik (U.Mitchell).
2-yo’nalish
Jon R.Kommons (asarlari: «Kapitalizmning xuquqiy asoslari»(1924), «Institustional iqtisodiyot. Uning siyosiy iqtisoddagi urni»(1934), “Jamoa faoliyatining iqtisodiy nazariyasi» (1950)asarlarida bayon qilinadi).
U iqtisodiyotda nazariya va yuridik konstepstiyalar to’g`risidagi koidalarning o’zaro korishmalarini taklif etadi.
3-yo’nalish
Uesli Kler Mitchell (asari: «Iqtisodiy nazariya tiplari to’g`risida lekstiyalar»(1935) nomi bilan bog`liq.U Veblenning shog`irdi bo’lib, ishlab chiqarish va biznes qarama-qarshiligi to’g`risidagi fikrni meros qilib olgan.
Odamlarning jamiyatdagi xulkini tadqiqot predmeti deb xisoblaydi. Ijtimoiy psixologiya, an’ana va urf-odatlar iqtisodiy xodisalarni belgilovchi omillar sifatida qaraladi. Mitchell bo’yicha, iqtisodiy kursatkichlar, son va rakamlar o’zgarishidagi qonuniyatlar xal qiluvchi o’rinni egallaydi.
Keynsning iqtisodiy qarashlari, keynschilik, yangi keynschilik.
J.M.Keyns (1884-1946) "Kapitplizmni tartibga solish"ga oid g`oya tadqiqotchilaridan biri bo’lib klassik maktabga qarshi davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdoridir. U qiymatning mexnat nazariyasini, qo’shimcha qiymatni inkor etadi. Ularni ishlab chiqarish omillari konstepstiyasi bilan almashtiradi. A. Marshallning, kembridj maktabining davomchidir. Uning bosh asari “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»(1936)dir (kiskacha “Umumiy nazariya» deb ataladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |