Xo‘ja Amin maqbarasi
Download 18.51 Kb.
|
Maqbara XVIII asrning ikkinchi yarmida
Maqbara XVIII asrning ikkinchi yarmida, Namangan Fargʻona vodiysining yirik shaharlaridan biriga aylangan vaqti qurilgan. Yodgorlikka qarab, milliy hunarmandlarning oʻlmas sanʼatiga tasanno aytasiz. Maqbara binosini bezatishda oʻyma naqshlardan foydalanilgan. Samarqandning XIV-XV asrlarga tegishli yodgorliklari, Buxoroning XVI-XVII asrlarga tegishli binolari rangli qoplamalardan ishlangan ajoyib naqshlari bilan yaraqlaydi, biroq oʻyma naqshlarni koʻrmaysiz. Lekin, XVIII asrning ikkinchi yarmida Namangan maqbarasida oʻyma naqsh ishlatilgani hayratlanarli. Maqbaraga kiraverishda boʻrtma harflarda “Abduraim oʻgʻli usta Muhammad Ibrohimning asari”, deb yodgorlikni qurgan ustaning ismi yozilgan. Binoning old tomoni nayzasimon ark shaklida, burchaklarida guldasta naqshli baland peshtoq bor. Portal arki tepasiga P shaklida hoshiya bilan ishlov berilgan, ular ingichka va qalin tasmalar almashinuvida ishlangan boʻlib, guldasta hamda geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Qalin hoshiyalar oʻyilgan chinni terrakota tasmalari bilan bezatilgan, ingichkalari esa alebastr ustiga ikki qavatli oʻyma uslubida bajarilgan. Maʼlumki, binoning pastki qismi avvallari qizil rangga boʻyalgan boʻlib, ochiq oq rangli oʻyma uchun fon oʻrnida boʻlgan. Hozirgi vaqtga kelib ikkala qavati ham bir xil rangda va oʻyma terrakota chinnidan, deyarli farqi yoʻq. Xoʻja Amin maqbarasining badiiy bezagi yuqori did bilan mohirona bajarilgan. Alohida boʻlaklarida butun kompozitsiyasi kabi badiiy hissiyotlar, marom va mutanosiblik ruhi kuzatiladi. Shu bilan birga butuni va boʻlaklari bir butun uslubda birlashgan. Garchi, oʻyma yozuv va naqshlari gul va geometrik shakllarda bajarilgan boʻlsa-da, naqsh madaniyati boyligi va turli xilligi bilan kishini lol qoldiradi. Rassom didi va mahirona ijrosi orqali nafis bejirimlik namunasini yaratgan. Xo‘ja Amin maqbarasi 2044 Namanganda o‘tmishning qiziqarli yodgorligi – Xo‘ja Amin maqbarasi joylashgan. Afsonaga ko‘ra, maqbarada Toshkentning taniqli shayxlaridan biri Shayxontohur shayxlarining merosxo‘ri Amin Xo‘ja dafn etilgan. Xo‘ja Amin maqbarasi 2044 Namanganda o‘tmishning qiziqarli yodgorligi – Xo‘ja Amin maqbarasi joylashgan. Afsonaga ko‘ra, maqbarada Toshkentning taniqli shayxlaridan biri Shayxontohur shayxlarining merosxo‘ri Amin Xo‘ja dafn etilgan. Maqbaraning peshtoqi va gumbazi XVII asrning ikkinchi yarmida qurilgan. Uni yaratishda ustalar O‘rta Osiyo meʼmorchiligining anʼanaviy uslublaridan foydalanganlar. Bir muncha vaqt o‘tgach, masjid qurib bitkazilgan, ammo afsuski, bizgacha masjidning bir qismi va maqbaraning bir qismi saqlanib qolgan. Peshtoqning gul ustunida Qurʼondan oyat (2-255) o‘yilgan. Portal minoralarida besh qator kalimalar va Qurʼondan parchalar quyidagi tartibda keltirilgan (yuqoridan boshlab). 1. “Bismilloh”dan so‘ng shahodat kalimasi; 2. bir xil; 3. Qurʼon, 112; 4. Anbiyo surasidan parcha (21-87). Namanganda qizg‘in shahar bozorining yonida kichik bo‘lmagan, lekin ajoyib me’moriy yodgorlik — Xojamin qabri nomi bilan mashhur Xo‘ja Amin maqbarasi joylashgan. Maqbara XVIII asrning ikkinchi yarmida, Namangan Farg‘ona vodiysining yirik shaharlaridan biriga aylangan vaqti qurilgan. Yodgorlikka qarab, milliy hunarmandlarning o‘lmas san’atiga bo‘lgan hurmati oshadi kishini, zero feodal sharoitlarda, siyosiy parchalanish va hokimiyatsizlik zamonlaridan osha, ildizi qadim zamonlarga taqaluvchi yuqori badiiy an’analari hanuz saqlanib qolgan. Namangandagi Xo‘ja Amin maqbarasi Maqbara binosini bezatishda XIV boshlarida O‘rta Osiyoning me’morchilik san’atidan chiqib ketgan rang-barang sirli qoplama o‘rniga o‘yma naqshlardan foydalanilgan. Samarqandning XIV-XV asrlarga tegishli yodgorliklari, Buxoroning XVI-XVII asrlarga tegishli binolari rangli qoplamalardan ishlangan ajoyib naqshlari bilan yaraqlaydi, biroq o‘yma naqshlarni ko‘rmaysiz. Lekin, kutilmaganda XVIII asrning ikkinchi yarmida namanganning maqbarasida o‘yma naqshni uchratasiz, aytish joizki, bu ishlar mohir va ildam usta qo‘li bilan bajarilgan. Yodgorlikni qurgan ustaning ismi maqbaraga kiraverishda bo‘rtma harflarda yozilgan: “Abduraim o‘g‘li usta Muhammad Ibrohimning asari”. Xo‘ja Amin maqbarasi — devorning naqshkor bezagi Binoning old tomoni nayzasimon ark shaklida bajarilgan, burchaklari guldasta naqshli baland peshtoq bor. Portal arki tepasiga P-shaklida hoshiya bilan ishlov berilgan, ular ingichka va qalin tasmalar almashinuvida ishlangan bo‘lib, guldasta hamda geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Qalin hoshiyalar o‘yilgan chinni terrakota tasmalari bilan bezatilgan, ingichkalari esa alebastr ustiga ikki qavatli o‘yma uslubida bajarilgan. Ma’lumki, pastki qismi avvallari qizil rangga bo‘yalgan bo‘lib, ochiq oq rangli o‘yma uchun fon o‘rnida bo‘lgan. Hozirgi vaqtga kelib ikkala qavati ham bir xil rangda va o‘yma terrakota chinnidan, deyarli farqi yo‘q. Portal qoplamalari uchun, shuningdek, rang-barang sirlangan koshinlardan foydalanilgan. Ark arxivolti almashinuvchi yorqin yashil hamda sariq g‘ishtlardan terilgan bo‘lib, butun old majmuaning mukammal bezagi oldida yaqqol ajralib turadi. Arklar yashil rangli chinnilar bilan bezatilgan ustunlarga qotirilgan. Uch halqali naqsh bezagida ishlangan sariq-qizg‘ish rangli uchli kapitellari ham ko‘zga tashlanadi. Sir guldasta bilan qoplangan pastki qismi sarg‘ish va yashil ranglarda. Shundan ajoyib va sodda bezagi sofligi sababli kishini o‘ziga tortadi. Old tomonining boy bezagiga qarama-qarshi devorning yon va orqa qismlari tartibsiz bo‘lib, terilgan g‘isht uslubi saqlab qolingan. Katta xatoliklar bilan bajarilgan bo‘lsa-da, o‘n ikki qirrali yulduz ko‘rinishidagi gumbazosti do‘mbiraning noodatiy shakli kishi e’tiborini tortadi. Bu kabi do‘mbira shakllarini qirrali gumbaz bilan qoplangan yodgorliklarda ham uchratish mumkin. Ehtimol, Xo‘ja Amin maqbarasi ostida ham bu kabi gumbaz qurilishi tahmin qilingan. Ammo bu mo‘ljal ro‘yobga chiqmay qolib ketgan. Xo‘ja Amin maqbarasining ichki ko‘rinishi Maqbaraning old ko‘rinishidandan ham o‘ziga xos va qiziqarli bo‘lgan qismi — binoning badiiy bezagidir. Go‘yo devorga urg‘u berganday, koshinlar ostidan harfli va guldasta naqshli epigrafik hoshiya o‘tgan. Huddi shunday ikkinchi hoshiya devor ust chegarasi bilan bog‘langan bo‘lib, uning ostida ark qavatlari va yuqoriga cho‘zilgan gumbaz joylashgan. Maqbaraning ichki devorlariga rangli fonli naqsh bilan bezalgan yaxlit gilamlar qoplangan. Ularning markaziy qismida qalin hoshiya bo‘lib, u nayzasimon ark shaklida (ravoq) naqshli hoshiyalarga alohida bo‘lingan, har xil shaklda bir mavzu — shox, barg va gullarning ajoyib tutashuvi benihoya almashinadi. Gumbaz naqshli sath bilan sakkizta sferik uchburchakka bo‘lingan va ular gultuvakning anor bargi va dumaloq medalon bilan uslublashtirilgan tasviri bilan bezatilgan. Lekin interer bezagining asosiy urg‘usi maqbara devori atrofiga aylana shaklida tushurilgan Qur’on yozuvlariga qaratilgan. Bu yerda hafrlar naqshi yirik va orttirilgan darajaga yetkazilgan. Binoning tashqi ko‘rinishi mukammal bo‘lishi uchun panel avvaliga alebastr ustiga naqsh solish uslubida bezatilganligini inobatga olish zarur. Xo‘ja Amin maqbarasining asosiy ko‘rinishi Xo‘ja Amin maqbarasining badiiy bezagi yuqori did bilan mohirona bajarilgan. Alohida bo‘laklarida butun kompozitsiyasi kabi badiiy hissiyotlar, marom va mutanosiblik ruhi kuzatiladi. Shu bilan birga butuni va bo‘laklari bir butun uslubda birlashgan. Garchi, o‘yma yozuv va naqshlari gul va geometrik shakllarda bajarilgan bo‘lsa-da, naqsh madaniyati boyligi va turli xilligi bilan lol qoldiradi. Rassom didi va mahorona ijrosi orqali nafis bejirimlik namunasini yaratgan. Xo‘ja Amin maqbarasi Farg‘ona vodiysi me’morchilik maktabi an’analarini o‘zida saqlagan eng ajoyib namunalaridan biri. Muhammad Ibrohim o‘tgan yillar me’morchilik uslubiy usullarini rivojlantirgan va o‘z asri me’morchilik darajasidan ancha yuqori bo‘lgan o‘ziga xos yodgorlik yaratgan. Download 18.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling