Xo’jalik subektining moliyaviy barqarorligining tahlili Reja: I. Kirish
Moliyaviy barqarorlikni dinamik tahlili
Download 68.15 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil- korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilashning garovidir.
Moliyaviy barqarorlikni dinamik tahlili.
Moliyaviy barqarorlik va uni tahlil qilish markaziy banklar hamda moliya tizimini tartibga soluvchi organlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bank sektori Oʼzbekiston moliya tizimining eng muhim boʼgʼini boʼlganligi sababli, uning barqarorligini taʼminlash Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarishni tashkil etish va uzluksiz faoliyatni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy ahvolni yaxshilashning, raqobatdoshlik va uni o‘stirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik deganda joriy faoliyatning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish holati tushuniladi. Agar moliyalashtirishga o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, u holda majburiyatlar, qarzga olingan mablag‘lar hisobiga ehtiyoj ta’minlanadi. Lekin bu holat faoliyat natijaviyligining asosiy qismini qarz beruvchilar tomonidan olib qo‘yilishiga olib keladi. Shu bilan birga, globallashgan va kuchli raqobatga asoslangan iqtisodiyotda aktivlarni, faoliyatni moliyalashtirishning mazmuni tubdan o‘zgarganligini ham qayd etib o‘tish lozim. Negaki, faqat o‘z mablag‘lari hisobigagina bugungi iqtisodiyotni rivojlantirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bilan birga qarz munosabatlaridagi imtiyozli shartlar, imkoniyatlar tufayli firma va kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari har qachongidan ham qarz kapitaliga ko‘proq zaruriyat sezmoqdalar. Bugungi kunda faqat o‘z mablag‘lari hisobigagina moliyalashtirilgan bironta korxonani uchratish qiyin. Aktivlar buxgalteriya balansida qayd etilgan tartib bo‘yicha uzoq muddatli va joriy aktivlarga bo‘linadi. Aktivlarni moliyalashtirish manbalarini ham yagona tarkibga ko‘ra o‘z va qarz mablag‘lariga ajratish mumkin. O‘z mablag‘lari bu xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan mablag‘lar manbasini (ustav, rezerv, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va boshqa o‘zlik mablag‘lari) ifoda etsa, qarz mablag‘lari uzoq va qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar hisobiga aktivlarni moliyalashtirishni xarakterlaydi. Majburiyatlarning uzoq muddatli aktivlarga yo‘naltirilgan qismi uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) majburiyatlar sifatida, zaxiralarga yo‘naltirilganda (bir yilga qadar) qisqa muddatli majburiyatlar sifatida tarkiblanadi. Aylanma aktivlar qatoriga tovar-moddiy zaxiralar hamda tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiritiladi. Birinchi guruhga asosiy qismini tovar-moddiy zaxiralarning aktiv qismi bo‘lgan ishlab chiqarish zaxiralari kiritiladi. Ikkinchi guruh albatta korxonaning yoki tarmoqning, ishlab chiqarish va ta’minotning, faoliyat va texnologiyalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan aylanma aktivlar qiymati orqali shakllanadi. Tahlilda asosiy e’tibor: pul fondlarining tashkil etilishi va ishlatilishiga; aylanma mablag‘lardan foydalanish darajasiga; aylanma mablag‘lardan samarali va optimal foydalanish darajasiga; tejamkorlikni ta’minlashdagi imkoniyatlarni aniqlashga; iqtisod qilish hisobiga foydani o‘stirishning aniq yechimlariga qaratiladi. Asosiy maqsadi – aylanma mablag‘lardan samarali foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni aniqlash, ularni oldini olish, moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan tegishli imkoniyatlarni aniqlash va yo‘lga qo‘yishdan iborat. Tahlilda aylanma mablag‘larni me’yorlash masalasiga muhim ahamiyat beriladi. Me’yorlashtiriladigan va me’yorlashtirilmaydigan aylanma aktivlar ularning ishlab chiqarishdagi va texnologik jarayonlardagi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ishlab chiqarish zaxiralari, tovarlar, tayyor mahsulotlarning ombor qoldiqlari me’yorlashtiriladigan aylanma aktivlar qatoriga kiritiladi. Qolgan joriy aktivlar me’yorlashtirilmaydigan aylanma aktivlar hisoblanadi. Aylanma mablag‘lar samaradorligini baholashda ularning aylanuvchanlik koeffitsiyentlariga va aylanish davriga baho beriladi. Aylanuvchanlikni oshirish va aylanish davrini qisqartirish aylanma aktivlar intensiv foydalanuvchanlik darajasini ifoda etadi. Aylanma mablag‘lar naqdligini baholashda sof aktivlar qiymatiga muhim ahamiyat qaratiladi. Sof aktivlar deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlangan uzoq muddatli va joriy aktivlarning qiymati, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektning qarz majburiyatlaridan ozod bo‘lgan mol-mulk qiymati tushuniladi1. Sof aktivlar qiymatini aniqlash formulasi quyidagi bog‘lanishda bo‘ladi: Aktivlar – Majburiyatlar = Sof aktivlar Shunisi xarakterliki, kapitalni chetga chiqarish uni jalb qilishga nisbatan kam darajada tartibga solinib turiladi. Davlat tartibga solishning quyidagi usullaridanfoydalanadi: moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug’urtalash va kafolatlash; nomoliyaviy: er uchastkalari ajratish; zaruriy infrastruktura bilan ta’minlash; texnik yordam ko’rsatish. Bu borada yirik kapital eksporteri-importeri bo’lmish AQSH tajribasi juda muhimdir. AQSHning BXIlarni tartibga solish siyosati ikki darajada amalga oshiriladi: federal, hamda mahalliy (shtatlar, okruglar, shaharlar). Federal tartibga solish deganda xorijiy investitsiyalarga nisbatan cheklashlar tushuniladi. Bunda milliy havfsizlik masalasi birinchi o’ringa ko’tariladi. AQSH prezidenti amerika firmalarining qo’shilishi, yutilib ketilishi va sotib olinishi jarayonlarini (agar bunda firma faoliyati ustidan nazorat xorijiy investor qo’liga o’tsa) to’xtatib qo’yish huquqiga ega. Mahalliy darajada sug’urta biznesi va qishloq xo’jaligi erlarini sotishni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Trestlarga qarshi qonunlarni davlat organlari tomonidan qo’llanilishi ham katta ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda mahalliy ma’muriyatning xorijiy investorlar faoliyatini tartibga solish imkoniyatlari katta emas. Investitsiyalarni rag’batlantirish tajribasi ko’proqdir. AQSHga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning muhim mexanizmlaridan biri–xorijdagi vakolatxonalardir. Ular investitsiyalarni u yoki bu shtatga jalb etilishiga ko’maklashadilar (Yaponiyaning o’zida shunday vakolatxonalardan 40 tasi faoliyat ko’rsatmoqda). AQSHning alohida shtatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish dasturi quyidagilarni o’z ichiga oladi: soliq imtiyozlari; korxonani qurayotgan yoki modernizatsiyalashtirayotgan xorijiy investor uchun bozordagi stavkalardan pastroq darajada qarzlar va subsidiyalar ajratish; kasbga o’qitish va bandlikka ko’maklashish; transport tarmog’ini takomillashtirish; er uchastkasining qurilishi uchun tayyorlash; tekinga foydalanish uchun er uchastkasini ajratish va boshqalar.Halqaro investitsiyalarni tartibga solish bo’yicha muhim amaliy hujjatlardan biri–Osiyo-Tinch okeani hamkorligi tashkiloti doirasida ishlab chiqilgan xorijiy investitsiyalarning “ko’ngilli kodeksi”dir. Kelajakda Umumjahon savdo tashkiloti (UST) tomonidan foydalanilishi mumkin bo’lgan ushbu “kodeks” da quyidagi investitsion tamoyillar qayd etilgan: transparentlik; donor-mamlakatlarga nodiskriminatsion yondashuv; xorijiy investorlar uchun milliy rejim; investitsion rag’batlarni sog’liqni saqlash, havfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash bilan mos tushishi; savdoni va kapital qo’yilmalar o’sishini chegaralovchi investitsiyalarga bo’lgan cheklovlarni minimallashtirish; investitsiyalarni ekspropriatsiya qilinishidan voz kechish (bunda ijtimoiy maqsadlar uchun va milliy qonunchilik doirasida, nodiskriminatsiya asosida, xalqaro huquq qoidalariga amal qilgan holda va etarli va samarali kompensatsiya to’lanishi sharti bilan ekspropriatsiya amalga oshirilishi mumkin); ro’yxatdan o’tkazilish va konvertatsiyalashuvning ta’minlanishi; kapitalni olib chiqishdagi to’siqlarni yo’qotish; ikki marotaba soliqqa tortishni bekor qilish; retsipient mamlakatning milliy qonunchiligiga, ma’muriy tartib va qoidalariga xorijiy investorning amal qilishi; investitsion loyihani amalga oshirish bilan bog’liq xorijiy mutaxassislarni mamlakatdan chiqishiga va vaqtincha tashrif buyurishiga ruxsat berish; maslahatlar va muzokara yoki arbitraj yordamida kelishmovchiliklarni bartaraf etish. Xorijiy investitsiyani o’z iqtisodiyotiga jalb etayotgan har bir davlat xorijlik sheriklariga huquqiy va tashkiliy kafolatlar yaratib beradi. Bu jarayon jahon tajribasida sinovdan ijobiy ravishda o’tgan. O’zbekiston Respublikasi xorijiy investitsiyalar to’g’risidagi qonunining 11- moddasida shunday yozilgan: Respublika hududida o’z investitsiya faoliyatini olib borayotgan xorijiy investorlar huquqlarining himoyasini O’zbekiston Respublikasi kafolatlaydi. Bu kafolat albatta, xalqaro huquq normalari asosida beriladi. Agar O’zbekistonning yangi qabul qilingan qonunchiligi investitsiya sharoitlarini yomonlashtirsa, o’n yilgacha xorijiy investitsiyalar ular jalb qilingan davrda qabul qilingan qonunchilik shartlari saqlanib qoladi. Bu talab mudofaa, milliy havfsizlik, jamoat tartibini saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog’liq qonunchilikni o’zgartirmaydi. O’zbekiston Respublikasi davlat organlari xorijiy investorlarning huquqlariga putur etkazadigan huquqiy normativlarni qabul qilgan taqdirda, investorlarga etkazilgan zarar shu organlardan sud orqali undiriladi. O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirishda dunyoning 25 dan ortiq mamlakatlari ishtirok etmoqda. Investitsiyalarni jalb etish vazifasini davlatimiz ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini yaratish va rivojlantirish asosida xaqiqiy mulkdorlarni shakllantirish bilan bog’laydi. Korxonada avtonomiya koeffitsiyentining yillar kesimida 2014-2016-yillarda o‘sishi, 2017-yilda pasayish tendensiyasi kuzatilgan. Uzoq muddatli moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, uzoq muddatli moliyaviy mustaqillik darajasida barcha yillar bo‘yicha o‘sish kuzatilgan. Moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti majburiyatlarning aktivlarga nisbati darajasida ham o‘sish kuzatilgan. Bu albatta salbiy holat deb baholanishi ham mumkin. Ya’ni majburiyatlarning jami kapital tarkibidagi salmog‘i o‘tgan yillarga nisbatan keskin ortib ketmoqda. O‘z va qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat 2017-yilda eng yuqori natijani qayd etgan, quyi natija 2014-yilda kuzatilgan. Xo’jalikning umumiy moliyaviy ahvolini tahlil qilish uslubi. Buxgalteriya balansi-netto asosida xo’jalikning umumiy moliyaviy holatining tahlili gorizontal va vertikal tahlil usullari orqali amalga oshiriladi. Buning uchun birinchi navbatda korxonaning aktivlari va passivlari tarkibi va tarkibiy tuzilishi hisoblab olinadi. Shundan so’ng tahlil boshlandi. Tahlilda korxona aktivlari va passivlaridagi umumiy va tarkibiy o’zgarishlar balansning har qaysi tomoni bo’yicha alohida o’rganiladi. Gorizontal tahlil usuli yordamida aktivning ham, passivning ham tarkibini tahlili har bir bo’limi va har bir moddasi bo’yicha yil oxiridagi summasini yil boshidagi summasiga solishtirib, mutlaq va nisbiy o’zgarishlarini aniqlab, baho berish bilan amalga oshiriladi. Ularning tarkibining tahlili bilan bar qatorda tarkibiy tuzilishi ham o’rganiladi. Buning uchun har bir bo’lim va moddalar bo’yicha aniqlangan yil oxiridagi salmog’ini yil boshidagi salmog’iga solishtirib, tarkibiy tuzilishi tahlil qilindi. So’ngra mutlaq va nisbiy o’zgarishlar asosida moliyaviy ahvolning umumiy holatiga baho beriladi. Korxonaning holatiga baho berishda balans ma’lumotlari asosida moliyaviy koeffisiyentlarni aniqlash va tahlil qilish katta ahamiyat kasb etadi, chunki ular asosida moliyaviy ahvolni yaxshilash imkoniyatlari aniqlandi. Shular jumlasiga moliyaviy barqarorlik, to’lovga qodirlik koeffisiyentlari kiradi. Endi,shu koeffisiyentlarni tahlil qilish usuliga to’xtalamiz. 17.3. Xo’jalik ning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish uslubi Moliyaviy barqarorlik deganda nima tushuniladi? Moliyaviy barqarorlik deganda moddiy aylanma mablag’larning (Tovar –moddiy zaxiralarning) ularni tashqil qiluvchi asosiy manbalar bilan qoplanish darajasi tushuniladi. Tashqil qiluvchi asosiy manbalar bo’lib, o’z aylanma mablag’lari manbalari bilan qisqa muddatli kreditlar va qarzlar hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik tahlili buxgalteriya balansi-netto asosida amalga oshiriladi. Buning uchun birinchi navbatda yil boshi va yil oxiridagi tovar-moddiy zaxiralarining asosiy manbalari hajmi hisoblab olinadi. So’ngra ularni mavjud moddiy aylanma mablag’lar hajmi bilan solishtirish orqali tovar-moddiy zaxiralarining manbalar bilanTo’lovga qodirlik deganda nima tushuniladi? To’lovga qodirlik deganda to’lov mablag’lari bilan qisqa muddatli to’lov majburiyatlarining qoplanish darajasi tushuniladi. To’lov mablag’lari tarkibiga pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, debitorlik qarzlari va tovar-moddiy zaxiralar (kelgusi davr xarajatlarisiz) kiradi..Qisqa muddatli to’lov majburiyatlariga kreditorlik qarzlari va qisqa muddatli kredit va qarzlar kiradi. 89 To’lovga qodirlik ko’rsatkichlari o’z navbatida 3 turga bo’linadi. Ushbu ko’rsatkichlarni hisoblash usuli va ta’rifini quyidagi shakldan ko’rish mumkin. To’lovga qodirlik ko’rsatkichlari Ko’rsatkichni hisoblash usuli Ko’rsatkichlarning mazmuni 1. Mutlaq to’lovga qodirlik -koeffisiyenti 1 2 1 П П А МТК A1-pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar summasi; P1- joriy kreditorlik qarzlari P2-qisqa muddatli kreditlar va qarzlar 2.Oraliq to’lovga qodirlik koeffisiyenti 1 2 1 2 П П А А ОТК A2-debitorlik qarzlari 3.Joriy to’lovga qodirlik koeffisiyenti 1 2 1 2 3 П П А А А ЖТК A3-tovar -moddiy zixiralar (kelgusi davr xarajatlaridan tashqarisi.) To’lovga qodirlik koeffisiyenti dinamikasini tahlil etishda gorizantal va omilli tahlil usullari qo’llaniladi. Gorizontal tahlil usuli orqali to’lovga qodirlik koeffisiyentlari o’zgarishi aniqlandi. Omilli tahlil usuli orqali to’lovga qodirlik koeffisiyentlari o’zgarishiga omillarning ta’siri hisoblanadi va har birining ta’siriga baho beriladi. Omillar tasirini zanjirli bog’lanish usuli orqali aniqlash zarur. Buni mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining tahlili misolida keltirdik. Hisobot davridagi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentini bazis davridagi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentiga solishtirib,o’zgarishi aniqlanadi: Ushbu o’zgarishga omillar tasirini aniqlash hisobi: Korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosida tashkil topishi korxonalar faoliyati tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi,chunki u mazkur sharoitda faoliyatga joriy etilmagan ishlab chiqarishishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni o'z vaqtida aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlashda muhim ro'l o'ynaydi. Foydalanilmagan resurslarni aniqlab, ulardan samarali foydalanish korxonalar iqtisodiyotini, qolaversa, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotlar, Buxgalteriya hisobi va bosgqa axborotlarning malumotlari asosida o'rganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlarini aniqlash va moliyaviy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil deb ataladi. Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo'lib korxonalar moliyaviy holati tahlili hisoblanadi. Korxona moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, to'lovga qodirligi, o'z mablag'lari bilan ta'minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati kabi jihatlarini ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko'rsatkichlar darajasini o'rganish va tahlil qilish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham mazkur ko'rsatkichlarni o'z vaqtida tahlil qilib turish – korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart sharoitlar yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir. Tahlil- korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilashning garovidir. Moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi bo'lib, korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini, moliyaviy barqarorlik darajasini, to'lovga qodirlik ahvolini, o'z va qarz mablag'lari bilan ta'minlanish darajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debetorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga bo'lgan holatini o'rganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko'rsatish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan moliyaviy holat tahlilining asosiy vazifalari bo'lib quydagilar hisoblanadi Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o'zgarishiga baho berish; Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o'zgarishiga baho berish Balans likvidligi ko'rsatkichlarini aniqlash va ularning o'zgarishini tahlil qilish Korxonaning to'lov layoqati koefsiyentini aniqlash va uning o'zgarishiga baho berish Moliyaviy koefsiyentlarini aniqlash va ularning o'zgarishiga baho berish Aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligini o'rganish Debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o'rganish Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo'yicha tavsiyalar va takliflar berish Moliyaviy holatni tahlil qilishning sosiy manbalari bo'lib quydagi axborotlar hisoblanadi Buxgalteriya balansi Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot Asosiy vositalar to'grisidagi hisobot Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot Xususiy kapital to'g'risidagi hisobot Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma'lumotnoma Moliyaviy natijalar deganda nima tushuniladi? Moliyaviy natijalar deganda foyda yoki zarar ko'rsatkichlari birgalikda tushuniladi. Ushbu ko'rsatkichlar daromad va xarajatlar orasidagi farq tariqasida aniqlanadi. Daromadlar hajmi xarajatlat hajmidan ko'p bo'lsa, oraliqdagi farq fordani aksincha bo'lsa zararni bildiradi. Foyda daromad va xarajatlar nisbatidagi yuqori o'zgaruvchanlikni, zarar esa ular nisbatidagi quyi o'zgaruvchanlikni bildiradi. Foyda oshgan sayin korxonaning moliyaviy barqarorligi mustahkamlanib, to'lovga qodirligi oshib boradi, o'zini o'zi mablag' bilan ta'minlash darajasi yaxshilanib boradi, oqibatda ishlab chiqarishni kengaytirish, rivojlantirish, moddiy nemat yaratuvchilarning moddiy manfaatdorligi darajasini oshirish kabi ijtimoiy iqtisodiy maslalarni hal qilish uchun sharoit yaratiladi. Shuning uchun ham har bir xo'jalik yurituvchi subyekt o'z faoliyatini foydali yuritishi uchun harakat qilishi kerak. Foydali faoliyat ko'rsatish uchun iqtisodiy tahlilni samarali tashkil qilish talab etiladi. Chunki foydani ko'paytirish va zararni yo'qotish uchun zarur bo'lgan imkoniyatlarini faqat tahlil orqali aniqlashi mumkin Tahlilning maqsadi nimadan iborat? Tahlilning maqsadi – Foyda va rentabillik ko'rsatkichlarini dinamikasini chuqur o'rganish hamda omilli tahlil qilish asosida ularni yanada ko'paytirish va oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat Download 68.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling