Xo’jalik subektining moliyaviy barqarorligining tahlili Reja: I. Kirish
Kurs ishining maqsadi va vazifalari
Download 68.15 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Moliyaviy barqarorlik va uni tahlil qilish markaziy banklar hamda moliya tizimini tartibga soluvchi organlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bank sektori Oʼzbekiston moliya tizimining eng muhim boʼgʼini boʼlganligi sababli, uning barqarorligini taʼminlash Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarishni tashkil etish va uzluksiz faoliyatni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy ahvolni yaxshilashning, raqobatdoshlik va uni o‘stirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik deganda joriy faoliyatning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish holati tushuniladi. Agar moliyalashtirishga o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, u holda majburiyatlar, qarzga olingan mablag‘lar hisobiga ehtiyoj ta’minlanadi. Lekin bu holat faoliyat natijaviyligining asosiy qismini qarz beruvchilar tomonidan olib qo‘yilishiga olib keladi. Shu bilan birga, globallashgan va kuchli raqobatga asoslangan iqtisodiyotda aktivlarni, faoliyatni moliyalashtirishning mazmuni tubdan o‘zgarganligini ham qayd etib o‘tish lozim. Kurs ishining tuzilishi:Ushbu kurs ishi kirish qismi, asosiy qisim, 3 ta reja, xulosa va foydanangan adabiyotlardan iborat. MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILINING MAZMUNI, MAQSADI VA VAZIFALARI Moliyaviy barqarorlik – bu moliyaviy tizimning, yaʼni moliya muassasalari, bozorlar va bozor infratuzilmalarining ehtimoliy shoklar va nomutanosibliklarga bardosh bera olishi, shu bilan birga moliyaviy vositachilik funktsiyalarini bajara olmaslik ehtimolini pasaytirish qobiliyatidir. Moliyaviy barqarorlik maqsadi alohida moliya muassasasi emas, balki butun moliya tizimi barqarorligini taʼminlashdan iborat. Moliyaviy barqarorlik iqtisodiyotning barqaror rivojlanish asosi hisoblanadi.Moliyaviy tizim, qachonki banklar, boshqa kredit tashkilotlari va moliya bozorlari uy xoʼjaliklari va tadbirkorlik subʼektlariga bir maromda ishlayotgan tizimning keskin sustlashishiga yoʼl qoʼymasa, iqtisodiyotdagi ishtiroki va uning oʼsishi uchun zarur moliyaviy investitsiyalar taqdim eta olsagina barqaror hisoblanadi. Аks holda nobarqaror tizimda iqtisodiy shoklar real iqtisodiyotga noxush taʼsir koʼrsatishi, kreditlashni izdan chiqarishi va kutilganidan ziyod xatarga olib kelishi, bandlikning qisqarishi va iqtisodiy faollikni susaytirishi mumkin. Moliyaviy nobarqarorlik sharoitida moliya tizimi iqtisodiyot uchun zarur moliyaviy xizmatlarni taqdim eta olmaydi. Masalan, yirik moliya tashkilotidagi qiyinchiliklar moliyaviy nobarqarorlikni yuzaga keltirishi mumkin. Bundan tashqari, bitta muassasadagi muammolar banklararo operatsiyalar tufayli tizimning bir-biriga oʼzaro qattiq bogʼlangan boshqa tashkilotlariga ham tarqalishi mumkin. Korxona barqarorligini eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichidir. Agar korxonada daromadlar xarajatlardan ortadigan bo‘lsa, moliyaviy baraqarorlikka erishishi mumkin bo‘ladi. Agar korxona mablag‘larni erkin tasarruf eta olsa, ulardan samarali foydalansa, doimiy ishlab chiqarish va sotishning mukammal siklik aylanish uzluksizligi ta’minlansa, bunday korxonani moliyaviy barqaror deyishimiz mumkin. Korxona moliyaviy holatini qisqa va uzoq muddatga baholash mumkin. Qisqa muddatli oraliqda korxonaning to‘lovga qodirligiga uzoq muddatli o‘rganishda esa uning moliyaviy barqarorligiga ko‘proq ahamiyat qaratiladi. Firma va kompaniyalar moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanmas ekan, uning bankrotlikka uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni makro va mikro ko‘lamda tadqiq etish doimo iqtisodchilarning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan. Moliyaviy tahlilda moliyaviy barqarorlikning alohida olingan korxonalarda, firma va kompaniyalarda o‘rganishga, qisqa, o‘rta va uzoq davriylikda baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yishga, uni o‘stirishning aniq chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy barqarorlikni baholash bir qancha ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin. - firma va kompaniyalarning to‘lov qobiliyati; - korxona o‘z mablag‘larining qaramlik koeffitsiyenti; - aktivlarning qaramlik koeffitsiyenti; - foizlarni qoplash koeffitsiyenti. Korxonada moliyaviy resurslarni to‘g‘ri shakllantirish, ularning taqsimlanishi, foydalanish samaradorligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim omillari hisoblanadi. Ya’ni, moliyaviy barqarorlik korxona moliyaviy resurslarni qay darajada mohirona boshqarayotganligini ifodalaydi. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan quyidagi muhim ahamiyat qaratish lozim: dastlabki kapitalning shakllantirilishiga, ishlab chiqarishni tashkil etilishiga, daromad va xarajatlar farqida ijobiy natijaviylikka, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligiga, moliyalashtirishda avtonomlik darajasiga, ish va bozordagi aktivligining himoyalanganligiga va h.k. jihatlarga. Moliyaviy barqarorlik mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda baholanadi. Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ko‘rsatkichlari – aktivlar, ishlab chiqarish zaxiralari va ularni moliyalashtirish manbalarining muayyan davriylikdagi holatini ifoda etadi. Korxona aktivlari va ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirish manbalariga albatta birinchi navbatda o‘z mablag‘lari manbasi (ustav kapitali, rezerv kapitali, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlardan iborat), uzoq va qisqa davriylikda olingan bank kreditlari va qarzlari kiradi. Aktivlarni moliyalashtirishda ko‘proq uzoq muddatli kreditlar va qarzlar ustunlik qilsa, ishlab chiqarish zaxiralarini to‘plash va moliyalashtirishda qisqa muddatli kreditlar va qarzlardan keng foydalaniladi. Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‘rsatkichlarini aniqlashda, aktivlar va zaxiralarni moliyalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi: - aktivlar (uzoq muddatli); - ishlab chiqarish zaxiralari; - o‘z mablag‘lari manbasi; - uzoq muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar); - qisqa muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar). Korxonalar moliyaviy holatini tashhislash va uni sog‘lomlashtirishning aniq chora-tadbirlarini ko‘rish aslida makro ko‘lamdagi barqarorlikni ta’minlashning ham muhim omili hisoblanadi. Shu sababli‚ yuzaga kelgan holatda e’tiborni, birinchi navbatda korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishga va ularning kelgusida barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratmoq lozim. Korxonaning moliyaviy holati xo‘jalik subyektining moliyaviy resurslar bilan ta’minlanish darajasini, ularning maqsadli joylashtirilishi va samarali foydalanish darajasini, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan moliyaviy munosabatlarni, to‘lovga qobillik va moliyaviy barqarorlik holatini tavsiflashni xarakterlaydi. Moliyaviy barqarorlik nisbiy ifodalari aktivlarni (uzoq muddatli) va zaxiralarni moliyalashtirishning, moliyaviy mustahkamlik va qaramlikning, o‘z va qarz mablag‘larini jalb etilishida ijobiy natijaning saqlanishini xarakterlaydi. Korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashning eng muhim omili bu uning faoliyat natijaviyligidagi ijobiy natijaviylikning iqtisodni oltin qoidasiga asoslangan tartibining saqlanishidir. Bu tartibning umumiy ifodasini quyidagi bog‘lanishlarda berib o‘tish mumkin: SF1/ SF0 >ST1/ ST0> XK1/XK0> A1/A0>1 yoki SF1/ SF0*100 >ST1/ ST0*100> XK1/XK0*100> A1/A0*100>100 Bu yerda:SF1/ SF0 - sof foydaning o‘sishi; ST1/ ST0 - sotishdan tushumning o‘sishi; XK1/XK0 - xususiy kapitalning o‘sishi; A1/A0 - aktivlarning o‘sishi. Samaradorlik, natijaviylik va daromadlikning barcha ko‘rsatkichlari ham moliyaviy barqarorlikni doimo ham ta’minlay olmaydi‚ agar ular orasidagi yuqoridagi nisbatlar saqlanmasa. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni mutlaq ifodalarini o‘rganishda bazan korxonaning foyda bilan chiqish hollarida ham nobarqarorlik holatlari kuzatiladi. Bu bevosita birinchidan foydaning sifatliligi va uning o‘tgan yillarga nisbatan o‘sishi bilan izohlanadi. Yoki, aktivlar va zaxiralarni ortiqcha ushlab turishlar tufayli yuzaga keladi. Korxonaning erkin tasarrufida qoluvchi sof foydaning yillar bo‘yicha jamlangan qismi balansning taqsimlanmagan foyda qatorida aks etadi. Ushbu qatorning realligini ta’minlash yuzasidan ko‘pincha debitorlik majburiyatlarining qisqa muddatlikda oqlanishiga ahamiyat qaratish lozim bo‘ladi. Bu jarayon faqat ularning pullik ko‘rinishda aktivda to‘planishini emas‚ balki aktivlarning barcha turlari bo‘yicha to‘planishi mumkinligini ham xarakterlaydi. Shu sababli‚ ko‘pincha passiv tomonda aks etuvchi foyda summasining sifatliligi ta’minlanmaydi. Majburiyatlar tarkibida kreditorlik majburiyatlarining ko‘payib ketishi ham firma, kompaniya faoliyat natijaviyligiga sezilarli ta’sir etadi. Negaki, uning holati ishlab chiqarish jarayoniga va uning boshqa tashkilotlar bilan bo‘ladigan oldi-sotdi munosabatlariga ta’sir etadi. Natijada korxonalarga ishonchsizlik tug‘iladi. Ishonchsizlik yuz bergan joyda albatta ishning unumi va natijaviyligiga ham putur yetadi. Aktivlarni joylashtirish nafaqat korxona faoliyat natijaviyligiga balki uning moliyaviy holatiga ham bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Passivlarni joylashtirishdagi eng birinchi talablar bu xususiy sarmoyani jami sarmoya tarkibidagi ulushining yuqoriligi bilan xususiy sarmoyaning qarz sarmoyasiga qaram bo‘lmasligi shartlari bilan belgilanadi. Ya’ni, korxona avvalo moliyaviy jihatdan mustaqillikka ega bo‘lmog‘i, uning to‘g‘ri nisbatini saqlashi lozim. Moliyaviy barqarorlikning muhim sharti zaxira va xarajatlarni moliyalashtirish yuzasidan o‘z va qarz mablag‘lari yetarliligi yoki yetishmasligi ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilishda ham xuddi shu bog‘liqlikni ko‘rish mumkin. Xususiy sarmoya yetarli bo‘lmagan hollarda uzoq va qisqa muddatli majburiyatlarni jalb etish biznesning, tadbirkorlik faoliyatining doimiy sharti hisoblanadi. Shu sababli‚ aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan majburiyatlardan foydalanishda albatta foyda omiliga va uning doimiy davomligini ta’minlashga muhim ahamiyat qaratish lozim. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari qatoriga moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti, moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti, o‘z sarmoyasining harakatchanlik koeffitsiyenti, qarz mablag‘larining jamlanganlik koeffitsiyenti, hamda qarz va o‘z mablag‘lari nisbati koeffitsiyentlari kiradi. Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maqsadi korxonaning o‘z majburiyatlarini qoplay olish va uni uzoq muddatga saqlab qolish darajasini baholashga qaratilgan. Moliyaviy barqarorlik tahlilining vazifalari: Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq va nisbiy ifodalarining o‘zgarishlarini baholash; Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish; Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda aktivlar va passivlarni joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; Moliyaviy barqarorlikni o‘stirish choralarini ko‘rish; Turli holatlarda resurslardan samarali foydalanishning istiqboldagi o‘zgarishlarga ta’sirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash. Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: Ichki omillar: aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish va ularni to‘g‘ri boshqarish; moliyaviy resurslar va ularning tarkibini optimallashtirishni to‘g‘ri boshqarish; jalb qilingan kapitalni optimal nisbatlash va boshqarish. Tashqi omillarga: mamlakatdagi iqtisodiy muhit (holat); bozordagi raqobat va kurash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (valyuta kurslari o‘zgarishi, soliq va kredit qiymatidagi o‘zgarishlar, tashqi iqtisodiy faoliyat rivoji); siyosiy holat (iqtisodning tartiblanishi, rag‘batlantirilishi, huquqlarning himoyalanishi); inflyatsiya holati. Moliyaviy barqarorlikni tahlil etishning axborot ta’minotiga asosiy va qo‘shimcha manbalarni kiritish mumkin. Asosiy manbalariga: buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot shakllari kiradi. Qo‘shimcha manbalarga: ta’sis hujjatlari, auditorlik nazorati natijalari, statistik manbalar va boshqa manbalar kiradi. Korxonaning iqtisodiy resurslari. Iqtisodiy resurslar bu – iqtisodiy manfaatlar ko‘rish yuzasidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan tabiiy, ishlab chiqarish va inson omillaridir. Iqtisodiy resurslar ko‘pincha ishlab chiqarish omillari ham deb yuritiladi. Ular qatoriga mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar); moddiy-ashyoviy resurslar (bino va inshootlar, mashina va uskunalar, tabiiy resurslar, energiya resurslari); nomoddiy resurslar (patentlar, nou-xoular, bilimlar, axborotlar). Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularning qiymatining jamlangan hisobotlarda aks etishi nazarda tutiladi. Iqtisodiy resurslarni buxgalterlar, analitiklar biznes tilida korxona aktivlari sifatida qarash mumkin. Buxgalteriya balansida aktivlar (ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda) siklik jarayonda qatnashishi va muhim xususiyatlariga ko‘ra (operatsion, investitsion, moliyaviy) uzoq muddatli va joriy aktivlarga tarkiblangan. Uzoq muddatli aktivlarda asosiy kapitalning, joriy aktivlarda aylanma kapitalning muhim tarkibiy birliklari ifoda etiladi. Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularni moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilishi (o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lari hisobiga) nazarda tutiladi. Korxonalarning o‘z majburiyatlarini (joriy va uzoq muddatli) to‘lash imkoniyatlarini uning to‘lov layoqati ifoda etadi. Iqtisodiy resurslar, ularning moliyaviy tuzilmasi va to‘lov layoqati korxona moliyaviy barqarorligining muhim ta’sir birliklari hisoblanadi. Shartnomaga muvofiq, "investor" atamasi quyidagilarni anglatadi: 1) Tomonlardan birining fuqarosi yoki sub'ekti bo'lgan va ushbu Tomonning amaldagi qonunchiligiga muvofiq boshqa Tomon hududida investitsiyalar kiritish huquqiga ega bo'lgan har qanday jismoniy shaxs; 2) Tomonlardan birining o'z hududida joylashgan qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va ushbu Tomonning amaldagi qonunchiligiga muvofiq boshqa Tomon hududida investitsiyalar kiritish huquqiga ega bo'lgan har qanday yuridik shaxs. Kapital qo'yilmalar har qanday mulkiy qiymatdir, xususan: 1) aktsiyalar va korxonalarda ishtirok etishning boshqa shakllari; 2) iqtisodiy qiymat yaratish maqsadida qilingan har qanday badallardan kelib chiqadigan huquqlar; 3) ko'chmas mulk, shuningdek u bilan bog'liq barcha turdagi huquqlar; 4) intellektual mulk huquqlari (patentlar, savdo belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, firma nomlari, sanoat namunalari, mualliflik huquqlari, texnologiyalar va nou-xau); 5) tabiiy resurslarni qidirish, o'zlashtirish, ekspluatatsiya qilish va saqlashga oid qonun yoki bitim asosida berilgan xo'jalik va tijorat faoliyatini amalga oshirish huquqlari4. Tomonlarning har biri o'z hududida boshqa Tomon investorlari tomonidan o'z qonunchiligiga muvofiq kiritilgan investitsiyalarni himoya qilishni ta'minlaydi (4-modda). Tomonlarning har biri o'z hududida boshqa Tomon investorlarining investitsiyalariga nisbatan adolatli va teng munosabatlarni ta'minlaydilar. Bunday rejim har qanday uchinchi davlat investorlari tomonidan o'z hududida amalga oshiriladigan kapital qo'yilmalarga nisbatan Tomonlarning har biri tomonidan taqdim etilgan rejimdan kam bo'lmagan qulay bo'ladi (5-modda). Investorlarni tanlash bo'yicha har qanday nizo ko'rib chiqiladi: 1) Stokgolm Savdo palatasining Arbitraj instituti; 2) UNCITRAL arbitraj qoidalariga muvofiq tashkil etilgan vaqtinchalik hakamlik sudi. Nizolarni ko'rib chiqishda hakamlik sudi quyidagilarga asoslanib qarorlar qabul qiladi. 1) Shartnoma qoidalari; 2) hududida investitsiyalar joylashgan Tomonning milliy qonunchiligi, shu jumladan ushbu Tomonning nizoli qonunlari qoidalari; 3) xalqaro huquq normalari va umume'tirof etilgan tamoyillari. Qabul qilayotgan mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy kapital qo'yilmalarni ikki tomonlama soliqqa tortish shartnomalari yordam beradi. Ushbu shartnomalar davlatlarning soliq yurisdiksiyasini taqsimlash, soliq qonunchiligidagi eng muhim shartlarni kelishish, soliq solinadigan daromadlar doirasi va soliq rejimini belgilash uchun mo'ljallangan. Bularning barchasi xorijiy investorlar uchun qo'shimcha kafolatlar yaratmoqda. Rossiya ikki tomonlama soliqqa tortilmaslik to'g'risidagi deyarli 90 ta ikki tomonlama kelishuvlarda qatnashadi (Buyuk Britaniya, Kanada, Kipr, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Avstriya, Yaponiya, Germaniya, AQSh bilan)5. Ko'pgina davlatlarda xorijiy investitsiyalar bo'yicha kodlangan milliy qonunchilik mavjud emas - ular umumiy qonunchilikka bo'ysunadi (monopoliyaga qarshi, monopoliyaga qarshi, soliq, fuqarolik, valyuta, bank). Chet el investitsiyalari bo'yicha maxsus qonun hujjatlari deyarli barcha davlatlarda qabul qilingan va investitsiya tartibi, xorijiy mulkning huquqiy rejimi, xorijiy investitsiyalarni tashkil etish, xorijiy investitsiyalar rejimlari, ular uchun imtiyozlar, chet ellik investorlarning to'liq va so'zsiz huquqiy himoyasini belgilaydi. Har bir davlat chet el kapitalini o'z hududiga qabul qilish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi - ba'zi mamlakatlarda ruxsat berish yoki litsenziyalash tizimi mavjud (Hindiston, Lotin Amerikasi), boshqalarda chet el kapitaliga erkin kirish rejimi o'rnatilgan. Chet el kapitalini eng faol jalb qilish siyosatini olib boruvchi davlatlar maxsus investitsiya kodlarini qabul qilishadi (Xitoy, Polsha, Vengriya, Argentina, Meksika). Hamma joyda chet el investitsiyalarini huquqiy tartibga solish nizoli usul bilan emas, balki to'g'ridan-to'g'ri moddiy huquqiy usul bilan amalga oshiriladi (asosan milliy moddiy huquqiy normalar yordamida). Yangi Zelandiya investitsiya qonuni - Chet el investitsiyalari to'g'risidagi qonun (1973), Chet el investitsiyalari to'g'risidagi nizom (1985), Savdo to'g'risidagi qonun (1986). Yangi Zelandiyada joylashgan xorijiy firmalarning filiallari bo'lgan kompaniyalar "Kompaniyalar to'g'risida" gi qonunga binoan mahalliy korxonalar hisoblanmaydi (1955). Yangi Zelandiyada ularni tashkil etish tartibi uchun Chet el investitsiyalari komissiyasining roziligi talab qilinadi. Chet ellik xorijiy investitsiya komissiyasidan quyidagilarni xohlasa ruxsat olishi kerak: 1) 10 million NZ dan ortiq yangi biznesni yaratish; 2) qiymati 10 million NZ dan yuqori bo'lgan Yangi Zelandiya kompaniyasini sotib olish.Mezbon davlat chet ellik investorlar uchun barqaror, teng, qulay va shaffof sharoitlarni yaratishga majburdir. Energiya xartiyasi shartnomasi mezbon davlatlardan chet ellik investorlar uchun milliy yoki eng maqbul davlat tartibini o'rnatishni talab qiladi. Ushbu rejimlardan istisnolar minimal darajaga tushirilishi kerak. Qoida tariqasida milliy qonunchilik bir necha turdagi xorijiy investitsiya rejimlarini nazarda tutadi. Eng maqbul bo'lgan millat va milliy rejimlardan tashqari, ayniqsa imtiyozli (imtiyozli) rejim ham o'rnatilishi mumkin. Bu juda katta miqdordagi mablag'larga yoki milliy iqtisodiyotning ayniqsa muhim va kapital talab qiladigan sohalariga sarmoya kiritadigan xorijiy investorlar uchun taqdim etiladi. Bunday rejim ma'lum imtiyozlarni taqdim etishni nazarda tutadi: ayrim soliqlar va yig'imlardan, daromad solig'idan ozod qilish va milliylashtirilganda maxsus kafolatlar6.Rossiyada tizimli investitsiya qonunchiligi mavjud emas. Huquqiy asos - maxsus federal qonunlar. Rossiya Federatsiyasining ko'plab tarkibiy tuzilmalari o'zlarining investitsiya qonunchiligini qabul qildilar. Chet el investitsiyalari - bu chet ellik investorga tegishli bo'lgan kapitalni Rossiya Federatsiyasi hududidagi sanoat, qishloq xo'jaligi, ko'chmas mulk, obligatsiyalar, aktsiyalar, savdo, ta'lim va boshqa sohalarga imtiyozlar olish maqsadida investitsiya qilishdir. Chet el investitsiyalari pul shaklida (chet el va rus valyutasida), qimmatli qog'ozlar, pul qiymatiga ega bo'lgan boshqa mulkiy va mulkiy huquqlar, intellektual faoliyat (intellektual mulk) natijalariga eksklyuziv huquqlar, xizmatlar va ma'lumotlar shaklida bo'lishi mumkin. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi tijorat tashkilotlari Rossiyada ularning yuridik shaxsiga mos keladigan va qonun bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini, shu jumladan mulk huquqiga ega bo'lishni amalga oshirishi mumkin. Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi va ularni amalga oshirishda chet el investorlarining faoliyati yuridik shaxslar va Rossiya fuqarolarining mulkiy, mulkiy huquqlari va investitsiya faoliyati (milliy rejim) rejimidan kamroq qulay bo'lishi mumkin emas. Chet ellik investorlarning faoliyatidagi istisnolar va cheklovlar faqat federal qonunlar bilan va faqat konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, axloqni, sog'lig'ini, boshqalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, Rossiyaning mudofaasi va xavfsizligini himoya qilish uchun o'rnatilishi mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish manfaatlari uchun ayrim xorijiy investorlarga imtiyozli imtiyozlar berilishi mumkin.Chet el investitsiyalari ishtirokidagi tashkilotlar - bu xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxs ustav kapitalining 10 foizidan ko'prog'iga ega bo'lgan tijorat tashkilotlari."Qonunchilikdagi noqulay o'zgarishlar" ro'yxati tuzildi: Import bojlari, federal soliqlar va davlat byudjetdan tashqari jamg'armalariga ajratmalar miqdorining o'zgarishi;Xorijiy sarmoyador va chet el investitsiyalari ishtirokidagi tijorat tashkiloti faoliyatiga ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha yig'ilgan soliq yukini oshirish7;Xorijiy investitsiyalarni taqiqlash va cheklash rejimini o'rnatish O‘zbekiston amaliyotida moliyaviy barqarorlikni baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish natijasida shuni alohida qayd etish lozimki, moliyaviy barqarorlikni ko‘rsatkichlar tizimi turli manbalarda turlicha keltiriladi. Ularning sonini aniq aytish qiyin. Lekin shunga qaramay ularni balansning tarkibiy qismlari va jamlangan qatorlariga nisbatan bir tizimga solish mumkin. Moliyaviy barqarorlikni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar tizimi quyidagi ikkita tarkib bo‘yicha guruhlanishi ham mumkin: 1. Aktivlar, kapital va majburiyatlarning tarkibiy tuzilishi bo‘yicha moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari. Ular qatoriga moliyaviy mustaqillik (avtonomiya), moliyaviy qaramlik, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati, qoplash koeffitsiyenti va boshqa ko‘rsatkichlarni kiritish mumkin. Mazkur qator bo‘yicha moliyaviy barqarorlikni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar sifatida boshqa manbalarda uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar, o‘z mablag‘lari manbasi va majburiyatlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini alohida tarkiblash tartibi belgilangan. 2. Aktivlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq barqarorlik ko‘rsatkichlari. Mazkur ko‘rsatkichlarga o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik, manevrlik koeffitsiyenti, tovar-moddiy zaxiralarning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishi, sof aylanma aktivlar naqdligi ya’ni, o‘z aylanma mablag‘larining turli aktivlar va kapitalga nisbati orqali hisob-kitob qilinuvchi koeffitsiyentlar kiradi. Moliyaviy barqarorlikning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari amaliyotida me’yor darajalarini belgilashga amal etiladi. Lekin ushbu amaliyotdan xalqaro tajribada foydalanilmaydi. Moliyaviy barqarorlikni baholashda yana bir muhim farqli jihat ularning mutlaq ifodada o‘rganilishi bilan ham xarakterlanadi. Mazkur tartib bo‘yicha moliyaviy barqarorlikning uchta muhim ko‘rsatkichi baholanadi. Mazkur ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiritiladi: 1. O‘z aylanma mablag‘larining naqdligi (O‘AMN); O‘AMN = O‘MM - UMA Bunda: O‘MM – O‘z mablag‘lari manbasi; UMA – uzoq muddatli aktivlar. 2. Zaxira va xarajatlarni o‘z va qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilish manbasi (O‘QMHM); O‘QMHM = O‘AMN + UMKQ Bunda: UMKQ – uzoq muddatli kreditlar va qarzlar 3. Zaxira va xarajatlarni jami manbalar hisobiga moliyalashtirish manbasi (JMHM) JMHM = O‘QMHM + QMKQ Bu yerda: QMKQ – qisqa muddatli kreditlar va qarzlar (ular qatoriga mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar ham qo‘shiladi)
- O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyixalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish; Hozirgi davrda investitsiya munosabatlari kapitallarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish borasidagi munosabatlarni qamrab oladi va nafaqat milliy iqtisodiyot doirasida, balki xalqaro iqtisodiyot darajasida resurslarni taqsimlash, qayta taqsimlash jarayonlarini aks ettiradi. Ma’lumki investitsiya faoliyati kapital, tadbirkorlik, moliya, innovatsiya, ijtimoiy, iste’mol va boshqa investitsiyalarning hamma turlari bilal bog’liq bo’lib, odatda, soliqlarning fiskal (xazinani to’ldirish) va tartibga solish funktsiyalaridan foydalalish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu faoliyat, shuningdek, amortizatsiya siyosatini, dotatsiyalar, subsidiyalar tizimini, kredit, narx siyosatini, davlat kafolatlari tizimini, imtiyozlar yaratishni, chet el investorlarining huquqlarini himoya qilishni va boshqalarni ham qamrab oladi. Davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun turli darajadagi byudjetlarga zarur mablag’lar tushumlarini ta’minlashga qaratilgan fiskal vazifaning bajarilishi, milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasiga bog’liq. Tartibga solish funktsiyasining ishlatilishi davlatning takror ishlab chiqarish jarayonida ayrim tarmoq-larga investitsiyalar oqimlarini boshqarishi bilan amalga oshiriladi. SHu bilan birga, iqtisodiyotning turli soha-larida kapital jamg’arilishi jarayonlarini kuchaytirish yoki susaytirish, aholining to’lovga qobil talabini kengaytirish yoki qisqartirish yo’llari bilan tartibga solish funktsiyasini bilan foydalaniladi. Soliqyaarni tartibga solish makroiqtisodiy jarayon va proportsiyalarga tahsir etishiga qaratiladi. Soliqqa tortishda imtiyozlar asosan mikroiqtisodiyotga qaratilgan va iqtisodiy subyektlar manfaatlarini hisobga oladi. Biz yuqorida ko’rib o’tgan funktsiyalar soliq stavkalari miqdorili o’zgartirish, imtiyozlar va sanktsiyalar (jazo choralari) qo’llash, soliq kreditlari berish, to’lov muddatlarini kechiktirish va boshqa yo’llar bilan amalga oshiriladi11.Jahondagi ko’pgina mamlakatlarda soliqlarning investitsiya faoliyatini rag’batlantirishga qaratilgan tartibga solish funktsiyasidan samarali foydalaniladi. Masalan:Yaponiya, Tayvan, Janubiy .Koreyada o’tish davrida soliq protektsionizmidan unumli foydalanilgan. AQSH da «buyuk depressiya»ni bartaraf etish davrida ham xuddi shunday bo’lgan. Fan-texnika taraqqiyotini rag’batlantirish uchun soliq imtiyozlari turlaridan biri investitsiya soliq krediti hisoblanadi. AQSH da soliq imtiyozining bu turi 1962 yildan to 1986 yilga qadar qo’llanilgan. Bunda chegirma (skidka) miqdori texnika-jihozlar turi va ularning xizmat muddati bo’yicha tabaqalashtirilgan. Bu imtiyozning variantlaridan birida AQSH ishlov beruvchi sanoatidagi korporatsiyalar foyda solig’ining ishga tushirilgan hamda xizmat mudtsati 8 yil va undan ortiq bo’lgan texnikalar qiymatining 7 foizi miqdorida, xizmat muddati kamroq bo’lgan texnikalarni ishga tushirilganlik uchun kamroq miqdorlarda qisqartirish huquqini oldilar.Yaponiyada, masalan, sanoat kompaniyalari ilg’or texnika va texnologiyaga qilingan investitsiyalarning 7 foiziga teng miqdorda foyda solig’ini qisqartirish huquqiga ega. Kanadada bunday chegirma ilg’or texnikaga qilingan investitsiyalarning 7 foizdan 20 foizigacha miqtsorini tashkil qiladi. Soliq krediti ko’rinishidagi imtiyozlar tadbirkorlikning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanma-lar (ITTKI) xarajatlariga tadbiqan ham keng qo’llaniladi. Bir qator mamlakatlarda soliq krediti kompaniyalarning foyda solig’idan bu kompaniyalarning o’tgan yil yoki bazis davr uchun o’rtacha yillik mehyorlarga nisbatan ITTKI xara-jatlari o’sishining muayyan hissasini chegirish ko’rinishida amal qiladi (AQSH da - 20 foiz, Frantsiyada - 50 foiz, Yaponiyada — 20 foiz, Kanadada 100 foiz va undan yuqori)12. G’arb mamlakatlarida soliq imtiyozlari, birinchi navbatda investitsiyalar va ilmiy texnika faoliyatini rag’batlantirish, shuningdek ayrim tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash uchun joriy qilinadi. Ularning yordamida ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiyalash, texnikalar bilan qayta jihozlash uchun sharoitlar yaratiladi. Investitsiya, ilmiy-texnika faoliyatini, tadbirkorlikni butun mamlakat doirasida, mintaqa miqyosida va ayrim faoliyat sohalari bo’yicha rag’batlantirishga yo’naltirilgan soliq imtiyozlari eng barqaror imtiyozlar hisoblanadi. Soliq imtiyozlari quyidagi shakllarda qo’llaniladi: foyda solig’idan chegirma tarzida beriladigan soliq krediti; foyda solig’i bazasini kamaytirish chegirmalari; soliqdan butunlay ozod qilish yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini belgilash; jadallashtirilgan amortizatsiyani qo’llash. Turli mamlakatlarning tajribalari tasdiqlashicha, jadallashtirilgan amortizatsiya: kapital jamg’arilishini tezlashtirish (chunki yashirilgan foydaning jami summasi kapital qo’yilmalarga ketadi); asosiy kapitalning yangilanishini jadallashtirish, muayyan darajada uni inflyatsiyadan bexatar qilish va raqobatbardoshlikni ko’tarish; investitsiyaga yo’naltiriladigan foydani soliqqa tortishdan qonuniy ravishda ozod qilish imkoniyatlarini beradi13. Mamlakatimizda amalda bo’lgan qonun hujjatlarga ko’ra amortizatsiya ajratmalari normalarini ko’paytirishga ruxsat berilgan, lekin ular belgilangan mehyoridan ikki marotaba ortiq bo’lmasligi ta’kidlangan. Shu bilan birga, belgilangan mehyoridan ortiq hisoblangan amortizatsiya ajratmalari soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladi va soliqa tortiladi. Amalda bunday mexanizm asosiy kapitalning xizmat muddatini qisqartirishga imkoniyat beradi, lekin ishlab chiqarishni texnika bilan qayta qurollantirish xarajatlarini rag’batlantirish vazifasini bajarmaydi va shakllanadigan amortizatsiya fondini investitsiyalash manbai tarzida ko’paytirmaydi. SHunday qilib, jadallashtirilgan amortizatsiyaning amalda yo’qligi ishlab chiqarishda investitsiyalarni rag’batlantirishga yo’naltirilgan tadbirlarini cheklab qo’yadi. SHunday qilib amaliyotdagi jadallashtirilgan amortizatsiya usuli asosiy kapital xizmat muddatini qisqartirishga imkon beradi, biroq amaliy jihatdan jadallashtirilgan amortizatsiyani deyarli istisno qiladiBozor iqtisodiyoti sharoitida u yoki bu investitsiya obyektiga qo’yilma qo’yish shu maqsaddan keladigan daromad darajasiga bog’liq. Daromat normasi, u orqali esa ushbu aktivlarning baholari, investitsiya tovarlariga bo’lgan talab va taklif orqali aniqlanadi. Bunday xollarda davlat o’zining pul-kredit siyosati orqali investitsiyaga bo’lgan talab va taklifni tuzilishi va nisbatiga tahsir etishi mumkin. Natijada esa investitsiya qatnashchilari moliyaviy aktivlarning daromadlilik meyoriga uz tahsirini o’tkazadi. Bizga ma’lumki xar bir davlat o’zining iqtisodiy xolatidan kelib chiqib u yoki bu turdagi investitsiya bozorini tartibga solish kontseptsiyasini kullaydi. Jaxon amaliyotida kullanilgan xar qanday kontseptsiyalar ikki darajali maqsadni uz ichiga oladi. Download 68.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling