Xoh inon, Xoh inonma


Download 22.85 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi22.85 Kb.
#1601565
Bog'liq
Lutfiy gazali 1


8-sinf Adabiyot
Lutfiy g`azallari.
Xoh inon, Xoh inonma”

  1. Bu g'azal tamoman turkona ruhda bitilgan. Tilimizda kelib chiqishi jihatidan sof oʻzbekchа boʻlgan soʻzlardan tashqari, fors- tojikchа hamda arabchа kalimalar ham ko'p uchraydi. G'azal- an'anaviy yetti baytdan iborat. Oʻzbek mumtoz she'riyatida ko'p g'azallar aynan yetti qo'shmisradan tashkil topgan boʻladi.

  2. She'r aruzning hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf ( yoki maqsur), ya'ni maf'uvlu mafoiylu- mafoiylu- faulun ( yoki mafoiyl) vaznida bitilgan. Taqte'si:-- V/ V-- V/ V-- V/ V-- ( yoki V- ~).

  3. Qofiyasi ( « sevarim- jigarim- saharim- guzarim- xa- barim – basarim- nazarim- siymbarim ») va radifi ( «< Хoh inon, Хoh inonma »).(S,J,S,G,X,B,N,S)-Sevara jigariga saharlab guzardan xabar, basar, nazar,siymbar (olib keldi)

  4. Radifning oʻzida tazod bor: « Хoh inon » bilan « Хoh inonma »

  5. Bu g'azal ham mumtoz yoʻlda, ham zamonaviy estrada usulida ashula qilingan.

  6. Sensan sevarim, Хoh inon, Хoh inonma,

Qondur jigarim, Хoh inon, Хoh inonma.
Matlada, radif ( « Хoh inon, Хoh inonma ») dan tashqari, to'rttagina (« sensan », « sevarim »,« qondur » va «jigarim) so'z ishtirok etgan. Bu birinchi bayt amalda yorga oshiq- likni anglatadi, Хolos. Lekin qoʻshmisra mazmunidan uning to'g'ridan toʻgʻri yorga murojaat ekani bilinib tu- ribdi.
7.Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh,
Ohi saharim, Хoh inon, Хoh inonma.
Ikkinchi baytda ustalik bilan oshiqning hijron ( ayriliq) kechasida sahargachа oh chekkani, bu charxi falakka yet- gani aytiladi. Birinchi misra oxiridagi «moh » soʻzi bilan ikkinchi misra boshidagi « oh » oʻzaro ohangdoshlik paydo qilganki, bu ham shoirning yuksak badiiy mahoratidan dalolat beradi.
8.Haqqoki, qilich kelsa boshimg'a eshikingdin
Yoʻqtur guzarim, Хoh inon, Хoh inonma.
Uchinchi bayt alohida izoh talab qiladi. Buning uchun avval «guzar » soʻzining ayni matndagi xos ma'nosini tushunib olish kerak. Agar bu so'zni « o'tish » deb anglasak: « Хoh ishon, Хoh ishonma, Xudo haqqi, boshimga qilich kelsa ham, eshiging oldidan o'tmayman »,- degan g'azaldagi umumiy mantiqqa zid ma'no- mazmun kelib chiqadi. Shuning uchun bu so'zni « ketish » ma'nosida tu- shunish lozim. Shunda: « Хoh ishon, Хoh ishonma, Xudo haqqi, boshimga qilich kelsa ham, eshiging oldidan nari ketmayman »,- degan toʻgʻri ma'no anglashiladi.
9. Usruk koʻzing ashkolina har gah nazar etsam, Qolmas xabarim, Хoh inon, Хoh inonma.
To'rtinchi baytda lirik qahramon har vaqt yorining su- zuk ( « usruk ») koʻzi shakliga qaraganida hushidan ketib qolishi ( « qolmas xabarim ») ni aytib: « Bunga Хoh ishon, Хoh ishonma »,- deydi. Xuddi ikkinchi baytdagi kabi, to'rtinchi qoʻshmisra birinchi satrida «nazar » soʻzi qo'llangan: uning g'azal qofiyasidagi soʻzlarga ( ular orasida < nazarim> ham uchraydi) umumiy hamohangligi bor.
10.Yoqub bikin ko'p yigʻidin qolmadi sensiz
Nuri basarim, Хoh inon, Хoh inonma.
Beshinchi baytda talmeh san'ati ishlatilgan. Shoirning lirik qahramoni Yoqub alayhissalom kabi ko'p yigʻlayverganidan « nuri basari qolmagani », ya'ni koʻzlari ko'r boʻlganini aytadi. Yoqub alayhissalom oʻgʻli - Yusuf alayhissalom dardida koʻp yig'lab, ko'r boʻlgan. Bu mum- toz she'riyatimizda koʻp bor tilga olinadigan yoki unga ishora qilinadigan tarixiy voqealardan biri hisoblanadi. Lirik qahramon yori ishqida yigʻlayverib, koʻzdan qolgani- ni aytish uchun shu talmehdan foydalanadi.
11.Oy yuzung'a ko'z solg'ali oʻzga kishi birla
Yoʻqtur nazarim, Хoh inon, Хoh inonma.
Oltinchi baytda yana bir muhim nuqtaga e'tibor qara- tiladi. Yor timsolida zimdan Tangri taolo ko'zda tutilgani uchun u hamishа yakka- yu yagona zot sifatida ta'riflanadi. Bu baytda ham lirik qahramon yorini oʻzga kishi bilan yonma- yon ko'rishni istamasligini ta'kidlaydi. Biroq:<< Oy yuzungʻa koʻz solgʻali oʻzga kishi birla yoʻqtur nazarim... », deyish orqali shoir matn magʻziga:<< Sening Oydek yuzingga boshqa kishining boqishini istamayman »,- degan fikrni ham singdirgan boʻlsa, ajab emas. Shoir yorni<< Oy yuzli » deb ta'riflagani uchun ham shunga mutanosib ravishda maqtada uni « siymbarim » deydi. Oyning oqligi bilan siym, ya'ni kumushning oqligi oʻrtasida kuchli o'xshashlik bor. Bu ikki qoʻshmisra aro yana bir mutanosiblikni sezmaslik mumkin emas.
12.Ishq oʻtida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,
Ey siymbarim, Хoh inon, Хoh inonma.
Maqtada Lutfiyning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg'ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga yetdi, ya'ni shunchalik sarg'aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo'lmay qoldi! Lutfiy g'azallari bunday go'zal badiiy topilmalarga boyligi bilan ajralib turadi. Adabiyotimizda mashhur g'azallarga naziralar bitish, ya'ni uning qofiya va radifidan foydalanib, oʻxshatmalar yozish an'anasi shakllangan. Lutfiyning bu gʻazali ta'sirida Boborahim Mashrab ( 1640-1711) ham bir tazmin gʻazal yaratgan.
« QILADURG'ON BU KOʻNGULDUR, BU KOʻNGUL » RADIFLI GʻAZAL

  1. G'azal an'anaviy ishqiy mavzuda bitilgan. U yetti bayt- dan iborat. Vazni- ramali musammani mahzuf ( yoki maqsur), ya'ni foilotun foilotun foilotun- foilun ( yoki foilon). Taqte'si: -V--/- V--/- V--/- V- ( yoki- V ~). G'azal vazni bekorga bu tarzda ikki xil qilib belgilan- madi. Ya'ni oxirgi ruknning «foilun » yoki «foilon» ekani qayd etilishining jiddiy sababi bor. G'azaldagi oltinchi baytning birinchi misrasi «mudom » soʻzi bilan tugaydi. Aruz vaznida «- dom » o'ta choʻziq hijo hisoblanadi va bu gʻazalda u bilan tugallangan rukn « foilun » ga emas, aynan «foilon » ga tushadi. Aruzda har qanday she'r, qaysidir mis- raning oxirgi hijosiga koʻra, xuddi ana shunday bir- biridan ozgina farq qiladigan ikki vaznda bitilishi mumkin.

2.Bu asarida shoir besh so'zdan iborat radif qo'llagan ( « qiladurg'on bu koʻnguldur, bu ko'ngul »). G'azal radi- fidagi barchа so'zlar- turkiy. Qofiyasi- arabiy- forsiy kali- malar (« shaydo- rasvo- yo- tamanno- taqozo- savdo- po- daryo ») dan tashkil topgan.(Sh,R,Y,T,T,S,P,D)
3.Meni shaydo qiladurg'on bu koʻnguldur, bu koʻngul, Хor- u rasvo qiladurgʻon bu koʻnguldur, bu koʻngul.
Oʻqdayin qomatimizni qora qoshligʻlar uchun
Muttasil yo qiladurgʻon bu koʻnguldur, bu koʻngul.
Lirik qahramon ishq bobida barchа « ayb » ni ko'ngliga qo'ymoqchi: uni shaydo, xor- u rasvo ( matla), qora qosh- liklar uchun o'qdayin tik qomatini yoydek egik qiladigan ( ikkinchi bayt) ham shu ko'ngil.
4. Meni yozgʻurma:« Sevar »,- debki, mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurgʻon bu koʻnguldur, bu koʻngul.
< Borma, derlar,- eshiki sori damo- dam »,- netayin,
Ko'p taqozo qiladurg'on bu ko'nguldur, bu ko'ngul.
« Meni sevdi deb ayblama, buni istayotgan ham- ko'ngil » ( uchinchi bayt),- deydi lirik qahramon. U mulo- hazalarini davom ettiraveradi: « Eshigiga tez- tez boraver- ma, deyishadi, lekin ko'ngil shuni talab qilsa ( taqozo etsa), nima qilay » ( to'rtinchi bayt)?
5. Tori mo'yin havasi birla qorong'u kechada
Jonni savdo qiladurgʻon bu koʻnguldur, bu koʻngul. Dushman- u do'st orasinda meni gʻofilni mudom,
Besar- u po qiladurgʻon bu koʻnguldur, bu koʻngul.
Qorong'i kechada sochining tolasiga havasi kelib, jonni unga almashadigan (« savdo qiladurgʻon ») ham ( beshinchi bayt), do'st- u dushman ichida men gʻofil bandani boshsiz- oyoqsiz qilib qo'yadigan ham ( oltinchi bayt)- shu ko'ngil.

  1. Oʻzgadin koʻrmoki koʻzung yoshini, ey Lutfiy,

Ayni daryo qiladurgʻon bu koʻnguldur, bu ko'ngul.
Maqtada lirik qahramon Lutfiyga murojaat etib, bu ishni boshqadan ko'rma, ko'z yoshlaringni daryodek toʻkayotgan ham- aynan « bu ko'nguldur, bu ko'ngul »,- deydi. Bu g'azal hozirgachа xonandalarimiz tomonidan sevib kuylanadi. Oradan to'rt yuz yil o'tib, XIX asrning birinchi yarmida Nodira Lutfiyning shu g'azaliga o'xshatma yozdi.
Download 22.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling