Xo’jalik jarayonlarida ikkiyoqlama yozuv


Download 177.51 Kb.
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi177.51 Kb.
#1510545
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ikkiyoqlama yozuv

analitik schyotlar deb ataladi.
Analitik schyotlardagi ma’lumotlarning jami ularni umumlashtiruvchi sintetik schyotning ma’lumoti bilan teng kelishi zarurligi —bu schyotlarning o‘zaro aloqadorligini va bir-birini to‘ldirib borishini bildiradi. Korxona xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalarini ifodalovchi sintetik schyot va analitik schyotlar ham xuddi shu tartibda bo‘ladi. Anlitik schyotlar korxona mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining har bir turi bo‘yicha alohida-alohida ma’lumot beradi. Masalan, mashina va uskunalarning eskirishining sintetik hisobi 0230 — «Mashina va uskunalarning eskirishi» schyotida yuritilib, passiv schyot hisoblanadi.
Korxonada mavjud bo‘lgan mashina va uskunalarning eskirishi ularning har biri bo‘yicha alohida yuritiladi. Bu mashina va uskunalarning eskirishining analitik hisobi ular uchun alohida-alohida ochilgan inventar kartochkalarda olib boriladi. Analitik hisob yordamida aniqlangan eskirish summalari jamlanib, sintetik hisobda 0230 — «Mashina va uskunalarning eskirishi» schyotida yuritiladi. Analitik schyotlarning yig‘indisi sintetik schyotga teng bo‘ladi.
5. Oborot (aylanma) vedomostlar
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda mavjud bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarining holati haqida, umuman korxona xo‘jalik faoliyati, moliyaviy natijalariga baho berish uchun balans tuziladi. Ma’lumotlarni balansga ko‘chirishdan oldin hisob ishlari to‘g‘ri yuritilganligini hamda xo‘jalik moliyaviy holatiga baho berish va balans tuzish uchun aylanma vedomostlari tuziladi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari ko‘rib o‘tilganidek, bir xo‘jalik mablag‘lari yoki ularning tashkil topish man- balari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Oborot vedomostlar esa buxgalteriya hisobi schyotlari ma’lumotlarini jamlovchi jadvaldir.
Oborot vedomostlar korxonaning barcha o‘z mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalari harakati to‘g‘risi- dagi ko‘rsatkichlarni buxgal­teriya hisobi schyotlari ma’lu- motlari asosida oylar bo‘yicha umumlashtirish uchun ochiladi.
Oborot vedomostlari ikki xil bo‘ladi3:
1. Sintetik hisob, sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.
2. Analitik hisob, analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.
Oborot vedomostlarida ob’ektlarning boshlang‘ich qoldig‘i oy davomidagi harakati va oy oxiriga qoldig‘i aks ettiriladi.
Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida ifodalanadi. Sintetik hisob, sintetik schyotlari aylanma vedo­mostlari quyidagicha shaklda bo‘ladi:



Schyotlar
raqami



Schyotlar
ning nomi



Boshlang‘ich qoldiq (so‘mda)

Schyotlarning
oboroti
(so‘mda)

Oxirgi qoldiq
(so‘mda)







DT



KT



dT



KT



DT



KT



Analitik schyotlarda esa natura va boshqa o‘lchov birliklari qo‘llanilishi ular shaklini quyidagi ko‘rinishda bo‘lishini taqozo etadi:





Ob’ekt nomi



Bahosi



Boshlanich qoldiq



Kirim



Chiqim



Oxirgi qoldiq









Soni



Summa



Soni



Summa



Soni



Summa



Soni



Summa



Analitik schyot qaysi sintetik schyot doirasida ochilgan bo‘lsa, uning aylanma qaydnomadagi ma’lumotlari tegishli sintetik schyot ma’lumotlari bilan mos kelishi zarur. Sintentik hisob schyotlari bo‘yicha aylanma boshlang‘ich qoldiq qatoridagi Debet va Kredit summalari teng kelishi shart bu tenglik ulardagi ko‘rsatkichlar xo‘jalik mablag‘- lari (aktiv schyotlar) va ular tashkil topish manbalari (passiv schyotlar) boshlang‘ich qoldiqlarini bildirishi bilan izohlanadi. Aylanma bo‘limidagi Debet va Kredit summalari jamining ham tengligi zaruriy shart bo‘lib, bu tenglik esa xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya provod- kasi orqali bir vaqtda bir xil summani bir schyotning debeti va ikki schyot kreditida ikki yoqlama yozuv orqali aks ettirishi bilan izohlanadi. Oxirgi bo‘limdagi Debet va Kredit summalarning jami tengligi korxonadagi mavjud bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lar va ular tashkil topgan manba- larini aylanma qaydnoma tuzilayotgan vaqtdagi miqdor holatini bildirishi bilan tushuntiriladi.




1 Б.П.Караванова, А.В.Пушинин Бухгалтерский учет на предприятиях туристской индустрии : учеб. пособие для студ. учреждений высш. проф. образования 7-стр

2 Там же 6 стр

3 О.В. Каурова, А.Н. Малолетко Бухгалтерский учет предприятия туристской индустрии : учебник / 27-30 стр

Download 177.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling