Xo‘jalik hisobi turlarida qanday o‘lchov birliklari qo‘llaniladi
Download 17.61 Kb.
|
Документ Microsoft Word
175 . Xaridorlardan mahsulot uchun olingan bo‘nak surishildi (zachyot qilindi). Ushbu muomala qanday o‘tkazma bilan aks ettiriladi. 176 . Xizmat safari uchun naqd pul berildi. Ushbu muomala to‘g‘ri aks ettirilgan provodkani aniqlang. 177 . Xo‘jalik hisobi turlarida qanday o‘lchov birliklari qo‘llaniladi. 178 . Xo‘jalik hisobining turlari to‘liq keltirilgan javobni tanlang. 179 . Xo‘jalik mablag‘lari balans aktivida qanday bo‘limlarga ajratilgan. 180 . Xo‘jalik mablag‘lari va jarayonlarini qaysi o‘lchov umumlashtirib ko‘rsatadi. 181 . Xo‘jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi. Ushbu tasdiq qaysi tamoyilga tegishli. 182 . Xodimlarga ish haqi plastik kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lansa qanday provodka beriladi. 183 . Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi qaysi BHMS bilan tartibga solinadi. 184 . Agar aktivlar summasi 100000 ming so‘m, majburiyatlar summasi esa 75000 ming so‘m bo‘lsa, xususiy kapital summasi nimaga teng bo‘ladi. 185 . Bank hisobraqamlaridagi pul mablag‘larini inventarizatsiya qilish kim tomonidan o‘tkaziladi. 186 . Bank hisobraqamlaridagi pul mablag‘larini inventarizatsiyasini o‘tkazish davriyligi qanday. 187 . Bir oy oldin korxona mijozdan oldindan to‘lov sifatida pul mablag‘lari oldi. Xizmat ko‘rsatish paytida quyida ko‘rsatilgan hodisalardan qaysinisi ro‘y beradi. 188 . Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari quyidalardan qaysi biriga bo‘ysunadi. 189 . Yoqilg‘i-moylash materillarini inventarizatsiyalash davriyligi qanday. 190 . Inventarizatsiya jarayonida mol-mulkning mavjudligini kim tekshiradi. 191 . Inventarizatsiya o‘tkazish natijasida omborda hisobga olinmagan (kirim bo‘lmagan) stanok borligi aniqlandi. Stanok kirim qilingandan so‘ng ishlab chiqarishda foydalanish uchun berildi. Stanokni kirim qilish qanday o‘tkazma bilan hisobda aks ettiriladi. 192 . Kassani inventarizatsiyalashda aniqlangan so‘mdagi pul mablag‘larining ortiqcha chiqishi qanday buxgalterlik yozuvi bilan aks ettiriladi. 193 . Korxona 2019 yilda o‘zga korxonadan tekinga uskuna oldi, keyinchalik qayta baholanmagan. 2020 yilda rahbariyat bu uskunani sotishga qaror qildi. Ushbu uskunaning sotilishi 2020 yilning Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi. 194 . Korxona 2020 yil 2 noyabrda ro‘yxatdan o‘tgan. U 2020 yil uchun yillik moliyaviy hisobot topshiradimi. 195 . Korxona 2020 yilda xizmatlar ko‘rsatishdan olgan tushumi 11 500 ming so‘mni, shu jumladan QQS – 1 500 so‘mni tashkil etgan. Ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi 7 000 ming so‘mga teng. Sotish xarajatlari 700 ming so‘mni tashkil etgan. Korxonani boshqarish bilan bog‘liq joriy xarajatlar hisobot yilida 200 ming so‘mga teng. 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra korxonaning taqsimlanmagan foydasi 600 ming so‘mni tashkil etgan. 2020 yil uchun korxona faoliyatining sof moliyaviy natijasi qanday bo‘ladi. 196 . Korxona balansining 450 «Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» satri bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud: davr boshiga 7 260 ming so‘m, davr oxiriga 3 200 ming so‘m. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib, shuningdek jamlangan foyda taqsimlanmaganligini hisobga olgan holda, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning biror-bir ko‘rsatkichini aniqlash mumkinmi. 197 . Korxona bir oydan keyin ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan xizmatlar uchun oldindan to‘lov olgan paytda quyida ko‘rsatilganlardan qaysinisi sodir bo‘ladi. 198 . Korxona mijozga xizmatlar ko‘rsatgan paytda, agar bu xizmatlar uchun oldindan to‘lov olinmagan bo‘lsa, quyida ko‘rsatilgan hodisalardan qaysinisi yuzaga keladi. 199 . Korxona o‘z mijoziga tovarni naql pulga sotdi. Quyida ko‘rsatilganlardan qaysi biri to‘g‘ri. Download 17.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling